1-mavzu. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari. Reja



Yüklə 469,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix01.05.2023
ölçüsü469,51 Kb.
#105563
1   2   3   4   5   6   7
1-Maruza mashguloti

Fanning mazmunini: - talabalarga jismoniy madaniyat fanining nazariy 
asoslarini va amaliy tatbiqlarini o‘rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish 
ko‘nikmasini hosil qilishning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishga 
yo‘naltirilganligi bilan izohlash mumkin. 
Jismoniy tarbiya nazariyasi pedagogik fan bo‘lib, u insonning barkamolligini 
boshqarishning umumiy qonunlarini, shuningdek bu qonuniyatlari asosida kishilarining 
jismoniy tarbiyasi vazifalari, metodlari va ish shakllarini aniqlaydi. Jismoniy tarbiya 
nazariyasi fanining mazmuni bir so‘z bilan aytganda shaxsni har tomonlama jismoniy 
kamol toptirishga yo‘naltirilgan va Vatan mudofaasiga tayyorlaydigan tarbiya 
to‘g‘risidagi bilimlarni majmuini tashkil qiladi. 
Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya amaliyotdagi hamma turlarini, hamda 
aralash fanlarning dalillarini umumlashtiradi. Buni o‘rganish hamma sport pedagogik 
mutuxassisliklarga umumnazariy asos bo‘ladi. 
Fanni o‘qitishdan maqsad – bo‘lajak kadrlarga “Jismoniy tarbiya nazaryasi va 
metodikasi” fani bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish. Talabalarga 
gimnastika turlarining mashq elementlarini, umumrivojlantiruvchi mashqlarni 
o‘rgatish, harakatli o‘yinlar bo‘yicha ota bobolarimiz o‘ynab kelgan o‘yinlarni tiklash, 
harakatli o‘yinlar tashkil qilish va o‘tkazish, ularni tahlil qilish, harakatli o‘yinlarni 
o‘qitishda qo‘llanadigan turli usullar bilan nazariy va amaliy tanishtirish, jismoniy 
tarbiya tizimining rivojlanishi, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, o‘qitish 
metodlari, o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari 
haqida nazariy va amaliy ta’lim berish, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va 
barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan 
iborat bo‘lib, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘qitishning faol uslublaridan 
foydalangan holda nazariy bilim beriladi, amaliy mashg‘ulotlarda esa ma’ruza va 


seminar mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarini amalda bajarish orqali amaliyotga 
tadbiq etiladi hamda ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi. 

Yüklə 469,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin