kundalik turmushda ahamiyat kasb etuvchi harakat ko‘nikmalariga o‘rganib boradi.
Bundan tashqari sport, jismoniy tarbiyaning asosiy komponentlaridan biri hamda sport
faoliyatining maxsus shakli sifatida sport musobaqalari taxlil qilishni ham o‘rganadilar.
Shunday qilib, Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani jismoniy
madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislar uchun professional ta’limotning ilmiy
fundamentiga kirituvchi kengaytirilgan bo‘limlari majmuasini o‘z ichiga oladi. Uning
ahamiyati faqat bu bilimlar
qiymati bilan ifodalanmaydi, u bo‘lg‘usi mutaxassisga
jismoniy madaniyatning butun sohalarida kasbiy - faoliyat mazmunini to‘liq
tushinishga imkoniyat yaratadi, o‘quvchilarning dunyo qarashlarini o‘zgartiradi,
jamiyatning boshqa sohalaridagi mutaxassisliklarning umumiy
ish faoliyatlari bilan
bog‘laydi va yangi ko‘rinishdagi bilim, usul va metodlarini egallashni, zarur bo‘lgan
yuqori darajali professional dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi. Jismoniy
madaniyat nazariyasi va metodikasi bu inson jismoniy kamolatini boshqarishning
umumiy qonuniyatlari haqidagi fan bo‘lganligi uchun bu fanni egallash jismoniy
tarbiyaning barcha bo‘g‘inlariga tegishli masalalarini hal qilishga to‘g‘ri yondoshish
imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: