5-ma’ruza mavzu: Kiyoslash sxemalariga quyiladigan talablar, ularni tuzish qoidalari va ishlab chiqish tartibi



Yüklə 31,02 Kb.
səhifə1/7
tarix26.10.2023
ölçüsü31,02 Kb.
#161376
  1   2   3   4   5   6   7
5 Ma\'ruza.


5-MA’RUZA


Mavzu: Kiyoslash sxemalariga quyiladigan talablar, ularni tuzish qoidalari va ishlab chiqish tartibi. Davlat standart etaloni va qiyoslash chizmasining mazmuni, xamda bayoniga quyiladigan talablar. O‘lchov vositasini qiyoslashning me’yoriy-texnikaviy xujjatlari, ularning mazmuni, ularni tuzish va bayonlashga qo‘yiladigan talablar. Davlat sinovlarini reglamentlovchi me’yoriy-texnikaviy xujjatlarning mazmuni, o‘lchov vositalarining xolati va qo‘llanishining metrologik nazorati va boshqa faoliyati
Reja:
5.1Kiyoslash sxemalariga quyiladigan talablar, ularni tuzish qoidalari va ishlab chiqish tartibi.
Qiyoslash sxemalarigan qo‘yiladigan talablar. O‘lchash vositalarini qiyoslashni amalga oshirish uchun fizik kattalik birligi o‘lchamini davlat etalonidan yoki dastlabki namunaviy o‘lchash vositasini ishchi o‘lchash vositalariga uzatish tartibini yoki tizimini o‘rnatish zarur. Bunday tizimni birlik o‘lchovini etalondan yoki dastlabki o‘lchash vositasini ishchi o‘lchash vositasiga uzatish vositalari, usullari va aniqligini reglamentlovchi, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan hujjatni ifoda etadigan qiyoslash sxemalari belgilaydi.
MDH1 davlatlararo qiyoslash sxemalari (sobiq umumittifoq) va mahalliy (DMX2 yoki MMX3 alohida idoralari) qiyoslash sxemalari farqlanadi. Birinchisi mahalliy qiyoslash sxemalarini tuzish va namunaviy va ishchi o‘lchash vositalarini qiyoslash usullari va vositalariga standartlar va metodikalarni ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Davlatlararo qiyoslash sxemalari davlat standartlari sifatida tasdiqlanadi.
Davlatlararo qiyoslash sxemasi elementlari bo‘lib barcha etalonlar, namunaviy o‘lchash vositalari va ishchi o‘lchash vositalari va shuningdek birlik o‘lchovini uzatish usullari (qiyoslash usullari) nomlari hisoblanadi.
Mahalliy qiyoslash sxemalari fizik kattaliklar birligi o‘lchovini uzatishning ikkidan ortiq bosqichi bo‘lganda tuziladi va davlatlararo qiyoslash sxemalariga zid kelmasligi lozim.
Mahalliy qiyoslash sxemalariga ushbu fizik kattalikning foydalanishda bo‘lgan yoki muomilaga chiqarilayotgan barcha ishchi o‘lchash vositalari kiritiladi.
Mahalliy qiyoslash sxemasi elementlari bo‘lib namunaviy o‘lchash vositalari, ishchi o‘lchash vositalari, shuningdek qiyoslash usullari nomlari hisoblanadi; qiyoslash sxemasiga nusxa – etalonlar va ishchi etalonlar nomlarini kiritishga yo‘l qo‘yiladi.
Qiyoslash sxemasida, odatda, faqat bitta fizik kattalik birligi o‘lchashni uzatish ko‘rsatilishi lozim.
Mahalliy qiyoslash sxemasini uning DMX idorasi bilan kelishilgandan so‘ng korxona me’yoriy hujjati sifatida ishlab chiqiladi. Mahalliy qiyoslash sxemalarini shuningdek metrologik institutlar yoki DMX yuqori idoralari bilan kelishadigan DMX hududiy idoralari tuzadilar.
Fizik kattaliklarni o‘lchash vositalari uchun davlatlararo qiyoslash sxemalarini ushbu kattalik birligining davlat etalonini saqlovchi bo‘lib hisoblanuvchi davlat etalonlari bosh markazi ishlab chiqadi.

Yüklə 31,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin