5.3.O‘lchov vositasini qiyoslashning me’yoriy-texnikaviy xujjatlari, ularning mazmuni, ularni tuzish va bayonlashga qo‘yiladigan talablar. Metrologik nazoratning shakllaridan biri o‘lchash vositalarini qiyoslash hisoblanadi. O‘lchash vositalarini qiyoslash deb metrologik idora tomonidan o‘lchash vositalari xatoliklarini aniqlash va uning qo‘llashga yaroqliligini belgilashga aytiladi. Qo‘llashga yaroqli deb qiyoslanishi qiyoslash usullari va vositalariga me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq bajarilgan o‘lchash vositalari tan olinadi.
Ishchi va namunaviy o‘lchash vositalarini qiyoslash usullari va vositalarining davlat standartlari SDT standarti talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
Qiyoslash usullari va vositalari standartlari qiyoslovchi o‘lchash vositalari yaroqliligi masalasini echish uchun etarli bo‘lgan, qiyoslanishi lozim bo‘lgan, va qiyoslash ishlarining eng kam harajatlarda eng ko‘p samaradorligini ta’minlovchi zarur minimum metrologik parametrlarni o‘z ichiga olishi lozim.
Ushbu standartlarda belgilangan qiyoslash usullari davlatlararo qiyoslash sxemalariga mos bo‘lgan davlat standartlarida ko‘zda tutilgan usullarga muvofiq bo‘lishi lozim.
Qiyoslash usullari va vositalari standartlarida ushbu vositalarga taaluqli bo‘lgan davlat standartlarida talablari belgilangan yoki davlat sinovidan o‘tgan va davlat reestriga kiritilgan qiyoslash vositalari qo‘llanilishi lozim.
Qiyoslash usuli va vositalari nomlanishi u tegishli bo‘lgan (mazkur holda O‘DT ga) standart kompleksi nomlanishidan, standartlash ob’ekti nomlanishidan va uning turi nomlanishidan iborat bo‘lishi lozim.
Masalan: “O‘lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimi. Asbobsozlik mikroskoplari. Qiyoslash usullari va vositalari.”
Standart kirish qismi va quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga olishi lozim:
- qiyoslash operatsiyalari;
- qiyoslash vositalari;
- qiyoslash shartlari;
- qiyoslashga tayyorgarlik;
- qiyoslashni o‘tkazish;
- kuzatuv natijalarini ishlash;
- qiyoslash natijalarini rasmiylashtirish.
Kirish qismida standart nimaga taaluqliligini ko‘rsatiladi, ya’ni o‘lchash vositalari nomlanishi va ularning me’yoriy – texnikaviy tavsifnomalari va u ularning qiyoslash usullari va vositalarini o‘rnatishi ko‘rsatiladi.
“Qiyoslash operatsiyalari” bo‘limi qiyoslash vaqtida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan operatsiyalar nomlari ro‘yxatini o‘z ichiga olishi lozim, ya’ni qiyoslash operatsiyalari qiyoslash jarayonini yuritish maqsadga muvofiqroq bo‘lgan ketma – ketlikda ko‘rsatiladi.
“Qiyoslash vositalari” bo‘limi qiyoslanayotgan o‘lchash vositalari metrologik parametlariga ta’sir qiladigan fizik kattaliklar ro‘yxatini o‘z ichiga olishi lozim. Ta’sir qiladigan kattaliklarga quyidagilar kiradi: atrofdagi havo temperaturasi, namligi va bosimi; qiyoslash vaqtida qo‘llaniladigan muhit temperaturasi, bosimi va fizik – ximiyaviy xossalari; tok ta’minoti chastotasi va kuchlanishi; tebranish va silkinish; magnit va elektr maydonlari; garmoniklar tarkibi; erkin tushish tezlanishi va shu kabilar.
“Qiyoslashga tayyorlash” bo‘limi qiyoslashni o‘tkazishdan oldin amalga oshiriladigan tayyorlov ishlari ro‘yxatini va ularni bajarish usullarini (asboblarni nolga o‘rnatish, qiyoslanayotgan asboblarning chidamliligi, yuvish, moyini artish, isitish va shu k.) o‘z ichiga olishi lozim.
“Qiyoslashni o‘tkazish” bo‘limi: tashqi ko‘rik, sinab ko‘rish, metrologik parametrlarni aniqlash kichik bo‘limlarini o‘z ichiga olishi lozim.
“Kuzatuvlar natijalarini ishlash” bo‘limi kuzatuvlar natijalarini ishlash usullarini standartga kiritishi lozim.
“Kuzatuvlar natijalarini rasmiylashtirish” bo‘limi o‘lchash vositalari davlat va idoraviy qiyoslash natijalarini rasmiylashtirish bo‘yicha talablarni o‘z ichiga olishi lozim.
Qiyoslashning ijobiy natijalari tamg‘a bosish va qiyoslash haqida guvohnoma berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi, salbiy natijalarda tamg‘alar bekor qilinadi va asbobning yaroqsizligi haqida ma’lumot beriladi.