1-mavzu: kasblar va professionalizm mutaxassislikka kirish fanining asosiy tushunchasi sifatida reja



Yüklə 52 Kb.
tarix05.09.2023
ölçüsü52 Kb.
#141630
1 KASBLAR VA PROFESSIONALIZM MUTAXASSISLIKKA KIRISH FANINING ASOSIY


1-MAVZU: KASBLAR VA PROFESSIONALIZM - MUTAXASSISLIKKA KIRISH FANINING ASOSIY TUSHUNCHASI SIFATIDA
REJA:
1. Kasb va professionalizm haqida tushuncha.
2. Kasb haqida umumiy tasavvur, mutaxassis va havaskorlar psixologiya xususida.
3. Buyuk ajdodlarimiz kasb-hunar to’g’risida.
4. Psixolog kasbining shakllanishi.


Mavzuning maqsadi: Ushbu mavzuda talabalar kasblar, ularning mazmuni va mohiyati hamda professionalizm xaqidagi tushunchalarga ega bo’ladilar. Buyuk ajdodlarimiz kasb-hunar to’g’risidagi fikr-mulohazalari bilan tanishadilar. Shu bilan birga psixolog kasbining shakllanishi va rivojlanishi xususidagi bilimlarga ega bo’ladilar.


Tayanch so’zlar: kasb, professionalizm, mutaxassislik, tushuncha, faoliyat, tasavvur, hunar, psixolog, muammo, individual, ota-ona, bola, maktab.


Mustahkamlash uchun savollar:

    1. Kasb nima, uni qanday izohlaysiz?

    2. Profissionalizm (professionallik) xaqida nima bilasiz?

    3. Psixologiya sohasi qanday soha?

    4. Psixolog kim?

    5. Hunar xaqida fikringiz.

    6. Kasb-hunar xaqida mutafakkirlar fikrlaridan keltiring.



Adabiyotlar:
1.Karimova V. M. «Psixologiya» T.Sharq 2002y.
2.G‘oziyev E. G‘. «Umumiy psixologiya» 1-2 tom. Toshkent-2002y.
3.Ivanov P.I., Zufarova M. «Umumiy psixologiya» T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008 yil
4.Xaydarov F.I., Xalilova N.I. «Umumiy psixologiya» T.: Fan va texnologiyalar 2010 yil

Har bir inson hayotida kasbiy faoliyat muhim ahamiyatga ega. Ota-onalar farzandlarining ilk qadamlaridanoq uning kelajagi to‘g‘risida o‘ylab qolishadi. Farzandlarining qiziqish va qobiliyatlarini kuzatish orqali ularning kasbiy kelajagini aniqlashga harakat qiladilar. Ayniqsa, maktabda beriladigan ta'lim-tarbiya o‘quvchining turli fanlarga bo‘lgan tanlovli munosabatini keltirib chiqaradi, ayrim bolalarda esa qaysidir fanlarga bo‘lgan qiziqishi tez seziladi, ya'ni tasviriy, musiqaviy va hokazolar. O‘smirlik davriga kelib, muammo yanada kuchayadi. Ko‘pgina o‘quvchilar va ota-onalarga qanday kasbni tanlashlari oldindan ma'lum bo‘ladi: ular ―Men shifokor bo‘laman, ―Bizning o‘g‘limiz, qizimiz, tibbiyot insititutiga hujjat topshiradi. Shunday bo‘lsada, kasbiy maqsadlarning aniqligi va ularni ruyobga chiqishi bo‘yicha xavotirlanish holatlari sezilib turadi. Omadsizlikka uchrasa-chi? Ayrim o‘quvchilar uchun to‘qqizinchi sinfni bitirgach, kasbiy yo‘nalishlarini tanlash - eng dolzarb masala bo‘lib qoladi.


Ko‘pgina maktab bitiruvchilari kelajakda kim bo‘lsam ekan yoki qaysi sohani mutaxassisi bo‘lsam ekan? - degan savolni o‘z oldilariga qo‘yib, kasb tanlash muammosiga duch kelishadi.
Natijada o‘quvchilar tomonidan mutaxassisliklar tasodifan tanlanadi. Hech qanday maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmasdan yoki kasbiy kelajagini tushunib yetmasdan maktab bitiruvchilarining bir qismi darhol ishga joylashadi. Bunda kasb dunyosida o‘z o‘rnini qidirish o‘zgacha ma'noga ega bo‘ladi. Kasb hunar kollejiga kirgan yoshlar uchun kasb tanlash muammosi to‘liq yechilmagan bo‘ladi. Ularning bir qismi tanlovning to‘g‘riligiga o‘qishning birinchi yilidayoq ikkilanib qolishadi, boshqalari - mustaqil kasbiy faoliyatning boshida, ayrimlari kasb bo‘yicha 3-4 yil ishlagandan keyin, yoshlarning ayrimlari kasb maktabini bitirib, egallagan kasbi bo‘yicha ish topa olmaydilar va ishsizlar qatoriga qo‘shilib qoladi. Demak, ular uchun kasb tanlash muammosi yana dolzarb bo‘lib qolaveradi. Psixologik toliqish, xavotirlanish, kelajakka nisbatan ishonchsizlik, bilan qarash mehnat olamida o‘zini topishida ma'lum qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘quvchilar oldida ishga joylashish muammosi paydo bo‘ladi.
Individual-psixologik xususiyatlarini kasb talablari bo‘yicha kasbiy tayyorgarligiga mosligini aniqlash uchun qator mutaxassisliklar bo‘yicha kasbiy tanlov o‘tkaziladi. Uning bajarilishi bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi ya'ni unga ko‘ra kasbning normativ tavsiflarini belgilab olish psixologik xususiyat va sifatlarini aniqlash lozim.
Bo‘lajak mutaxassis shaxsida yangi a'zolari orasida, turli yoshdagi kishilar bo‘lgan jamoaga kirish, kasbiy faoliyatga ko‘nikish, yangi ijtimoiy rolni tushunib olish yana muammolarni keltirib chiqaradi. Moslashuv bosqichiga kasbiy ijtimoiy yetuklik va ijtimoiylashuv shakli kiritiladi. O‘zgargan kasbiy vaziyat yangi psixologik xususiyatlar va sifatlarning shakllanishiga olib keladi. Shaxs psixologik tuzilishidagi keskin o‘zgarishlar kishining hayotini ham o‘zgartiradi. Oldingi maktab - oila –jamiyat tizimi o‘rnida yangi ya'ni ―kasb-oila ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar vaziyati kelib chiqadi. Endi shaxs rivojlanishida kasb-muhit omili muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Har bir kishining hayotida kasbiy rivojlanish bo‘yicha o‘zgartiruvchi normativ vaqtlar mavjud bo‘ladi.
Masalan; kasb-hunar kollejiga kirish, uni tugatish, ishga kirish, mehnatga bo‘lgan layoqatini yo‘qotish, majburiy ishdan bo‘shash va boshqalar. Bunday voqealarining paydo bo‘lishi bexosdan yoki qandaydir sharoitlar tufayli, gohida esa mutaxassislik sababi natijasida bo‘ladi. Ko‘p hollarda normativ bo‘lmagan voqealar kasbiy istalmagan noxush voqealar, hisoblanadi.
Jamiyatimiz uchun dolzarb psixologik muammolardan biri-bu ishchining nafaqaga chiqishi hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning o‘zgarishi yangi ijtimoiy vazifa - nafaqaxo‘rlar uchun psixologik qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Shuningdek, ular psixologik ko‘mak va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘ladilar. Shaxs va kasb o‘rtasida kelib chiqadigan shaxsiy va kasbiy rivojlanish vaziyatlarini umumlashtirgan holda quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin:
Shaxs va kasb hamkorligining psixologik xususiyatlari.
Shaxsiy va kasbiy rivojlanish omillari Kasbiy jihatdan kelib chiqadigan psixologik muammolar
Maktabgacha yoshdagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini xilma-xilligi. Ta'limning keyingi turini tanlash va umumiy o‘rta ta'lim maktabini bitirgandan so‘ng ishga joylashish.
Kasbiy ta'limning keyingi turlarini tanlash jarayonida kasbiy maslahatlar
berish.
Ta'limning keyingi turlarini tanlash va o‘ziga xos maxsus kollejini bitirib ishga joylashish.
Kasbiy ma'lumot olishga tayyorgarlik jarayonida kasbiy maslahatlar berish, kasbiy tanlov, kasbiy tekshiruvdan o‘ta olmaganlarga psixologik yordam berish.
Kasbiy ma'lumot olish va tayyorgarlik, kasb xatoliklariga yo‘l qo‘yish, ta'lim jarayonidan qoniqmaslik va boshqalar.
O‘quv-kasbiy faoliyatning mohiyatini kuchaytirish, ta'lim jarayoniga innovasion texnologiyalarini joriy etish hamda ta'lim oluvchining shaxs sifatida o‘zini-o‘zi boshqara olish, ko‘nikmalari.
Ish joyini qidirish, ishga joylashish, malakaviy talablar va lavozim majburiyatlarini qabul qilinishi, yangi ijtimoiy kasbiy vazifani anglab olish.
Kasbiy tanlov va kasbga yaroqlilikni (layoqatini) aniqlash.
Yosh mutaxassis tomonidan yangi ijtimoiy, kasbiy talablar va mas'uliyatlarini qabul qilinishi. Kasbga kirib borish orqali kasbiy tajribaga ega bo‘lish, hayotda yangi tartib, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarga moslashish.
Kasbga ko‘nikishdagi ijtimoiy qiyinchiliklar, kasbiy layoqatsizlikning yashirin shakli, kasbiy hulq-atvorni egallashdagi va yangi hayot tarziga ko‘nikishdagi qiyinchiliklar.
Kasbiy faoliyatdagi yuksalish imkoniyatlari, ish haqi, kasbdan va rahbarlar bilan o‘zaro munosabatlardan qoniqmaslik, kasbiy rivojlanishdagi ziddiyatlar va ularni korreksiya qilish.
Kasbiy mehnatdan shaxsiy ma'noni topish, kasbiy hayotning yangi tomonlarini qidirish, insonlar bilan bo‘lgan munosabatlardagi ziddiyatlaridagi inqirozlardan chiqish va kelishmovchiliklarni hal etish hamda psixologik charchoqni bartaraf etish.
Majburiy ravishda ishdan bo‘shash, yangi ish joyini qidirish, kasbini o‘zgartirish. Kasbiy hayotdagi yangi yo‘lni tan olish.
Mutaxassislikning destruktiv rivojlanishi, kasbiy deformasiyalar kasbiy charchoq holatida kasbning ma'nosini yo‘qolishi.
Shaxsning kasbiy deformasiyalarini aniqlash va tahlil etish, uning sabablarini o‘rganish, kasbga nisbatan ko‘nika olmaslikni yengib o‘tish.
Kasbiy faoliyatdan chetlashish (nafaqaga chiqish).
Ijtimoiy-psixologik keraksizlik tufayli kelib chiqadigan psixologik zo‘riqishdan xalos etish, yangi hayot tarzi va hayotda yangi ma‘noni topishga intilish.
Yuqorida sanab o‘tilgan jihatlar shaxs va kasb hamkorligida uchraydi va bu murakkab, dramatik jarayon sifatida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bo‘lib o‘tadi. Shaxsning kasbga bo‘lgan moslashuvida normativ bo‘lmagan vaziyatlarni hal etishda psixologiya muhim ahamiyatga ega. Aynan u shaxs va kasb o‘rtasida optimal munosabatlarni o‘rnatishda yordam berishi, kishilarni kasblar dunyosi bilan tanishtirishi lozim. Shaxs va kasblarga moslashuvning ko‘p aspektli psixologik fundamentlari an'anaviy tarzda mehnat psixologiyasi tomonidan tadqiq etilgan. Ammo shaxsning to‘liq kasbiy shakllanish jarayoni aniqlanmagan. XX asr bo‘sag‘asida paydo bo‘lgan mehnat psixologiyasi kasbiy faoliyat turlarini, faoliyatning insonga, uning psixofiziologik imkoniyatlariga bo‘lgan talablarini, kasbiy qobiliyat, ko‘nikmalarini o‘rganadi.
Mehnat psixologiyasining muhim vazifalaridan biri, mehnat sharoitlari, vositalari va mazmunini tahlil qilishdan iborat. Ishlab chiqarishdagi turli nuqsonlarni, layoqat va charchoqni diagnostika qilish orqali optimal ish tajribasini aniqlashga katta e'tibor beriladi. Ammo tadqiqotchilar diqqat markazida asosan mehnatning ijrochilik operasion aspektlari, uning psixofiziologik tavsiflari turadi. Mehnat psixologiyasining asosiy muammosi bu insonning mehnat qurollariga, vositalariga, jarayon va sharoitlarga ko‘nikishidir. Bunda kishining mehnat faoliyatiga moslashuvi psixologik va fiziologik usullar asosida o‘rganilgan. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinadiki, mehnat faoliyati borasidagi psixologik tadqiqotlar insonlarda kasbiy maqsad, kasbiy o‘zlikni anglash, kasbiy shakllanish, kasb tanlash va uni o‘zgartirish sabablari, kasbiy rivojlanish bosqichlari haqida to‘liq tasavvurni bermaydi. Ular esa o‘z navbatida kasb psixologiyasining predmetini tashkil qiladi. Aynan kasb tanlash borasidagi ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ongli kasb tanlash, kasbiy inqiroz va qiyinchiliklarni yengib o‘tishda mazkur fanga doir bilimlarni bilish talab qilinadi. Shu bois, hozirgi kunda kasb psixologiyasiga doir bilimlarga zarurat sezilmoqda.
Keng tarqalgan ta'riflarga ko‘ra psixologiya - psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganadi. Shuningdek, psixologiya inson faoliyati va xulq-atvorida ob'ektiv reallikning aks etishi qonuniyatlari haqidagi fan. Psixologiya sohasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar va o‘rganilgan nazariy manbalar, shuningdek fanlararo o‘zaro integrasiya jarayonlari psixologiya tarmog‘ida ko‘pgina o‘z predmetiga ega bo‘lgan sohalarni ajralib chiqishiga turtki bo‘ldi. Ular jumlasiga kasb psixologiyasini kiritishimiz mumkin. Kasb psixologiyasining predmeti - shaxsning kasbiy shakllanish mexanizmi, qonuniyatlari hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganishdir.
Bundan kelib chiqqan holda kasb psixologiyasi - bu shaxsda kasbiy maqsadlarni tanlash, kasb egallash, mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir qonuniyatlarni, shuningdek, shaxsning mehnatga layoqatlilik darajalarini o‘rganuvchi psixologiya fanining sohalaridan biridir, - deb aytish mumkin. Kasb psixologiyasining ob‘ekti - shaxsning kasb bilan hamkorligi yoki o‘zaro bog‘liqligidan iborat. Kasb psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi bo‘lib, u o‘zining tadqiqot predmeti va ob‘ektiga ega. Shu jihatdan aynan u mehnat psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarining ob‘ekti va predmetidan farqlanadi.
Mehnat psixologiyasi-inson psixik faoliyatining takomillashishi va qonuniyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi bo‘lib, u mehnat jarayonida shaxsdagi jarayon, holatlar va xususiyatlarni o‘rganadi. Mehnat psixologiyasi vazifalariga psixologiyaning mehnat faoliyatini psixologik muammolarini, mehnat unumdorligini orttirishning psixologik shart-sharoitlari, mehnat va dam olish rejimi, mehnat turlarini psixologik tahlil qilish, kadrlarni ularning individual psixologik xususiyatlariga qarab tanlash hamda joy-joyiga qo‘yish, ishlab chiqarish avariyasi va travmasining psixologik sabablari kabi masalalar kiradi. Mazkur farqlar jadvalda qo‘yidagicha ifodalaniladi: Muhandislik psixologiyasi - inson va texnik tuzilmalar o‘rtasidagi informasion aloqa vositalari va jarayonlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘idir. Muhandislik psixologiyasi psixologiyaning texnik moslamalar bilan uni boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish hamda o‘zaro ta‘sirini tekshirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi. Muhandislik psixologiyasining ilmiy vazifasi optimal konstruksiyalarni psixofiziologik jihatdan asoslash va mehnat unumdorligini orttiruvchi psixikani loyihalashda mutaxassis injenerlarga bevosita yordam berishdan iboratdir.
Yüklə 52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin