Fanning mazmunini: - talabalarga jismoniy madaniyat fanining nazariy
asoslarini va amaliy tatbiqlarini o‘rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish
ko‘nikmasini hosil qilishning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishga
yo‘naltirilganligi bilan izohlash mumkin.
Jismoniy tarbiya nazariyasi pedagogik fan bo‘lib, u insonning barkamolligini
boshqarishning umumiy qonunlarini, shuningdek bu qonuniyatlari asosida kishilarining
jismoniy tarbiyasi vazifalari, metodlari va ish shakllarini aniqlaydi. Jismoniy tarbiya
nazariyasi fanining mazmuni bir so‘z bilan aytganda shaxsni har tomonlama jismoniy
kamol toptirishga yo‘naltirilgan va Vatan mudofaasiga tayyorlaydigan tarbiya
to‘g‘risidagi bilimlarni majmuini tashkil qiladi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya amaliyotdagi hamma turlarini, hamda
aralash fanlarning dalillarini umumlashtiradi. Buni o‘rganish hamma sport pedagogik
mutuxassisliklarga umumnazariy asos bo‘ladi.
Fanni o‘qitishdan maqsad – bo‘lajak kadrlarga “Jismoniy tarbiya nazaryasi va
metodikasi” fani bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish. Talabalarga
gimnastika turlarining mashq elementlarini, umumrivojlantiruvchi mashqlarni
o‘rgatish, harakatli o‘yinlar bo‘yicha ota bobolarimiz o‘ynab kelgan o‘yinlarni tiklash,
harakatli o‘yinlar tashkil qilish va o‘tkazish, ularni tahlil qilish, harakatli o‘yinlarni
o‘qitishda qo‘llanadigan turli usullar bilan nazariy va amaliy tanishtirish, jismoniy
tarbiya tizimining rivojlanishi, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, o‘qitish
metodlari, o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari
haqida nazariy va amaliy ta’lim berish, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va
barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan
iborat bo‘lib, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘qitishning faol uslublaridan
foydalangan holda nazariy bilim beriladi, amaliy mashg‘ulotlarda esa ma’ruza va
seminar mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarini amalda bajarish orqali amaliyotga
tadbiq etiladi hamda ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi.