1-mavzu: kirish. Cho’yan va po’lat ishlab chiqarish. Reja


-MAVZU: METALLMAS MATERIALLAR. PLASTMASSALAR, REZINALAR, LAK VA BO’YOQ MATERIALLARI). PLASTMASSANING ISLAB CHIQARISH VA QO’LLANISHI



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə10/44
tarix24.12.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#191900
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
1-mavzu kirish. Cho’yan va po’lat ishlab chiqarish. Reja

8-MAVZU: METALLMAS MATERIALLAR. PLASTMASSALAR, REZINALAR, LAK VA BO’YOQ MATERIALLARI). PLASTMASSANING ISLAB CHIQARISH VA QO’LLANISHI.


REJA:

  1. Plastmassalarning turlari va ularning xalq xo’jaligidagi ahamiyati.

  2. Plastmassalardan detallar tayyorlash texnologiyasi.

3.Plastmassalarning klassifikatsiyasi va xossalari.
4.Rezinalarni ishlab chiqarish, ishlatilish sohalari.
5.Yelim va lak bo’yoq materiallari va ularning ishlatilishi.
Tayanch iboralar:
Plastmassalar, polimerlar, termoreaktiv, termoplastik, termostabil, ekstruziya, tabiiy kauchuk, sintetik kauchuk, yelimlar, emal, nitroemasl, shpaklevka.
Hozirgi vaqtga kelib, o’z xossalari jihatidan xilma-xil plastmassalar, shu jumladan juda puxta konstruksion plastmassalar, yarim o’tkazgichlar, magnitaviy va boshqa plastmassalar yaratilgan. Bu materiallar ko’pgina hollarda, ko’pchiligi qimmat turadigan metallar o’rniga bemalol ishlatimoqda, bundan tashqari texnika taraqqiyoti sanoatga plastmassalarning joriy qilinishiga ko’p darajaga bog’liqdir.
Butun dunyoda nihoyatda ko’p plastmassalar ishlab chiqariladi, ko’pincha, tarkibi va xossalari jihatidan bir xil bo’lgan plastmassalarni firmalar har xil markalar bilan sotadilar.
GOSTga ko’ra plastmassalarning barcha turlari, ulardagi bog’lo vchi moddalarning xiliga qarab, turtta sinfga birlashtirilgan:
A-sinf. Zanjiriy polimerlash yo’li bilan olinadigan yuqori molekulyar birikmalar asosida tayyorlanadigan plastimassalar;
B-sinf. Poliqondyonsatlash va pog’onali polimerlash yo’li bilan olinadigan yuqori molekulyar birikmalar asosida tayorlanadigan plastmassalar;
V-sinf. Kimyoviy yo’l bilan modifikatsiyalangan tabiiy polimerlar asosida tayyorlanadigan plastmassalar;
G-sinf. Tabiiy va neftdan olingan asfalt hamda smolalar asosida tayyorlanadigan plastmassalar.
Oddiy organik va anorganik moddalardan sintez qilish yo’li bilan olinadigan moddalar sintetik materiallar deb ataladi. Plastmassalar hosil qilishdagi dastlabki moddalar faqat anorgani k moddalardir. Ana shunday oddiy moddalarga etilen misol bo’la oladi.

18.1 rasm

Har xil yuqori molekulyar moddalarning polimerlanish koeffitsiyenti bir necha mingdan to birnecha 10 ming, ba’zan bir necha 100 mingni tashkil qiladi.


Boshqa moddalar makromolekulalari zanjirlarining tarkibiga uglerod bilan vodoroddan tashqari kislorod, azot, oltingugurt atomlari kirishi mumkin. Dastlabki moddalarning tarkibini va zanjirda atomlarning joylanish tartibini o’zgartirib, polimerlarning xossasini o’zgartirish va ulardan elashtik hamda egiluvchan yoki bikr buyumlar olish mumkin. Polimerning xossalariga uning tarkibi va polimerlanish koeffitsiyentidan tashqari, strukturaviy xususiyatlari va molekulyar zanjirining turi ham ta’sir etadi. Polimerning turi ham ta’sir etadi. Polimerning yoruvchanlik, adgezion (yellimlash) xossalari, dielektrik xossalari polimer zanjirining turiga bog’liqdir.
Har xil polimerlarning strukturasida 3 xil zanjir:
1.Chizg’iy zanjir
2.Tarmoqlangan zanjir;
3.Tursimon (fazoviy zanjir) bo’lishhi mumkin.

1-rasmda to’garakchalar bilan strukturadagi elementlar zvenolar belgilangan. Bu zvenolar asosiy valentliklarning birlamchi kuchlari vositasida o’zaro bog’langan. Molekulalarning o’zaro tortilishiga o’zaro kuchlar sabab bo’ladi, ikkilamchi kuchlar birlamchi kuchlarga bir necha o’n barobar kichikdir. Shuning uchun makromolekulalar chizg’iy zanjirning strukturasi (1-rasm, a) polimerlarning birlamchi kuchlaridan hosil bo’lgan puxtalig in i, shuningdek ikkalamchi bog’lanishhlardan hosil bo’lgan plastiklik va elashtikligini belglilaydi. Tarmoqlangan zanjir strukturasi (1- rasm, b) shu bilan xarakterlanadiki, yon gruppalar ayrim zanjirlar orasidagi masofani oshiradi, natijada bunday zanjirli polimerning mexanikaviy xossalari chizg’iy zanjiinikiga qaraganda pastroq, eruvchanligi va termoplastligi yaxshirok bo’ladi. Tursimon (fazoviy) tuzilish (1-rasm, v) (shu bilan xarakterlanadiki, yon gruppalar ayrim zanjirlar orasidagi masofani oshiradi) molekulalarning chizg’iy zanjirlari orasida kundalang bog’lanishhlar borligi bilan xarakterlanadi (bu zanjirlar go’yo o’zaro tiqilgan). Bu bog’lanishhlarning ko’p ozligi polimerning xossalarini belgilaydi: agar bu bog’lanishhlar siyrak kelsa, tursimon tuzilgan polimer yorituvchilarda bo’qadi va qizdirilganda yumshaydi, agar bu bog’lanishhlar tez-tez (qalin) kelsa, polimer yorituvchilarda yorimaydi va suyuqlanmaydi, ammo u mustahkam, qattiq va mo’rt bo’ladi.


Polimerlar kristallardan tuzilgan va amorf bo’lishhi mumkin. Polimer kristallardan tuzilgan deyilganda, polimyerda zanjirdagi molekulalarning paralel joylashganligi (2-rasm) va bunday gruppalarning muntazam ravishda tahlanganligi tushuniladi.
Amorf polimyerda zanjirlar tartibsiz joylashgan bo’ladi.
Kristallardan tuzilgan polimerlarning xossalari anizatropik bo’ladi.
Qizdirilganda nima bo’lishhi jihatidan polimerlar uch gruppaga bo’linadi: termoreaktiv, termoplastik va termostabil polimerlar.
Termoreaktiv polimerlar qizdirilganda qovushqoq oquvchan holatga o’tadi. Shundan keyin u temperaturaning o’zida kimyoviy o’zaro ta’sir natijasida qotib, yorimaydigan bo’lib qoladi.
Termoplastik polimerlar temperatura ta’sirida o’z xossalarini yo’qotmaydi: qizdirilganda plastik bo’lib qoladi, sovitilganda esa yana elashtik qattiq holatiga qaytadi, erish xususiyati ham o’zgarmaydi.
Termostabil polimerlar qizdirilganda o’z fizika-mexanikaviy xossalarini termik parchalanish temperaturasigacha saqlab qoladi.
Plastik massalar tarkibi jihatidan oddiy va kompozitsion bo’lishhi mumkin.
Oddiy plastmassalar faqat polimerning o’zidan iborat bo’ladi masalan, polietilen, polishtriol va boshqalar. Kompozitsion plastmassalar ko’p komponentli bo’ladi, ularda polimerlardan tashqari, tuldirgichlar, plastifiqatorlar, bo’yoqlar ham bo’ladi.
Monomer molekulalarining birikib, polimerning katta molekulalariga aylanish protsessi polimerlanish deyiladi, polimerlanish natijasida hosil bo’lgan polimerning tarkibi dastlabki monomerning tarkibi bilan bir xil bo’ladi: polimerlanish protsessi vaqtida hech qanday modda ajralib chiqmaydi. Zanjiriy polimerlanish protsessi uchta bosqichdan: zanjirning paydo bo’lishh, usishi va uzilishidan iborat bo’ladi.
Polietilen - etilenning polimerlanish mahsuloti. Etilen SN2qSN2 neft mahsulotlarini parchalanish bilan bo’ladigan haydash paytida, shuningdek, koks gazidan olinadi.
Etilenning organik yorituvchilarda past bosimda metalloorganik katalizatorlar trietilayuminiy, titan (IV)-xlorid ishtirokida polimerlanishi mumkinligi so’nggi yillardagina aniqlanadi.
Polietilenning ishlatilishi va uni qayta ishlash usullari.
Polietilenda nihoyatda yuqori dielektriklik xossalar bo’lganligidan u kabel izolyatsiyasi tayyorlash, shuningdek, radio, televizion va telegraf ustanovkalari detallari tayyorlash uchun keng ko’lamda ishlatiladi. Suv o’tkazmaslik va kimyoviy turgunlik (60o gacha temperaturada, xlorid sulfat, nitrat kislotalar, ishqorlarning eritmalari va ko’pgina organik yorituvchilar ta’siriga bardosh berish) xossalari bo’lganligidan polietilen kimyoviy apparatlar uchun detallar tayyorlash, truboprovodlar, tisternalar, ovqat mahsulotlari saqlanadigan plyonkalar tayyorlash uchun ishlatiladi. qishloq xo’jaligida polietilen plyonkalari parniklar ustiga yopiladi, ariqlarga tushiriladi.
Polietilendan tayyorlangan buyumlar havoda Q60oSda -60oS gacha temperaturalarda, kislorod bo’lmagan muhitda esa 20oS gacha temperaturalarda turgun bo’ladi.
Polietilen 300-400oS temperaturalargacha qizdirilganda parchalanib, suyuq va gaz mahsulotlar hosil qiladi. Plastmassalardan buyum ishlab chiqarish usullari xilma-xildir.
Polimer materiallaridan istalgan Shakldagi xilma-xil buyumlar, Shuningdek ip, plyonka list, truba va donalar tayyorlanadi.
Polimerlarning o’ziga xos fizikaviy va texnologik xususiyatlari ularni buyumlarga Chala fabrikatlarga aylantiriSda maxsus usullardan foydalanishni talab etadi. Polimerlarni buyumlarga aylantiriSning asosiy usullari ekstruziyalaS odatdagi usulda quyish, bosim ostida quyish, odatdagicha presslash, quyma presslash, ko’pirtirish, payvandlash, qizdirib purkash, randalash, shuningdek stanoklarda qirindi kesib olish yo’li bilan ishlash usullaridir.

Ekstruziya, bosim ostida quyish.


Ekstruziya usulida ishlash yo’li bilan sterjenlar, trubalar, listlar va plyonkalar olinadi, buning uchun asosan termoplastik, kamdan-kam hollarda esa termoreaktiv polimerlar ishlatiladi.
Ekstruziyalash polimerni munshtuk teshigi orqali siqib chiqarishdan iborat, teshikning shakli buyumning ko’ndalang kesimi shakliga bog’liq.
Plastmassalarni shtamplash. shtamplash usulida listovoy zagotovkadan iborat termoplastlar buyumlarga aylantiriladi. Buyumning shakli qizdirilgan listni botirish va so’ngra uni sovutish yo’li bilan hosil qilinadi.
Stamplashda shakl berishning ikki usuli: yo’naltirilgan botirish usuli va erkin botirish usuli qo’llaniladi.
Sanoatda ishlatiladigan metallmas materiallarning ishlatilishiga ko’ra ikki gruppaga ajratishh mumkin:

  1. mashina qismlarining ayrim detallarini tayyorlashda foydalaniladigan materiallar. Bu materiallarga plastmassalar, yog’och, rezina, shisha, keramika va boshqalar misol bo’la oladi.

  2. Maxsus materiallar. Bu materiallarga qog’oz, yelim, lak, emal bo’yoq va boshqa materiallar misol bo’la oladi.

Metallmas materiallarning xalq xo’jaligida eng ko’p ishlatilgani plastik materiallar bo’lgani uchun bu materiallarning xossalari va klassifikatsiyasi bilan qisqacha tanishib o’tamiz.
Plastik massa tabiiy yoki sintetik yuqori molekulyar birikma asosida olingan materialdir. Plastmassalarni tarkibiga ko’ra tubandagi ikki gruppaga ajratishh mumkin:

  1. Oddiy plastmassalar, asosan, bir komponent smoladan iborat bo’ladi.

  2. Murakkab platsmassalar. Bu plastmassalar bir necha komponentdan iborat bo’lib, ularning har biri ma’lum funktsiyani bajaradi.

Murakkab plastmassalarning komponentlari ko’p bo’lishhiga qaramay ularni funktsiyalariga ko’ra tubandagi gruppalrga ajratishh mumkin:

  1. bog’lovchi moddalar. Bular plastmassalar tarkibidagi ayrim zarrachalarni o’zaro bog’lashga xizmat qiladi. Bog’lovchi moddalar sifatida smolalar, bitumlardan foydalaniladi.

  2. tuldirgichlar. Plastmassalarning fizikaviy kimyoviy xossalarini

yaxshixilaydigan va narxini arzonlashtiradigan moddadir.
Tuldirgichlar sifatida yog’och, yog’och uni, to’qima, chiqindi iplari, qog’oz, grafit, asbesht, slyuda, talklardan foydalaniladi. Tuldirgichlarning protsyont miqdori uning strukturasiga binobarin buyumning fizikamexanikaviy xossalariga katta ta’sir ko’rsatadi.
v) plastifikatorlar. Plastmassalarning bu tarkibiy qismi ularning plastikligini oshirishga xizmat qiladi. Plastikatorlar sifatida kamorfa, kastyor moyi, dibultiftalat va boshqalardan foydalaniladi.
g) katalizatorlar. Polimer materiallarning qotishh jarayonini tezlatuvchilar bo’lib, ularga magneziya, urotropin, ohak va boshqalar kiradi.

  1. bo’yoqlar. Plastmassa buyumlarga dekorativ tus bersa ularning issiqlik yutish yoki issiqlik chiqarish xossalarini o’zgartirishiga xizmat qiladi. Bo’yoqlar sifatida xrom va rux oksidlari, alyuminiy kukuni, belila, surik, ohra, ko’raum va boshqa moddalardan foydalanildi.

  2. moylovchi moddalar. Presslash yo’li bilan buyumlar tayyorlashda

plastmassalarning pressforma devoriga yopishhib qolmasligini ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Plastmassalar fizikaviy mexanikaviy xosaalariga ko’ra termoplastik va termoreaktiv plastmassalar bo’linadi.
Termoplastik plastmassalar oddiy gruppa plastmassalari bo’lib, ular ma’lum temperaturada qizdirilsa yoki sovitilsa ularning agregat holatini ko’p karra o’zgartira oladi. Termoplastlar jumlasiga ftorplast, organik shisha, viniplast, kapron, polietilen, etrol, polishtrol va boshqalar kiradi.

18.2-rasm. Polimerlarning kristallardan tuzilgan va amorf qismlari.


Bunday plastmassalar chizg’iy, tarqoq strukturali bo’lib, bu strukturalar o’zaro molekulyararo kuchlar bilan bog’langan ayrim makromolekulalardan iborat bo’ladi.


Termoreaktiv plastmassalar. Bu plastmassalar bir marta qizdirib, bosim bilan ishlashdan keyin qayta suyuqlanmaydi.
Termoreaktiv plastmassalarning asosi bo’lib, fenosformaldegid smolalari xizmat qiladi. Bu gruppa plastmassalar kompozitsion plastmassalar gruppasiga kiradi. Bu gruppa plastm assalar jumlasiga tekstolit, asbotekstolit, getinaks, epoksiplastlar, aminoplastlar va boshqalar kiradi. Bunday plastmassalar fazoviy strukturali bo’ladi.
Polimerlar qizdirilganda makromolekulalarning harakat energiyasi ortib, ularning qiymati molekulalararo bog’lanish kuchidan ortib ketadi va suyuq holatga o’ta boshlaydi. Bunday holda kichik kuch ta’sirida kimyoviy bog’lanishni buzmasdan, turli xil buyumlar olishda katta texnologik qulayliklar tug’iladi.
Ma’lumki, hozirgi zamon texnikasini rezinasiz tasavvur etib bo’lmaydi, ya’ni avtomobil, samolyot, velosiped shinalari, o’tkazgichlarning izolyatsiyalari, suv ostida yuruvchilarning kiyimlari, aerostat ballonlari, shlanglar, havo purkovchi lodkalar, protivogazlar, mashina-mexanizmlari, qurilmalar va injenerlik konstruksiyalarida rezina keng ko’lamda ishlatiladi.
Rezinali materiallarni tayyorlash asosan, kauchukni turli tuldiruvchilar, plastifkatorlar, vulkanizatsiyalovchi agetlar, tezlashtiruvchilar va boshqalarni qo’shib, qayta ishlash orqali hosil qilinadi.
Rezina quyidagi xususiyatlarga ega, ya’ni elashtiklanuvchanligi, deformatsiyabardoshligidir.
Rezinining asosini ya’ni, 10-98% ni kauchuklar tashkil etadi.
Kauchuklar ikki turga bo’linadi:
1. Tabiiy kauchuklar
2.Sintetik polimer kauchuklar.
Tabiiy polimer - kauchuk asosan hindlarning "kaochu" so’zidan olingan bo’lib, "daraxt yig’isi" degan ma’noni anglatadi, ya’ni kauchukli daraxtlarni kesganda undan suyuqlik ajralib chiqadi demakdir. Shuning uchun hindlar juda qadimdan oq yog’och smolasi (kauchuk) dan foydalanib kelganlar. Tabiiy kauchuklar daraxtlardan olinadi. Tabiiy kauchuklar efirda, bernzinda, mineral moylarda yaxshi eriydi, suvda esa erimaydi.
Mashinasozlikda faqat natural kauchukdan (NK) foydalanib qolmasdan balki sintetik kauchuklardan (SK) ham keng foydalaniladi.
Sintetik kauchuklarni hosil qilish uchun etil spirti, atsitelin, butan, etilen, bernzol, izobo’tilen, ba’zi galogenli uglevodorodlardan olinadi.
Sintetik kauchuk olish uchun akademik S.V.Lebedev tomonidan ishlab chiqilgan.
Rezinalar ishlatilishi va vazifasiga qarab 2 turga bo’linadi.
1.Umumiy
2.Maxsus
Umumiy ishlarga mo’ljallangan rezinalar suvda, kislota va ishqorlarning kuchsiz eritmalarida, havoda (temperatura 50oS dan 130oS gacha) muhitlarda ishlatilishi mumkin. Bunday rezinadan mashina shinalari, turli tasmalar, shlanglar, transportyor lentalari, kabellarning izolyatsiyalari (qoplamalar) va turli buyumlar ishlab chiqariladi.
Maxsus vazifalarga mo’ljallangan rezinalar moy-bernzinga, issiq va sovuqqa chidamli, elektroizolyatsiyali, gazlarga va suyuqliklarga chidamli bo’lgan turlarga bo’linadi. Bundan tashqari maxsus rezina turlariga armaturali rezinalar bu rezina presslash va vulkanizatsiyalash jarayonida metall turlar, prokladkalar rezinali aralashma orasiga quyiladi va bu bilan rezinaning tegishhli mustahkamligi oshiriladi. Bunday armaturali rezinalardan avtomobil shinalari, uzatmali tasmalar, transportyor lentalari va boshqalar tayyorlanadi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarida ishlatilishi uchun sanoat miqyosida rezinalar, asosan texnik maqsadlarga mo’ljallangan listli rezinalar, ipsimon rezinalar, rezina-materialli lentalar, tekis tasmalar, shlanglar va trubalar, ko’p qatlamli rezinalar, texnik rezina trubkalar, shevronli mato rezinalar, rezinali jipslagichlar, salniklar, zichlashtiruvchi xalqalar ishlab chiqariladi va foydalaniladi.
Rezinalardan detal va buyum tayyorlash uchun asosan rezinali aralashma tayyorlanib, undan yarim fabrikatlar va detallar hosil qilinadi va undan keyin vulkanizatsiyalanadi.
Bunday texnologik jarayon rezina trubasimon juvalar oraligidan o’tkaziladi va tayyorlanma hosil qilinadi, quyiladi va vulkanizatsiyalab, hosil bo’lgan buyumga (detalga) tegishhli ishlov beriladi.
Hom rezinani tayyorlash uchun NK yoki SK kesib, bo’laklarga bo’linadi va plastik holatga keltirishh uchun qarama-qarshi tomonga aylanuvchi trubasimon juvalar orasidan o’tkaziladi. Shundan so’ng maxsus aralashtirgichga kauchuk bilan poroshoksimon komponentlar (vulkanizatsiyalovchi va vulkanizatsiyani tezlashtiruvchi moddalar tuldirgichlar) va boshqalar ma’lum miqdorda aralashtiriladi.
Bundan aralashtirishni juvalar orasidan o’tkazish jarayonida ham bajarish mumkin. Shunday qilib hom rezina hosil qilinadi.
Juvalar orasidan o’tkazilgan rezinali aralashma kalandrga uzatiladi va kalandrga ma’lum qalinlikka ega bo’lgan rezinali listlar hosil qilinadi.

Yelimli materiallar.


Xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida turli xil detallardan buyumlardan ajralmash birikmalar hosil qilish uchun yellimlash jarayonidan keng foydalaniladi. Buning uchun aniq maqsadga yo’naltirilgan turli xil navdagi yelimlardan foydalaniladi.
Yelimlar - muayyan sharoitda qattiq parda hosil qilib, ulanadigan konstruksion materiallarni (buyumlar yoki detallarni) bir-biriga mahkam yopishhtiradigan yopishhqoq materiallardir.
Xalq xo’jaligi va sanoatning turli tarmoqlarida ishlatiladigan yelimlar asosan, hayvon, usimlik va smola yelimlariga bo’linadi.
Hayvon yelimining asoslari organik moddalardan, usimlik yelimlari - oqsillardan, smola yelimlari esa sintetik moddalardan tashkil topgan.
Hayvon yelimlariga kallagen yoki taxta yelimlar, shuningdek kazeinli va albuminli yelimlar, o’simlik yelimlariga soya, kanakunjut, vika (hashaki no’xatlar), smola yelimlariga B-3, KB-3 markali finolformaldegidli, MK-1, M -2, KM-12, K -17 markali karbamidli (mochevina formaldegidli) hamda TSNIIPS-2 yelimlari va boshqalar kiradi.
Fanerlar tayyorlash asosan albumin, kazein, usimlik yelimlaridan foydalaniladi. Namga, suvga chidamli fanyorlar va yelimlangan yog’ochdan qurilishh konstruksiyalari tayyorlashda smolali yelimlardan foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqiladigan yelimlardan plastmassalarni, silikatli va organik SiSalarni, natural va sun’iy charmlarni, kauchuk va rezinalarni, fosfor, keramika, berton va qog’oz buyumlarni, turli xildagi yog’och materiallarini, paxta va jun gazlamalarni, sintetik tolalardan tayyorlangan buyumlarni hamda po’lat, kumush, mis, alyuminiyli, magniyli, titanli qotishmalarni yelimlab, turli ajralmas birikmalar hosil qilish mumkin.
Ayniqsa tarkibi sintetik materiallardan iborat bo’lgan yelimlarning asosiy xususiyatlari shundan iboratki, hosil bo’lgan birikmalar atmosferaga, korroziyaga va chirishhga chidamlidir.
Yelimlarning yana bir afzalliklari shundan iboratki, yelimli birikmalar har qanday ajraluvchi (boltli, shpinkali, vintli) va ajralmash (mixparchinli, payvandli) birikmalarga nisbatan ancha engil, tannarxi arzon, yellimlash konstruksiyasi sodda bo’ladi.

Lok va bo’yoq materiallari.


Xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida ishlatiladigan lok va bo’yoq materiallar asosan, suyuq, suzma (pasta) va poroshoksimon ko’rinishhlarda bo’lishhi mumkin.
Har qanday lok va bo’yoq materiallar bilan turli sirtlarni qoplaganda yupqa parda yoki qatlam hosil bo’ladi. Hosil bo’ladigan bunday qatlam tegishhli buyum (detal) materiallarini korroziyadan, egilish (buqilish) va namlanishdan saqlaydi va ularga tashqi chiroy, estetik ko’rkamlik baxsh etadi.
Lok-bo’yoq materiallar mustahkam parda hosil qiluvchi turli tabiiy moddalardan (shlak, bitumlar, asfalt va boshqalar), sintetik smolalar (fenolli) usimlik moylari (kanoplya, zig’ir, paxta), mineral moylar, tuldiruvchilar, sikkavtivlar, plastifikatorlardan iborat bo’lgan smolalar, pigmentlar qo’shish orqali tayyorlanadi. Lok va bo’yoqlar o’zlarining tarkibiga qarab, loklar emallar, gruntlar va shpaklevkalarga bo’linadi.
Loklar - organik eritmalarga (spirtga, efirga skipidarga), asosanYU, smola va smolaga o’xshash mahsulotlarni qo’shish orqali qoplovchi parda hosil qiluvchi eritma moddasidir.
Emal bo’yoqlar - asosan turli pigmentlarni loklarga qo’shish orqali hosil qilinadi. Emallar bilan qoplovchi parda hosil qilish tipi ga qarab emalli bo’yoqlar, nitroemallar (introuellyo’lolosli loklarga) smolali, moyli va boshqa ko’rinishdagi bo’yoqlar hosil qilinadi.
Ntiroemal juda tez quriydi. Introemal va introlaklarning GOST bo’yicha 507, 508, 907, 230 markalaridan yuk avtomobillarini, kabinalarini, kapotlarini bo’yash uchun ishlatiladi, GOST bo’yicha 660 markali qora rangdagisidan esa ramalar va transmissiyalarni bo’yashdan foydalaniladi.
Nitroemalning GOST bo’yicha NTS-11 markalisi yengil mashinalarni bo’yash uchun ishlatiladi.
Shpaklevkalar - juda maydonlangan mineral poroshoklar (bo’r, gips, ohak) kabini turli moyli, yelimli, lokli va boshqa bog’lovchi moddalar bilan aralashtirib, asosan pasta yoki suzma ko’rinishidagi quyo’q - modda - shpaklevkalar hosil qilinadi.
Shpaklevka detal, buyum sirtidagi turli yoriqlarni, teshik- kovaklarni tirkishlarni tuldirib sirtning tekis bo’lishhini ta’minlash maqsadida ishlatiladi.
Vazifalariga ko’ra shpaklevkalarning turli markalari mavjud. Masalan mashinalarni qoplash uchun PF-002, MS-006, NTS-007, NTS008, NTS-009 markalari ishlatiladi.
Qo’pol va katta chuqurlarni yo’qotishh uchun EP-0010 epoksidli shpaklevkalar ishlatiladi.
Sinov savollari:

  1. Plastmassalar qanday sinflarga bo’linadi?

  2. Plastmassalar va sintetik materiallar deb nimaga aytiladi?

  3. Polimerlarning strukturasi qanday bo’ladi?

  4. Polimerlarni qizdirilganda qanday guruxlarga bulinadi?

  5. Plastik massalar tarkibi jihatidan qanday bo’ladi?

  6. Polietilenlar qayerlarda ishlatiladi?

  7. Ekstruziya bosim ostida quyish nima?

  8. Bog’lovchi moddalar nima?

  9. To’ldiruvchilar nima?

  10. Plastifiqatorlar nima?

  11. Katalizatorlar nima?

  12. Bo’yoqlar nima?

  13. Moylovchi moddalar nima?

  14. Rezinalarning olinishii usullari va ishlatilishi.

  15. Rezinalar ishlatilishiga qarab necha turga bo’linadi?

  16. Yelimli materiallar qayerlarda ishlatiladi?

  17. Lok va bo’yoqlarning olinishii va ishlatilishi?

Test savollari:


1.Polimer nima?

  1. murakkab tarkibli plastmassalarda bog’lovchi moddalar

  2. murakkab tarkibli palstmasaalarning tarkibiy qismi bo’lib, ularni puxta, qattiq, issiqqa chidamli, kimyoviy ta’sirlarga bardosh beradigan qiladi

C)plastmassalarning plastikligini oshiruvchi, bikirligini kamaytiruvchi, past haroratlarga chidamli qiladigan tarkibiy qismi.

  1. polimer metallarning qotish protsessini tezlashtiruvchi modda

  2. platmassa buyumlarga deKorativ tus berish bilan ularning issiqlik yUtish yoki issiqlik chiqarish xossalarini o’zgartiruvchi moddalar

2.Tuldirgichlar nima?

  1. murakkab tarkibli plastmassalarda bog’lovchi moddalar

  2. murakkab tarkibli plastmassalarning tarkibiy qismi bo’lib, ularni puxta, qattiq, issiqqa chidamli, kimyoviy ta’sirlarga bardosh beradigan qiladi.

C)plastmassalarning plastikligini oshiruvchi, bikirligini kamaytiruvchi, past haroratlarga chidamli qiladigan tarkibiy qismi.

  1. polimer metallarning qotishh protsessini tezlashtiruvchi modda

  2. plastmassa buyumlarga deKorativ tus berish bilan ularning issiqlik yutish yoki issiqlik chiqarish xossalarini o’zgartiruvchi moddalar.

3.Platifikatorlar nima?

  1. murakkab tarkibli plastmassalarda bog’lovchi modda

  2. murakkab tarkibli plastmassalarning tarkibiy qismi bo’lib, ularni puxta, qattiq, issiqqa chidamli, kimyoviy ta’sirlarga bardosh beradigan qiladi.

  3. plastmassalarning plastikligini oshiruvchi, chidamli qiladigan tarkibiy qismi.

  4. polimer metallarning qotishh protsessini tezlashtiruvchi modda

  5. plastmassa buyumlarga dekorativ tus berish bilan ularning issiqlik yutish yoki issiqlik chiqarish xossalarin o’zgartiruvchi moddaldar.

4. Katalizatorlar nima?
A)murakkab tarkibli plastmasaalarda bog’lovchi moddalar

  1. murakkab tarkibli plastmassalarning tarkibiy qismi bo’lib, ularni puxta, qattiq, issiqqa chidamli, kimyovi ta’sirlarga bardosh beradigan qiladi.

  2. plastmasalarning plastikligini oshiruvchi, bikirligini kamaytiruvchi, pasit haroratlarga chidamli qiladigan tarkibiy qism

  3. polimer metallarning qotishh protsessini tezlashtiruvchi modda

  4. plastmassa buyumlarga dekorativ tus berish bilan ularning issiqlik yutish yoki issiqlik chiqarish xossalarini o’zgartiruvchi moddalar

5.Bo’yoqlar qanday moddalar?

  1. murakkab tarkibli plastmassalarda bog’lovchi moddalar

  2. murakab tarkibli platmassalarning tarkibiy qismi bo’lib, ularni puxta, qattiq, issiqqa chidamli, kimyoviy ta’sirlarga bardosh beradigan qiladi.

  3. plastmassalarning plastikigini oshiruvchi, bikirligini kamaytiruvchi, past haroratlarga chidamli qiladigan tarkibiy qismi.

  4. polimer metallarning qotishh protsessini tezlashtiruvchi modda

  5. plastmassa buyumlarga dekorativ tus berish bilan ularning issiqlik yutish yoki issiqlik chiqarish xossalarini o’zgartiruvchi moddalar.

6.Plastmassalar tarkibiga ko’ra qanday turlarga ajratiladi?

  1. oddiy va murakkab plastmassalar

  2. termoplast va termoaktiv plastmassala

  3. polimer va to’ldiruvchilar

  4. A, B va C javoblar to’g’ri

  5. to’g’ri javob yo’q

7.Plastmassalar fizik-kimyoviy xossalariga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?

  1. oddiy va murakkab plastmassalar

  2. termoplast va termoreaktiv plastmassalar

  3. polimer va to’ldiruvchilar

  4. A, B va C javoblar to’g’ri

  5. to’g’ri javob yo’q

8.Plastmassalardan qanday usullar bilan buyumlar tayyorlanadi?

  1. qoliplash va quyish usullari bilan

  2. presslash va siqib chiqarish usullari bilan

  3. bosim ostida va bosimsiz quyish

  4. payvandlash metodidan foydalanib ulash

  5. barcha javoblar to’g’ri

9.Xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlatiladigan metallmas materiallarni necha gruppaga ajratiladi?

  1. 2 ta

  2. 3 ta

  3. 4 ta

  4. 5 ta

  5. 6 ta

10.Qishloq xo’jaligidagi korxonalarda ishlatilishi uchun sanoat miqyosida rezinalar, asosan, texnik maqsadlarga mo’ljallangan qanday ko’rinishhlarda ishlab chiqiladi va foydalaniladi?

  1. listli rezinalar, ipsimon rezinalar

  2. tekis tasmalar, shlanglar, trubalar

  3. sevronli mato rezinalar, shalniklar

  4. zichlantiruvchi xalqalar, rezinali jipslagichlar

  5. barcha javoblar to’g’ri

11. Muayyan sharoitda qattiq parda hosil qilib, ulanadigan konstruksion materiallarni bir-biriga mahkam yopishtiradigan yopishqoq materiallar nima?
A) rezinalar
B ) bo’yoqlar

  1. simlar

  2. laklar

  3. to’g’ri javob yo’q

12. Rezinalarni o’zaro va metallar bilan biriktirishda qanday markali yelimlardan foydalaniladi?
A)88N, KR-6, CHNV, VKR-7, KT-15, KT-25 markali

  1. VZ-F9, VK-32-70, PU-2 markali

  2. VIAM-BZ va PU-2 markali

  3. VK-32-2, VK-2, 88N, PU-2M, AK-20, PK-10 markali

  4. barcha javoblar to’g’ri

13. Organik shishaga boshqa materiallarni yellimlash uchun qanday markali yelimlardan foydalaniladi?
A) 88N, KR-6, CHNV, VKR-7, KT-15, KT-25 markali
V) VZ-F9, VK-32-70, PU-2 markali
S) VIAM-BZ va PU-2 markali

  1. VK-32-2, VK-2, 88N, PU-2M, AK-20, PK-10 markali

  2. barcha javoblar to’g’ri

14.Metallmas materiallar (yog’ochlar, shishalar, plastmassalar, tekstolitlar, penoplastlar) qanday markali yelimlar bilan biriktiriladi?
A) 88N, KR-6, CHNV, VKR-7, KT-15, KT-25 markali
V) VZ-F9, VK-32-70, PU-2 markali
S) VIAM-BZ va PU-2 markali

  1. VK-32-2, VK-2, 88N, PU-2M, AK-20, PK-10 markali

  2. barcha javoblar to’g’ri

15.Metallar va konstruksion nometall materiallarni termoizolyatsiyalarga, gazlamalarga va dekorativ qoplash materiallariga biriktirish uchun qanday yelimlar ishlatiladi?
A) 88N, KR-6, CHNV, VKR-7, KT-15, KT-25 markali
V) VZ-F9, VK-32-70, PU-2 markali
S) VIAM-BZ va PU-2 markali

  1. VK-32-2, VK-2, 88N, PU-2M, AK-20, PK-10 markali

  2. barcha javoblar to’g’ri

16. Lok va bo’yoqlar o’zlarinig tarkibiga qarab nimalarga bo’linadi?
A) loklarga bo’linadi
V) emal bo’yoqlarga bo’linadi
S) gruntlarga bo’linadi
D) shpaklevkalarga bo’linadi E) barcha javoblar to’g’ri
17.Loklar nima?
A) organik eritmalarga asosan smola mahsulotlarini quyish orqali qoplovchi parda hosil qiluvchi eritma moddasidir.
V) turli pigmentlarni loklarga qo’shilishhi orqali hosil qiladi.
S) juda maydalangan mineral poroshoklar (bo’r, gips, ohak)ni turli moyli, yelimli va boshqa bog’lovchi moddalar bilan aralashtirib asosan pasta yoki suzma ko’rinishdagi modda

  1. ……loklarga 50-70, turli pigmentlar qo’shish orqali tayyorlanadi va bunday moddalar turli metallarni korroziyadan, yog’ochlarni chirishhdan muhofaza qilish uchun mo’ljallangan.

  2. sun’iy ravishda tayyorlangan, muayyan harorat va bosim ostida plastik xossalarga ega bo’lgan materiallar.

18.Emal bo’yoqlar qanday tayyorlanadi?
A) organik eritmalarga asosan smola mahsulotlarini quyish orqali qoplovchi parda hosil qiluvchi eritma moddasidir.
V) turli p i g ment la r n i lo klar ga qo’shxilishi orqali hosil qiladi.
S) juda maydalangan mineral poroshoklar (bo’r, gips, ohak)ni turli moyli, yelimli va boshqa bog’lovchi moddalar bilan aralashtirib asosan pasta yoki suzma ko’rinishdagi modda

  1. ……loklarga 50-70, turli pigmentlar qo’shish orqali tayyorlana va bunday moddalar turli metallarni korroziyadan, yog’ochlarni chirishdan muhofaza qilish uchun mo’ljallangan.

  2. sun’iy ravishda tayyorlangan, muayyan harorat va bosim ostida plastik xossalarga ega bo’lgan materiallar.

19. Plastmassalar qanday tayyorlanadi?
A) organik eritmalarga asosan smola mahsulotlarini quyish orqali qoplovchi parda hosil qiluvchi eritma moddasidir.
V) turli p i g ment la r n i lo klar ga qo’shilishi orqali hosil qiladi.
S) juda maydalangan mineral poroshoklar (bo’r, gips, ohak)ni turli moyli, yelimli va boshqa bog’lovchi moddalar bilan aralashtirib asosan pasta yoki suzma ko’rinishdagi modda
D) ……loklarga 50-70, turli pigmentlar qo’shish orqali tayyorlana va bunday moddalar turli metallarni korroziyadan, yog’ochlarni chirishdan muhofaza qilish uchun mo’ljallangan.E) sun’iy ravishda tayyorlangan, muayyan harorat va bosim ostida plastik xossalarga ega bo’lgan materiallar.


Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin