1-mavzu. Kirish. Fizika faning qurilishda tutgan o‘rni



Yüklə 462,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix15.04.2022
ölçüsü462,42 Kb.
#55455
1   2   3   4
FIZIKA-1-MAVZU

Fizik  jismlar  deb,  tabiatda  uchraydigan  turli  moddalardan  tashkil  topgan 

barcha  jismlarga  aytiladi.  Masalan,  turli  moddalardan  tashkil  topgan  Quyosh, 

auditoriya,  xonadagi  havo,  chang  zarralari,  dengiz,  avtobus  va  hokazolar  fizik 

jismlar. 

Fizik  sistema  yoki  jismlar  sistemasi  deb,  ayrim  fizik  hodisalar  xuddi  bitta 

jismdagidek namoyon bo‘ladigan jismlar to‘plamiga aytiladi. 



Fizik hodisalar deb, modda zarrachalari, atom yoki molekulalari o‘zgarmas 

qolgan holda sodir bo‘ladigan hodisalarga aytiladi. Masalan, suvning qaynashi yoki 

muzlashi, avtobus va samolyotning harakati va shu kabilar fizik hodisalardir. 

Modda  molekulalari  o‘zgaradigan  hodisalar  kimyoviy  hodisalar  deyiladi. 

Masalan,  yoqilg‘ining  yonishi,  plastmassalar  tayyorlash,  rudalardan  metall  olish. 

Ammo ko‘pgina hodisalarda bir vaqtning ham fizik, ham kimyoviy hodisalar sodir 




 

bo‘lishi  mumkin.  Misol  tariqasida  bunga  elektr  yoyini,  radioaktivlik,  zanjir  va 



termoyadro  reaksiyalarini  olish  mumkin.  Shuning  uchun  ham  fizika  ham  kimyo 

fanlari o‘rtasiga keskin chegara qo‘yib bo‘lmaydi. 



Fizik muhit deb, fizik hodisa va jarayonlar sodir bo‘ladigan moddiy fazo yoki 

muhitga aytiladi. 

Mexanika materiya harakatining eng sodda turi haqidagi ta’limotdir. Bunday 

harakat  jismlarning  yoki  jism  qismlarining  bir-biriga nisbatan ko‘chishidan  iborat 

bo‘ladi. 

Fizik  hоdisаlаrni  o’rgаnish  tаjribа  аsоsidа  bоshlаnаdi.  Hоdisаlаrni  tаbiiy 

shаrоitlаrdа  o’rgаnish  аsоsidа  tаjribа  оrttirish  -  kuzаtish  dеb,  hоdisаlаrni  sun’iy 

shаrоitdа,  ya’ni  lаbоrаtоriya  shаrоitlаrdа  аmаlgа  оshirib  tаjribа  o’tkаzishni  esа 




Yüklə 462,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin