1-Mavzu. Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili


Ushbu Qonunda qo'llaniladigan asosiy tushunchalar



Yüklə 73,98 Kb.
səhifə2/6
tarix16.12.2023
ölçüsü73,98 Kb.
#183875
1   2   3   4   5   6
Kiberxavfsizlik 1-mustaqil ish (2)

Ushbu Qonunda qo'llaniladigan asosiy tushunchalar:

Ma’lumotlar bazasi – ob’ektiv shaklda ifodalangan hamda elektron hisoblash mashinalari (EHM) yordamida topish va ishlov berish mumkin bo'ladigan tarzda bir tizimga solingan ma’lumotlar (masalan: maqolalar, hisob-kitoblar) majmui; EHM uchun yaratilgan dastur – ob’ektiv shaklda ifodalangan hamda muayyan natija olish maqsadida EHM, EHM shoxobchalari va boshqa kompyuter vositalarining ishlashi uchun mo'ljallangan ma’lumotlar va ko'rsatmalar majmui; boshlang'ich matn – birorta dasturlash tilida yozilgan, biron-bir kompilyator qayta ishlamagan matn;

Ob’ekt kodi – boshlang'ich matnning mashina kodiga aylantirilishi natijasida yuzaga kelgan dastur;

EHM uchun yaratilgan dasturni dekompilyatsiya qilish – EHM uchun yaratilgan dasturning tarkibiy tuzilishi va kodlanishini o'rganish maqsadida ob’ekt kodini boshlang'ich matnga aylantirishni o'z ichiga oladigan texnikaviy usul;

EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining adaptatsiyasi – yuzaga kelgan muayyan sharoitda EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining ishlashini ta’minlash maqsadidagina amalga oshiriladigan hamda (dekompilyatsiya qilish oqibatida) muallifning boshlang'ich matni o'zgarishiga olib kelmaydigan qo' shimchalar kiritish;

EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini modifikatsiyalash (qayta ishlash) – ularni adaptatsiya deb hisoblanmaydigan va boshlang'ich matn o'zgarishiga olib keladigan har qanday tarzda o'zgartirish;

Kiberxavfsizlik markazi” tahlillariga ko‘ra, 2019 yilda intemetning milliy segmenti veb-saytlarida 268 ta kiberxavfsizlik insidenti aniqlangan. Bu raqamli olamdagi huquqbuzarliklar soni oldingi yilga qaraganda 44 foizga kamaygan deganidir. Shulardan 222 tasi kontentni ruxsatsiz yuklash, 45 tasi defeys (veb-sayt sahifasi boshqa, masalan, reklama joylashtirilgan sahifaga almashtirilishini anglatuvchi xakerlik hujumi) va bittasi yashirin mayning (kriptovalyuta platformasidagi yashirin faoliyat) ulushiga to‘g‘ri keladi.



O‘zbekistonda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi, eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni shakllantirish, qolaversa, innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining uzviy hamkorligini ta’minlash, barcha soha va tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni raqamli texnologiyalar bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan, intellektual salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu orqali, mamlakatda “xavfsiz axborotlashgan jamiyat” muhitini yaratishga xizmat qiladi.


Yüklə 73,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin