1-mavzu Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va
Savol va topshiriqlar Gulxaniyning hayot va ijod yo'li haqida ma'lumot bering.
Adib taxallusidan kelib chiqqan holda Gulxaniy shaxsiyatini izohlashga harakat qiling.
„Zarbulmasal" asarining yaratilish sababi haqida asar matniga tayanib fikr bildiring.
Boyo'g'li vatan tutgan maskan tasviriga e'tibor qiling. Unda hayotiy haqiqatga muvofiqlik ko'pmi yoki kinoya?
Gunashbonu malohati haqidagi tavsiflarni izohlang. Bu tasvirlar kishida qanday munosabat uyg'otishi mumkinligini anglating.
Yapaloqqushning o'giini Kulonkirsulton atashi uning tabiatidagi qaysi jihatlarni anglatadi deb o'ylaysiz?
Boyo'g'lining turmush qurish haqidagi savoliga Gunashbonu bergan javobni izohlang. Asar matnidan shu o'rinni topib o'qing, uning xalqimiz turmush tarziga muvofiqligi haqida o'ylab ko'ring.
Boyo'g'li qizining Kulonkirga tegishga rozi ekanligini darhol aytgisi kelmaganligi sababini izohlang. U chindan ham qarindoshlari bilan kengashadi deb o'ylaysizmi?
Boyo'g'lining qattiq g'azablanishiga sabab bo'lgan Turumtoy gapi nima haqda ekanligini asardan toping va izohlang.
Asardan qalin belgilash pavtida Boyo'g'lining mol-dunyoga munosabati haqida Ko'rqush aytgan bir gapni toping va unga asoslanib, Boyo'g'lini tavsiflang.
Ko'rqush Kulonkir sulton xizmatkori Kuykunakning so'zlaridan malollanganligi sababini xalqimiz tabiatidan kelib chiqib izohlang.
Adib nima uchun barcha qahramonlarini maqol-u hikmatlar bilan gapirtirishni lozim ko'rganligini tushuntirishga urining.
„Zarbulmasal"ning barcha qahramonlari qushlarbo'lgani holda, ularning balandparvoz, uncha-muncha odam ham tushunoimaydigan yo'sinda so'zlashayotganliklari sababi haqida o'ylab ko'ring.
„Qubod" atamasi hozirgi qaysi joy nomini eslatayotganligini aniqlashga harakat qiling.
Gulxaniy mazkurasarni nima uchun yozganligini izohlashga urinib ko'ring.
„Zarbulmasal"dagi mustaqil she'riy masallarning badiiv xususiyatlarini sharhlang.