345. Kesim vazifasida kelgan undov so’z qatnashgan gapni toping



Yüklə 37,67 Kb.
səhifə1/3
tarix03.02.2023
ölçüsü37,67 Kb.
#82625
  1   2   3
ho\'at javoblari


345. Kesim vazifasida kelgan undov so’z qatnashgan gapni toping.
A) Askarlarning ura-urasi hamma yoqni tutib ketdi.
B) Chet ellik mehmonlar bilan uzoq xayrlashdik.
S) Endi ishlarimiz voy.
D) Osmonda yulduzlar g’uj-g’uj.
346. Bitishuv yo’li bilan hosil qilingan so’z birikmasi berilgan qatorni aniqlang.
A) g’alaba uchun kurashmoq
B) tirishqoq o’quvchi
S) do’stlarni hurmatlash
D) mening onam
347. Moslashuv yo’li bilan hosil qilingan so’z birikmasi berilgan qatorni aniqlang.
A) g’alaba uchun kurashmoq
B) tirishqoq o’quvchi
S) do’stlarni hurmatlash
D) mening onam
348. Qaysi qatorda hokim so’zi ot so’zi bilan ifodalangan bitishuv so’z birikmasi berilgan?
A) hammasidan ko’p
B) oltin qadri
S) kamalakdek egik
D) tiniq daryo
349. Qaratqich kelishigi qo’shimchasisiz hosil bo’lgan moslashuv birikmani toping.
A) Hosil uchun kurash boshlandi.
B) Bu yil yoz havosi issiq bo’ldi.
S) Sayilda shahar tomon ketishga oshiqayotgan odamlarga duch keldik.
D) Baland binolar qad ko’tarib turardi.
350. Berilgan gaplarni qaysi biri istak gapga mansub emas?
1) Qani endi dunyodagi barcha bolalar baxtli bo’lsa; 2) Hammamiz o’quv yilini muvaffaqiyatli yakunlaylik. 3) Millatning dardiga darmon bo’linglar; 4) Xorijiy tillarni o’rganib, chet ellarga o’qishga borsam.
A) 2
B) 3
S) 2, 3
D) Berilgan barcha gaplar istak gap
351. Moslashuvli so’z birikmasi berilgan qatorni toping.
A) Navro’z bayrami
B) anketadagi savol
S) gap bo’lagi
D) rasm tomosha qildik
352. 1) daftarning varag’i; 2) daftar varag’i; 3) bizning daftar; 4) daftar varaq
Berilgan qaysi birikma(lar)da umuman daftarga qarashli varaq ma’nosi ifodalangan?
A) 1
B) 1, 2
S) 2
D) 3, 4
353. So’z qo’shilmasi ishtirok etgan qatorni toping.
A) Vatanga bo’lgan muhabbat ostonada tug’iladi.
B) Shaharda ko’p qavatli baland binolar qurish avj olgan.
S) Biz rostgo’ylik va halollikni hamisha ulug’laymiz.
D) Doniyor o’n ikkinchi qavatning ayvonida o’tirib, atrofni tomosha qilardi.
354. Quyidagi grammatik vositalarning qaysi biri so’z birikmasi doirasida qo’llanmaydi?
1) bog’lovchilar; 2) kelishik qo’shimchalari; 3) egalik qo’shimchalari; 4) shaxs-son qo’shimchalari; 5) yuklamalar; 6) ko’makchilar
A) 1,2,3,4,5,6
B) 2,3,6
S) 1,4,5
D) 2,3,4
355. Hokim so’z sifat bilan ifodalangan so’z birikmalari qatorini toping.
A) tiniq suv, qorday oq, ipakday mayin
B) tosh yo’l, bepayon paxtazor, juda yaxshi
S) hammadan katta, hayot uchun kerakli, yurishga qulay
D) G’ofurning xursandligi, o’zbekcha nutq, do’st ishonchi
356. “Dorini yotishimda ichib olarman” gapidagi harakat nomi qaysi bo’lak vazifasida qo’llangan?
A) ega
B) kesim
S) to’ldiruvchi
D) hol
357. Quyidagi gaplardan qaysi birida so’zlar o’rnini o’zaro almashtirsak, gap yo’qoladi?
1. So’rading sen. 2. Biz studentmiz. 3. O’ttiz kun-bir oy. 4. Zamira yozgan. 5. Havo toza.
A) 1,2,3,4
B) 1,4,5
S) 4,5
D) 4
358. Albatta, mehmonsiz siz bizga.
Ushbu gapda kesimni toping.
A) kesimi, ya’ni “bo’lasiz” fe’li tushib qolgan
B) bizga
S) siz
D) mehmonsiz
359. Otga bog’lanib kelgan ravish qaysi gap tarkibida qo’llangan?
A) Yigitning ko’ngli tinchidi va aybdorlarcha tabassum bilan qizga qaradi.
B) Men qo’lim bilan shiringina palov qilib beraman.
S) Toshpo’latning yordamchilari birin-sekin kelishdi.
D) U ovoz kelayotgan tomonga borarkan, kuy to’satdan o’zgardi.
360. Sifat boshqaruv qaysi qatorda berilgan?
A) buncha beparvolik, ahdiga sodiqlik
B) o’ziga ma’lum, yo’lida intizor
S) o’o’qdan tez, haqiqatga yaqin
D) yaxshi niyat, serdaromat ish
361. Gap qaysi qatorda berilgan.
A) qop-qora ko’zlar
B) otrof ko’m-ko’k
S) katta umid
D) achchiq piyoz
362. Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan shamol darpardani xomushgina silkitardi.
Ushbu gap tarkibida nechta aniqlovchi birikma bor?
A) 2 ta
B) 1 ta
S) 3 ta
D) 4 ta
363. Qaysi qatorda qiyoslashga asos vazifasini bajaruvchi birliklar berilgan?
A) choynakdan katta, bolalarning barchasi
B) guldan nozik, temirdan qattiq
S) oqar daryo, o’tkir pichoq
D) o’ylab gapirmoq, bolalarning kattasi
364. Paxta guli chinni piyola so’z birikmasidagi tobe qismni aniqlang.
A) paxta
B) chinni
S) paxta gulli
D) paxta gulli chinni
365. Tobe bo’lakni hokim bo’lakka bog’lovchi vositalar haqidagi noto’g’ri hukmni aniqlang.
A) Tobe bo’lak hokim bo’lakka ko’makchilar yordamida bog’langanda tobe so’zga kelishik qo’shimchasi qo’shilib kelishi mumkin.
B) Tobe bo’lak hokim bo’lakka ko’makchilar yordamida bog’langanda ko’makchiga kelishik qo’shimchasi qo’shilib kela olmaydi.
S) Agar hokim bo’lak belgi bildiruvchi so’zlar bilan ifodalanib, qiyoslashga asos vazifasini bajarsa, qiyoslanuvchi so’z chiqish kelishigi orqali bog’lanadi.
D) Kelishik boshqaruvchi so’z birikmasini ko’makchi boshqaruvli so’z birikmasiga aylantirganda ular o’rtasida ma’no farqi seziladi.
366. Qars ikki qo’ldan chiqadi.
Ushbu gapda ega qaysi so’z turkumi bilan ifodalangan7
A) undov so’z
B) sifat
S) modal so’z
D) taqlid so’z
367.Qaysi gapdagi kelishik qo’shimchali to’ldiruvchini ko’makchili to’ldiruvchiga almashtirib bo’lmaydi?
A) Xat qizil qalamda yozilgan edi.
B) Qishloqqa avtobusda keladigan bo’ldim
S) Sayohat vaqtida ko’rganlarimdan batafsil gapirdim.
D) Bekorchidan xudo bezor
368. O’rin-payt kelishigidagi bilan ifodalangan so’z gapda qanday to’ldiruvchi bo’lishi mumkin.
A) vositasiz to’ldiruvchi
B) vositali to’ldiruvchi
S) belgili qo’llangan vositasiz to’ldiruvchi
D) o’rin-payt kelishigi bilan ifodalangan so’z gapda doim o’rin holi vazifasida kelgan.
369. Vijdonni asrangiz har nedan ortiq,
Bobolardan qolgan noyob bu tortiq,
Toki avlodlarga yetolsin omon. (A.Oripov)
Ushbu ergash gapning qanday ma’no ifodalanayotganini aniqlang.
A) sabab ma’nosi
B) shart ma’nosi
S) maqsad ma’nosi
D) qiyoslash-chog’ishtiruv ma’nosi
370. Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari, najotidir.
Ushbu gapda uyushib kelgan so’zlar qaysi gap bo’lagi hisoblanadi?
A) ega
B) kesim
S) to’ldiruvchi
D) aniqlovchi
371. Hayot go’zal, yashash maroqli.
Ushbu gapda qaysi gap bo’laklari mavjud?
A) aniqlovchi, kesim
B) ega,kesim
S) to’ldiruvchi, kesim
D) hol, kesim
372. Uning manfaatlarini, fikr-o’y doiralarini, g’oya va maqsadlarini yaxshi bilamiz.
Ushbu gapda qaysi bo’lak uyushib kelgan?
A) ega
B) to’ldiruvchi
S) aniqlovchi
D) hol
373. Qaysi gapning egasi otlashgan sifat bilan ifodalangan?
A) Qiziqarli kitob o’qidim.
B) Kamtarinlar ko’p gapirmaydilar.
S) Tushki ovqatni yedik.
D) Bola shirin uyquda edi.
374. Qaysi gapning kesimi yasama so’z bilan ifodalangan?
A) Qiziqarli kitob o’qidim.
B) Kamtarinlar ko’p gapirmaydilar.
S) Tushki ovqatni yedik.
D) Bola shirin uyquda edi.
375. Qaysa gapda ot-kesim ifodalangan?
A) Qiziqarli kitob o’qidim.
B) Kamtarinlar ko’p gapirmaydilar.
S) Tushki ovqatni yedik.
D) Bola shirin uyquda edi.
376. Shovulladi tun bo’yi shamol,
Qaldiroqlar ko’chdi larzakor.
Shivirlading yonimda xushxol:
“Yana keldi, do’stginam bahor”. (A.Oripov)
Ushbu parchadagi gaplarning egalari qaysi javobda to’g’ri berilgan?
A) tun, qaldiroqlar, do’stginam, bahor
B) shamol, qaldiroqlar, bahor
S) shamol, larzakor, bahor
D) tun, qaldiroqlar, do’stginam
377. Shivirlading yonimda xushxol:
“Mangu bizmiz, do’stim, ikkimiz”.
Ikkinchi gap tarkibidagi egani aniqlang.
A) bizmiz
B) ikkimiz
S) do’stim
D) ega ishtirok etmagan
378. Shivirlading yonimda xushxol:
“Mangu bizmiz, do’stim, ikkimiz”.
Ikkinchi gap tarkibidagi egani aniqlang.
A) bizmiz
B) ikkimiz
S) do’stim
D) ega ishtirok etmagan
379. Qaysi ega bilan kesim ba’zan son jihatdan mos bo’lmaydi?
A) I shaxsda
B) I shaxs ko’plikda
S) III shaxs birlikda
D) III shaxs ko’plikda
380. Qaysi qatordagi gap ikki grammatik asosga ega?
A) Ahillik bor yerda temir ham suvga cho’kmaydi.
B) Kampirning ko’zlari allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi.
S) Bu shaharda tanish-bilish yo’qligi Mirzayevga shu bugun bilindi.
D) Men sinfga kirgach, deraza oldida turgan SHahnozani ko’rdim.
381. Qaysi qatorda egasiz gap berilgan?
A) Murojaat matni yozildi, imzolar chekildi.
B) Eshik ochiq bo’lsa ham so’rab kir.
S) Dam olish kuni kitobxxonlar yig’iniga borish kerak.
D) Bugun to’garakka borishimiz lozim edi.
382. Soda fe’l –kesim qatnashgan qatorni toping.
A) Odil uyalganidan qizarib ketdi.
B) Men uy inshosining rejasini tuzib chiqdim.
S) Har bir o’quvchi uy vazifasini puxta bajarishi lozim.
D) Durdona uy ishlarini berilib bajardi.
383. Aytishlaricha, ona qalbi juda sezgir bo’lar ekan.
Ushbu gap tarkibidagi “aytishlaricha” so’zi qanday vazifada kelgan?
A) bosh gap
B) ergash gap
S) undalma
D) kirish so’z
384. Quyidagi gapning kesimi nima bilan ifodalanganini aniqlang.
Ammamning zardali ovozini eshitib, damim ichimga tushib ketdi.
A) fe’l bilan
B) qo’shma fe’l bilan
S) ibora bilan
D) ot bilan
385. Kirish gap berilgan qatorni ko’rsating.
A) Bolaligimda, es-es bilaman, bu yer kata, obod qiloq edi
B) Ha, o’zining duch kelganiga ancha bo’ldi, shekilli.
S) Yo’q, endi men hayotdan o’z tegishimni – o’z quvonchimni, o’z charog’on kunlarimni dovlab olaman.
D) Tabiiyki, men nihoyatda hayajonda edim.
386. Yurak shod, go’yo ikki qush ko’kka parvoz qilish oldida qanot yozgandek.
Ushbu gapda son qaysi gap bo’lagi vazifasida kelgan?
A) ega
B) to’ldiruvchi
S) aniqlovchi
D) hol
287. Quyidagi to’liqsiz gapda qaysi gap bo’laklari ifodalanmagan?
-Siddiqjon nimalar to’g’risida so’zladi?
- Yangi loyihalar haqida.
A) ega
B) kesim
S) aniqlovchi
D) ega va kesim
388. Quyidagilarning qaysi biriga mansub so’zlar gap tarkibida hol vazifasida kelishida ko’makchilar asosiy o’rin egallaydi?
1) ot; 2) harakat nomi; 3) sifatdosh; 4) ravishdosh
A) 1,2,3,4
B) 2,3,4
S) 3,4
D) 1,2,
389. Yozuvchilar uyushmasining a’zolari birikmasidagi hokim so’z qaysi qatorda berilgan?
A) yozuvchilar
B) uyushmasining
S) yozuvchilar uyushmasining
D) a’zolari
390. Berilgan qaysi so’z juftligidan so’z birikmasi va gap hosil qilish mumkin.
1. berilgan, topshiriq; 2. vazifa, bajarmoq;
3. qiziqarli, mashg’ulot; 4. o’qishli, asar; 5. samarali, ishlamoq
A) 1, 2, 3
B) 1, 2, 5
S) 2, 4, 5
D) 1, 3, 4
391. O’z tilini unutgan xalqning
Mozorida ajdodlar qabri.
Uzra qo’yar bolalar tikan
Ushbu gapda qaysi kelishik qo’shimchasi belgisiz qo’llangan?
1) qaratqich; 2) tushum; 3) jo’nalish; 4) o’rin-payt; 5) chiqish
A) 1
B) 1, 2
S) 1, 3
D) 4, 5
392. Sifatlovchi –aniqlovchi vazifasida kelgan sifatdosh qaysi gapda mavjud?
A) Lobar-hamisha izlanuvchi, o’z ishiga ko’ngil qo’ygan qiz.
B) Maqtanganning uyini, kerilganning to’yini ko’r
S) Narigi yoqdagi go’zal favvoralar qurilishi endi boshlangan.
D) Vijdonning buyurganini bajar.
393. Taqillaydi eshik nogahon,
-Kimsan? –deyman tugab sabotim,
-Ochgil, -deydi. –Bu-men, qadrdon,
Bilmoq bo’lsang – Bardoshdir otim.
Ushbu she’riy parchada nechta egalik gap mavjud?
A) 1
B) 2
S) 3
D) 4
394. Yaxshi so’z birla topursan eng yaxshi do’stlarni ham.
Berilgan gapning kesimi haqidagi qaysi fikr to’g’ri?
A) sodda ot-kesim
B) murakkab ot-kesim
S) sodda fe’l kesim
D) murakkab fe’l-kesim
395. Uning yoqimli qo’shiqlarini eshitsam, o’y-xayollarim uzoq-uzoqlarga uchib ketadi.
Berilgan gapda hol qaysi so’z turkumi bilan ifodalangan?
A) ot
B) fe’l
S) ravish
D) sifat
396. Adirdagi olmalar g’arq pishibdi.
Berilgan gapda ostiga chizilgan so’z qanday bo’lak bo’lib kelgan?
A) aniqlovchi
B) to’ldiruvchi
S) o’rin holi
D) ega
397. Agar sifatlovchi – aniqlovchi uyushgan bo’lib, vergul bilan ajratilgan bo’lsa, ajratilgan bo’lak, boshqa bo’laklardan qanday ajratiladi?
A) vergul bilan
B) tire bilan
S) nuqtali vergul bilan
D) tinish belgi qo’yilmaydi
398. Qaysi gapning kesimi faqat ohang bilan shakllangan?
A) Samarqand-azim shahar.
B) Baxtli bo’lish uchun, avvalo o’zingni unga munosib aylashing kerak.
S) Mustaqillik, sen yorug’ kelajaksan.
D) Sayraydi bog’da bulbul
399. Oyni etak bilan yopib bo’lmas.
Berilgan gap haqida qaysi hukm to’g’ri?
A) egasi ma’lum gap
B) egasi noma’lum gap
S) egasi umumlashgan gap
D) so’z-gap
400. Mingbuloq o’zi yaxshi, suvi serob, lekin u qarovsiz.
Gapning kesim(lar)ini toping.
A) garovsiz
B) yaxshi, serob, qarovsiz
S) suv, serob, qarovsiz
D) o’zi yaxshi, qarovsiz
401. –Sog’ligingiz yaxshimi?
-Rahmat. Tashakkur.
-Ertalab uchrashamiz-da.
-Albatta. Bekatda. Soat sakkizda.
Berilgan suhbat matnida nechta so’z-gap ishtirok etgan?
A) 2 ta
B) 3 ta
S) 4 ta
D) 5 ta
402. Ajratilgan to’ldiruvchi ishtirok etgan gapni toping.
A) Ilmiy yig’ilishda, kengashda, chet elliklar ham qatnashdilar.
B) Bu dugonamning, Halimaning, ro’moli.
S) U birpas tinmaydi – supuradi-sidiradi, idish tovoqlarni artadi.
D) Ammo biz, yurtimiz kishilari, bunday munosabatlar bo’lishi mumkin va lozim deb hisoblaymiz.
403. Quyida berilgan gaplarning qaysisida ohang o’zgarishi orqali farqli fikr hosil qilish mumkin?
A) Tog’ qushlarining sayrashi qo’ylarning ma’ragan ovozlariga jo’r bo’lmoqda.
B) Haligi sumka ko’targan qizni chaqirdi.
S) Gulchehra mo’ysafidga nima javob qilishni bilmay, o’zini tramvayga otdi.
D) –Nima bo’ldi, qizim, nega yig’layapsan.
404. Yaxshining yaxshiligi har yerda tegar.
Gapdagi otlashgan sifatning sintaktik vazifasini aniqlang.
A) hol
B) kesim
S) aniqlovchi
D) aniqlovchi, ega
405. Fe’l kesimga bog’lanib, uning belgisini bildirgan bo’lak qaysi gapda qo’llangan?
A) Iroda, did va fikrlar uyg’unligi do’stlar zaminini tashkil etadi.
B) Do’stona aloqalar umrboqiy bo’lmog’i kerak.
S) Do’stlikdadir obro’, kuchimiz,
Shu do’stlikni olqishlaylik biz.
D) Do’stlar ko’maklashganda, har qanday omadsizlik ham asta chekinadi.
406 Ravish holi uyushgan gapni belgilang.
A) Anhor bo’yidagi hovlilarning ochiq eshiklaridan ozoda supalar, sadarayhon, namozshomgullar ko’rindi.
B) Kimga uch tanga pul, kimga adras chopon ulasha boshladi.
S) Qobil bobo qo’l qovushtirib uning ketidan yura rva yig’lar edi.
D) Hamma issiqdan bo’shashib jim, yalqovgina ishlaydi.
407. Borlig’im-la farzandingman, sodiq, mehribon, Ozarbayjon, Ozarbayjon!
Ushbu gapda qaysi bo’lak ajratilgan?
A) to’ldiruvchi
B) sifatlovchi aniqlovchi
S) hol
D) ega
408. Bugun kun bo’ladi, ravshan va bedog’.
Ushbu gapda qaysi bo’lak ajratilgan?
A) to’ldiruvchi
B) ega
S) kesim
D) aniqlovchi
409. 1. Bu-tushmi, o’ngmi, yoki bir ro’yo!
2. Bu – siz uchun katta sinovdir.
3. Bu cholni butun yurt izzat qiladi.
4. Buning odam bo’ladigan emas.
Berilgan gaplarning qaysilarida olmosh va ega vazifasini bajargan?
A) 1, 2
B) 1, 2, 4
S) 1, 2, 3, 4
D) 2
410. Gap va so’z birikmasining farqi qaysi javobda xato berilgan?
A) ifoda mazmuniga ko’ra ifodalanadi
B) kesimlik belgisiga ega yoki ega emasligiga ko’ra farqlanadi
S) tobe va hokim qismni bog’lovchi vositalariga ko’ra farqlanadi
D) qismlarining grammatik aloqaga kirishuviga ko’ra farqlanadi
411. Qaysi gapda egaga birikkan aniqlovchi yasama so’z bilan ifodalangan?
A) Daraxtlarning so’nggi yaproqlari qishning ilk izg’irinidayoq to’kildi
B) Eng go’zal va dilmar qo’shiqlar ham Vatan haqidagi qo’shiqlardir.
S) Donolar oldida doim eshituvchi bo’l.
D) Bobolarning ulug’vor ishlarini ijodiy rivojlantira olsang, sen baxtiyorsan.
412. Tarkibi o’zaro qarama-qarshi ma’noli juft so’z bo’lgan qaralmish ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Bu dunyoning ishlari qiziq: goh quvonib, goh bo’lasan ziq.
B) Kishining husni-jamoli bo’lmasa ham, so’zlari shirin bo’lsa, unday odam elni o’ziga qaratib oladi.
S) Insonning fe’l atvoriga qarab unga baho beradi.
D) Ha nechuk, shu narsaga iqrormanki, muhabbat savdosining katta – kichigi bo’lmas.
413. –Mingboshi suvni o’zi so’radimi?
- Ha, o’zi so’radi.
To’liqsiz gapdagi ifodalanmay qolgan bo’lakni toping.
A) ega, to’ldiruvchi
B) aniqlovchi, to’ldiruvchi
S) ega, aniqlovchi
D) to’ldiruvchi, kesim
414. Ularning uyidagi gullarning-ku son-sanog’i yo’q.
Berilgan gapda fonetik qoida asosida yozilgan so’z qanday bo’lak bo’lib kelgan?
A) murakkab ot-kesim
B) ega
S) sifatlovchi aniqlovchi
D) qaratqich-aniqlovchi
415. Uyushiq bo’laklar haqida berilgan hukmlarning qaysi biri to’g’ri?
1) uyushiq bo’laklar bir umumiy bo’lakka tobelanadi; 2) uyushiq bo’laklar bir xil sintaktik vazifa bajaradi; 3) uyushiq bo’laklar ko’pincha bir xil so’roqqa javob bo’ladi; 4) uyushiq bo’laklar o’zaro teng bog’lovchilar yoki sanash ohangi yordamida bog’lanadi; 5) gap bo’laklari uyushish xususiyatiga ega; 6) gap bo’lagining bo’lagi uyushishi xususiyatiga ega.
A) 1,2,4,5
B) 1,2,3,4,5,
S) 2,3,4,6,
D) 1,2,3,4,5,6,
416. Kelgan mehmonlardan biri oltmishlarda, ikkinchisi yetmishlarda edi.
Berilgan gapda chama sonning sintaktik vazifasini aniqlang.
A) hol
B) aniqlovchi
S) kesim
D) to’ldiruvchi
417. Zangori osmon shunday tiniq, shunday beg’uborki, ko’zni oladi.
Ushbu gapda ergash gapni bosh gapga qaysi vosita bog’lab kelyapti?
A) ohang
B) ko’makchi
S) sabab bog’lovchisi
D) yuklama
418. Qaysi qatorda uyushgan sifatlovchi –aniqlovchi gap qo’llangan?
A) Mashina keng, tekis yo’ldan ketdi.
B) Biz katta, yorug’ sinfda o’qiymiz.
S) Sherali lola va tog’ gullaridan katta chiroyli guldasta yasadi.
D) Olimlarning mehnati natijasida tezpishar, serhosil Yangi paxta navlari yetishtirildi.
419. Dutor chalib o’tirsam, tori uzilib ketdi.
Ushbu gapda hol ergash gapning qaysi turiga mansub?
A) payt ergash gap
B) o’rin ergash gap
S) sabab ergash gap
D) maqsad ergash gap
420. O’rin ergash gapli qo’shma gap berilgan qatorni aniqlang.
1. Katta arava qaysi yo’ldan yursa, kichik arava ham xuddi shu yo’ldan yuradi.
2. Qayerda ish to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lsa, o’sha yerda rivojlanish bo’ladi.
3. Qayerda ahillik bo’lsa, o’sha yerda qut-baraka bo’ladi.
4. Ahillik bor yerda temir suvga cho’kmaydi.
A) 2, 3
B) 2, 3, 4
S) 1, 2, 3
D) 1, 2, 3, 4
421. –sa shart mayli qo’shimchasi yordamida bosh gapga bog’langan ergash gapli qo’shma gaplar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
1. O’simlikni qancha parvarish qilsang, shuncha mo’l hosil beradi.
2. Oqsoqol qayerda bo’lsa, o’sha joyda ish bir tartibda bo’ladi.
3. Boshingga tashvish tushmasa, qaytib kelmasding.
4. Kechqurun Osh suzsak, bir nasiba kam
A) 1 va 2
B) 3 va 4
S) 1, 2, 3
D) 1, 2, 3, 4
422. Qismlari o’rtasida zidlash munosabati bo’lmagan qo’shma gap qaysi javobda berilgan?
A) Yaxshidan bog’ qoladi, yomondan dog’ qoladi.
B) Oy tunda kerak, aql esa kunda kerak.
S) Jahl-dushman, aql esa do’stdir.
D) Egrilik insonni qabohatga yetaklaydi, to’g’rilik bo’lsa insonni saodatga boshlaydi.
423. Tovus o’zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa sharaf-u shonini asraydi
Berilgan qo’shma gap qismlari o’rtasida qanday mazmuniy munosabat mavjud?
A) zidlash munosabati
B) qiyoslash munosabati
S) o’xshatish munosabati
D) zidlash va qiyoslash munosabati
424. Qaysi qatorda qo’shma gap berilgan?
A) Tashqarida bo’ron uvullaydi, shamolda chayqalgan daraxtlar vahimali shovillaydi.
B) Kifoyatxon doktorga kursi qo’yib berib, oyoq uchida chiqib ketdi.
S) Ilk sahar uyqudan uyg’onadigan Zebo otasining kelish-kemasligini bilib, anchagina onasi bilan gaplashib o’tirdi.
D) Yalqov bilan anqov – dushman uchun katta ov.
425. Ko’rsatish olmoshili ergashgan qo’shma gap berilgan qatorni toping.
A) Shuni doim yodingda tuki, biz hammamiz seni yaxshi ko’ramiz.
B) Kim harakat qilsa, u baraka topadi.
S) Nima ro’zg’orga kerak bo’lsa, dadam o’shani bozordan keltiraverar edi.
D) Odamlarga qanchalik yaxshilik qilsang, el seni shunchalik e’zozlaydi.
426. Shunisi qiziqki, ularning ko’p odatlari bir-biriga o’xshab ketadi
Ushbu gap -
A) ega ergash gapli qo’shma gap
B) to’ldiruvchi ergash shapli qo’shma gap
S) kesim ergash gapli qo’shma gap
D) aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap
427. Ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vositalar qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) chunki, -ki, lekin
B) shuning uchun, hamda, biroq
S) go’yo, negaki, yoki
D) chunki, shuning uchun, -ki
428. Biz istar edikki, yana go’zal hayotimizni aks ettiradigan rasmlar chizsangiz.
Ushbu gap haqidagi qaysi javob to’g’ri?
A) aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap
B) shart ergash gapli qo’shma gap
S) to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap
D) kesim ergash gapli qo’shma gap
429. Ayrim kishilar borki, onasini unutadi.
Ushbu gap qanday ergash gapli qo’shma gap?
A) natija ergash gapli qo’shma gap
B) sabab ergash gapli qo’shma gapaniqlovchi
S) aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap
D) to’siqsiz ergash gapli qo’shma gap
430. Qayerda bekorchilik bo’lsa, o’sha yerda bema’nilik ham avj oladi.
Ushbu gap qanday ergash gapli qo’shma gap?
A) hol ergash gapli qo’shma gap
B) ega ergash gapli qo’shma gap
S) kesim ergash gapli qo’shma gap
D) aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap
Gapning tuzilishiga ko`ra turlari,atov gap, shaxsi ma`lum,no`malum,bir bosh bo`lakli,ikki bosh bo`lakli mavzulardan
1. Yomon urug‘dan yaxshi hosil kutma. Ushbu gap grammatik asosiga ko‘ra qanday gap?

Yüklə 37,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin