1-mavzu. Kirish. Matnshunoslik fanining predmeti va vazifalari Reja



Yüklə 220,31 Kb.
səhifə31/50
tarix02.01.2022
ölçüsü220,31 Kb.
#47628
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50
1-mavzu. Kirish. Matnshunoslik fanining predmeti va vazifalari R

Elektron manbalar

www.ziyo-net.uz

www.literature.uz

www.kutubxona.uz

http://textshare.tsx.org

http://www.mgimo.ru/fileserver/



11-mavzu: Matn shakllari va ularni tuzish prinsiplari
Reja:
1. Matn tuzishning shakllari.

2. Ilmiy tanqidiy matn tuzish prinsiplari.

3. Ilmiy-ommaviy matn

4. Yig‘ma-qiyosiy matn.

5. Faksimil nashr
Matnshunoslik prinsiplari haqida so‘z ketar ekan, shuni alohida ta’kidlash zarurki, ular haligacha tasniflanmagan. Matnshunoslikning tadqiq usullari va prinsiplari o‘rtasidagi farqlar nazariy jihatdan ko‘rib chiqilmagan. Biz bu holni o‘zbek matnshunoslik ishlarida ham kuzatdik. Masalan, P. Shamsiev prinsip deganda tadqiq usullarini ko‘zda tutadi79, Eshonxo‘jaev esa prinsipga tamoyil sifatida qaraydi80. D. Lixachev matnshunoslikning tadqiq usullari haqida gapirar ekan, ularni “matn tuzishning metodik prinsiplari...” deb ataydi.

O‘zbek matnshunosligi tarixini o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘zbek matnshunosligining yangi davrida (1920 yillardan keyingi davr nazarda tutilmoqda – mualliflar) yuzaga kelgan ko‘plab nashrlarda matnshunoslikning bir qancha prinsiplari aks etgan. Ular tuzilayotgan matn shakllariga qarab farqlanadilar. Ma’lumki, matnshunoslikda matn tuzishning bir necha shakllari qabul qilingan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

1.Ilmiy-tanqidiy matn shakli.

2.Yig‘ma-qiyosiy matn shakli.

3.Ilmiy-ommaviy matn shakli.


Yüklə 220,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin