5-ma’ruza mavzu: Kiyoslash sxemalariga quyiladigan talablar, ularni tuzish qoidalari va ishlab chiqish tartibi


O‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazish tartibi



Yüklə 31,02 Kb.
səhifə7/7
tarix26.10.2023
ölçüsü31,02 Kb.
#161376
1   2   3   4   5   6   7
5 Ma\'ruza.

O‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazish tartibi
13. O‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazish tartibi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ariza beruvchining o‘lchash vositalarini kalibrlash to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish;
buyurtmachining talablariga muvofiq kalibrlashni o‘tkazishning texnik imkoniyatlarini aniqlash va ma’lum metrologik tavsiflarni ta’minlash uchun namunaviy o‘lchash vositalari (etalonlar) va yordamchi kalibrlash vositalarini tanlash;
o‘lchash vositasining ekspluatatsiya hujjatlariga muvofiqligini tekshirish;
o‘lchashlarni bajarish;
o‘lchash natijalariga noaniqlik darajasini baholash bilan ishlov berish;
kalibrlash natijalarini rasmiylashtirish;
ariza beruvchiga o‘lchash vositasi va kalibrlash natijalari bo‘yicha hujjatlarni topshirish.
14. O‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
o‘lchash vositasi;
o‘lchash vositasining metrologik tavsiflari belgilangan ekspluatatsiya hujjatlari;
kalibrlash jarayonida aniqlanishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalarining metrologik tavsiflari ro‘yxati, va zarur bo‘lganda, kalibrlash sharoitlariga va bu tavsiflarni aniqlash usullariga qo‘yiladigan talablar.
15. O‘lchash vositalarini kalibrlash:
statsionar kalibrlash laboratoriyalarida;
ko‘chma (mobil) kalibrlash laboratoriyalarida;
bevosita o‘lchash vositalari joylashgan joylarda, mutaxassislarni xizmat safariga yuborish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Mutaxassislarni xizmat safariga yuborish, ko‘chma (mobil) kalibrlash laboratoriyalaridan foydalanish, ishni tashkil etish tartibi shartnoma asosida belgilanadi.
16. Zarur bo‘lganda ariza beruvchining arizasiga asosan o‘lchash vositalarini kalibrlash ularni tayyorlash, ulgurji saqlash (import bo‘yicha olib kiriladigan o‘lchash vositalari uchun), o‘lchash vositalarini ta’mirlash yoki foydalanish joylarida amalga oshirilishi mumkin. Bunda ariza beruvchi:
o‘lchash vositalarini kalibrlash foydalanish joyida o‘tkazilgan taqdirda — kalibrlashni o‘tkazishni amalga oshiradigan ijrochiga tegishli bo‘lgan kalibrlash va yordamchi vositalarning kalibrlash o‘tkazish joyiga va qaytadan o‘z joyiga etkazilishini ta’minlaydi;
kalibrlashni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan xonalarni va yordamchi xodimlarni ajratadi;
sifatli kalibrlash ishlarini o‘tkazish uchun barcha sharoitlarni ta’minlaydi;
o‘lchash vositalarini kalibrlash foydalanish joyida o‘tkazilgan taqdirda — kalibrlashni amalga oshiradigan ijrochiga tegishli bo‘lgan kalibrlash va yordamchi vositalarning saqlanishini ta’minlaydi;
ko‘chma (mobil) kalibrlash laboratoriyasidan foydalanilganda — uning muhandislik kommunikatsiyalariga ulanishini ta’minlaydi, u turadigan joyni taqdim etadi, shuningdek, uning saqlanishini ta’minlaydi.
17. Ijrochi bir ish kuni mobaynida arizani ko‘rib chiqadi va ariza beruvchi bilan o‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma tuzadi yoki kalibrlashni o‘tkazish imkoni bo‘lmagan taqdirda ariza beruvchiga kalibrlashni o‘tkazishni rad etishning asoslangan sabablari ko‘rsatilgan xat yuboradi.
O‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazish uchun shartnomalar elektron shaklda ham tuzilish mumkin.
18. O‘lchash vositalarini kalibrlash ijrochi tomonidan o‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazishga tuzilgan shartnomaga asosan to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida o‘tkaziladi.
O‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazish davomiyligi o‘n ish kunidan oshmasligi kerak, kalibrlashdan o‘tkazish vaqtining normasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq ko‘rsatilgan muddatdan oshadigan o‘lchash vositalari bundan mustasno.
19. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar davlat tilida yoki rus tilida bayon etilgan bo‘lishi kerak. Agar hujjatlar boshqa tillarda bayon etilgan bo‘lsa, u holda ularga asl nusxasiga mos tarjimasi ilova qilinadi, uning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi.
20. Ariza beruvchidan ushbu Qoidalarning 14-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ariza beruvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha ravishda boshqa hujjatlarni ham taqdim etishi mumkin.
Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar bevosita, elektron shaklda yoki pochta aloqasi orqali taqdim etilishi mumkin.
21. Kalibrlashni o‘tkazish vaqtida bajaruvchi o‘lchash vositalari tashqi omillar ta’siridan shikastlanishi uchun javob beradi.
22. Ijrochi faqat kalibrlash o‘tkazish vaqtida natijalarning aniqligini kafolatlaydi. O‘lchash vositalari ariza beruvchiga topshirilgan paytdan boshlab ijrochi o‘lchash vositalari metrologik tavsiflari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga muvofiqligi uchun javob bermaydi.
23. O‘lchash vositasining qo‘llanishi mumkinligi haqida qaror qabul qilinishi ariza beruvchiga yuklatiladi. Kalibrlash o‘tkazishga imkon bermaydigan sabablar yuzaga kelganda ijrochi tomonidan ariza beruvchiga kalibrlash o‘tkazish imkoni yo‘qligining sabablari ko‘rsatilgan dalolatnoma taqdim etiladi.
24. O‘lchash vositalarini kalibrlash jarayonida o‘tkaziladigan o‘lchash natijalari, ularga ishlov berish va noaniqligini baholash, kalibrlashdan o‘tkazish tartib-taomilida belgilangan shakl bo‘yicha kalibrlash o‘tkazish bayonnomalarida va sertifikatlarida qayd etiladi.
25. O‘lchash vositasini kalibrlash sertifikati mazmuniga qo‘yiladigan talablar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan.
26. Kalibrlash sertifikatida yoki bayonnomasida xatolar aniqlanganda sertifikatlarni va bayonnomalarni belgilangan tartibda to‘liq qayta rasmiylashtirish ishlari bajariladi.
27. O‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazish ishlarini bajarishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
28. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.


Tekshiruv savollari.
1. O‘lchamlar haqida tarixiy ma’lumotlar.
2. Xalqaro birliklar tizimiga kiruvchi birliklar. Karrali va ulushli birliklar.
3. Asosiy va hosilaviy birliklar nima? Birliklar tizimini tuzish prinsipi.
4. Qiyoslash sxemasi nima? Davlatlararo va mahalliy qiyoslash sxemlari.
5. O‘lchash vositalarini qiyoslash nima? Qiyoslash usullari va vositalari uchun standart qanday bo‘limlardan iborat?


1


2


3


Yüklə 31,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin