Jismoniy tarbiya jarayonida estetik tarbiya
Jismoniy tarbiya jarayonida estetik tarbiyaning ham alohida vazifalari hal qilinadi
va yo’lga qo’yiladi:
1. Muomila estetikasini tarbiyalash. Gimnastika, sport, o’yinlar, turizm, yuqorida
bayon etilganidek, insonning barcha xususiy tomonlarini namoyon qiladi.
Sportchilarning yurish-turishi sport hayotiy jarayoni va undan tashqarida havas
qilgudekdir. Chunki uning asosida sharq xalqlari axloq normalari yotadi. Yomon
muomala estetikaga zid deb baho beriladi.
2. Inson gavdasining ko’rinishi, shakli-shamoyilini ta`minlanadi. Jismonan
garmonik rivojlangan odam gavdasining chiroyliligi, sog’likning hayotiy
qobiliyatlarining yaxshiligi belgisidir. Chernishevskiy: «inson go’zalligi haqida gapirar
ekanmiz, uning tarkibiy qismi shuni belgilaydiki, bizda u ajoyib taassurot qoldiradi.
Unda hayot namoyon bo’ladi, biz uni tushunamiz», - degan edi.
V.V. Gorinevskiy esa: «go’zallik baxtga qarshi sog’lik bilan qarama-qarshilikda
emas, nosog’lik esa, aksincha, normadan chetga chiqiboq, go’zallik tushunchasini
buzadi», - degan edi.
3. Go’zallikni qabul qila bilish qobiliyatini, sport texnikasi, harakatlar nafisligi
ifodasida yashirin go’zallikni his qila olishni tarbiyalash yotadi. Harakat texnikasi
go’zallik, harakat nafosati, uning mazmunini ifodalashning o’zi ham go’zal.
Jismoniy tarbiya jarayonida foydalanilayotgan harakat faoliyati bir-biriga
o’xshash emas. Lekin ularning har biri – yugurishning chiroyliligi, balandlikka sakrash,
rekord og’irlikni kwtarishi texnikasi, gimnastika snaryadlarida «ishlash mahorati»-
hammasi go’zal. Futbol maydonidagi o’yinga qarab baho berish: «chiroyli o’yin
bo’ldi», «o’yin juda qiziqarli chiqdi», «jamoa hujum paytida to’p bilan muomala
sanoatining yuqoriligini chiroyli namoyish qildi» deb va hokazolar. Sportdagi harakat
go’zalligini tushunish tomoshabin yoki shug’llanuvchiga huzur bahsh etadi. Sport
kurashida go’zallikni, chiroylilikni ko’ra olsak, bu bizning estetik didimizni,
saviyamizni darajasini ko’rsatadi. Boks estetik sport turi emas, deb baho beradilar. Bu
mulohaza to’g’rimi? Yuqori texnik tayyorgarlikka ega bo’lgan bokschilar harakati
olam-olam zavq beradi. Qolaversa ruhiy, axloqiy, jismoniy sifatlarni rivojlantiradi,
namoyon qiladi. Yaxshi bokschi mard, irodali, botir bolishi amaliyotdan aniq. Did bilan
tushunib, tomosha qila olishni o’zi estetik zavq beradi, uni tarbiyalaydi.
Takomillashgan harakat texnikasi, avtomatizm darajasidagi harakat ko’nikmasiga ega
bo’lgan sportchi yoki fizkul`turachilar harakat faoliyatini erkin, ravon, keraksiz kuch
sarflashlarsiz, keraksiz harakatlarsiz bajaradilar.
ADABIYOTLAR:
1. Jismoniy
madaniyat
nazariyasiga
kirish.O‘quv
qo‘llanma.T.2002 y.
SalomovR.S.
2. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati. A.Abdullaev va b. T.2005 y.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 1997 y. avgust.
4. Barkamol avlod orzusi. To‘plam. T. 1999 y.
5. R.S.Salomov va b. “Jismoniy tarbiya va sport ixtisosligiga kirish”. T. 1990 y.
Dostları ilə paylaş: |