Elektron manbalar
www.ziyo-net.uz
www.literature.uz
www.kutubxona.uz
http://textshare.tsx.org
http://www.mgimo.ru/fileserver/
5 – 6-mavzu: XVI – XIX asrlar o‘zbek matnshunosligi
Reja:
1. XVI–XIX asrlar o‘zbek matnshunosligining o‘ziga xos xususiyati.
2. Matn ko‘chirishning yangi bosqichi
3. XIX asrda Movaraunnahr adabiy hayotidagi o‘zgarishlar.
4. XIX asrda tipo-litografik korxonalarning paydo bo‘lishi.
XVI–XIX asrlar o‘zbek matnshunosligi tarixini kuzatar ekanmiz, kotiblarning ko‘chirilayotgan asarning ishonchli, qadimiy nusxasini tanlashga yoki manbaning yig‘ma matnini yaratishga intilganliklarini ko‘ramiz. Shu davrlarda yaratilgan ko‘plab matnlarning debochalarida muallifning “turli aniq manbalardan terib to‘pladim” qabilidagi e’tiroflari yo‘qolib borayotgan asarlarning yangi variantlarini yaratib, asar umrini uzaytirishga bo‘lgan harakatlaridan darak beradi. Bunday asarlar sirasiga diniy, kalom, tasavvufiy, didaktik asarlar bilan birga adabiy, tarixiy-tazkiraviy xarakterdagi asarlar kiradi. Shular qatorida Alisher Navoiy asarlarini majmualar holida ko‘chirish ham davrning eng mashhur zotlari diqqat-e’tiborida bo‘lgan. Shu bilan birga, qo‘lyozmalarning har xil saviyadagi kotiblar tomonidan ko‘chirilishi, ayrim xattotlarning e’tiborsizligi, ba’zi kotiblarning baytlarni o‘qiy olmasligi yoki ba’zi baytlarni ataylab tushirib yoki o‘zgartirib yozilishi natijasida asar muallif tahriridan uzoqlasha borgan. Bu hol qo‘lyozmalar qancha ko‘chirilsa, shuncha ortib borgan30. Bu davrda yaratilgan yuzlab qo‘lyozmalarda aks etgan xatoliklar, muallif matnini buzish hollari, saktaliklar havaskor yoki xattotlik kasbini egallash yo‘lidagi ilk mashqlar natijasida ham ro‘y berganligini nazardan qochirmasligimiz kerak. So‘zsiz, matnshunoslikda kotiblar tomonidan asliyatdagi so‘zlarni bilib-bilmay o‘zgartirilishi nuqson hisoblanadi. Ayrim adabiyotshunoslar, jumladan, A.Rustamovning fikricha, muallif davrida ko‘chirilgan qo‘lyozmalar matnidagi o‘zgarishlarni kotib qilganmi, muallifmi, aniqlash juda qiyin. Olim shunday misolga e’tiborni qaratadi: “Navoiyning “Hayrat ul-abror” asarining hamd bobida shunday baytlar bor:
Dostları ilə paylaş: |