1-mavzu: kirish. Qoraqalpog`iston tarixi fanining maqsadi, vazifalari, uni urganish predmeti va manbalari



Yüklə 107,86 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix14.04.2022
ölçüsü107,86 Kb.
#55356
1-tema



1-MAVZU:  KIRISH. QORAQALPOG`ISTON TARIXI FANINING MAQSADI

VAZIFALARI, UNI URGANISH PREDMETI VA MANBALARI

 

1. Qoraqalpog`iston tarixi fani va o’ni o’rganishning ahamiyati 



2. Qoraqalpog`iston tarixi fanining dolzarb muammolari 

3. Qoraqalpog`iston tarixin o’rganish manbalari 



Adabiyotlar 

1.  Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent, 1998 

2.  O’zbekiston yangi tarixi. 1,2,3 kitob. Toshkent, 2000. 

3.  Qaraqalpaqstan jan`a tariyxi. No`kis, 2003. 

4.  Jo’raev N. Tarix falsafasi va siyosat//Xalq so’zi, 1998, 14 dekabr 

5.  Kamalov  S.,  Koshanov  B.  Problemi  istorii  XX  veka//Vestnik  KKO  AN 

Ruz. 1996. № 2. 

6.  Saribaev  K.  Qaraqalpaqstan  xaliqlari  tariyxin  u`yrenio’  ha`m  oqitio’dag`i 

geypara oylar//Erkin Qaraqalpaqstan, 1993, 24 aprel 

7.  Seytimbetov M. Tariyx - o`zligimizdi an`lao’din` negizi. No`kis, 1999 

8.  O`zbekstan  ha`m  Qaraqalpaqstan  xaliqlari  tariyxi  boyinsha  derekler. 

No`kis, 1995. 

Tarix  fani  turli  xalqlar  qanday  yashaganligini,  ularning  hayotida  qanday 

voqealar  bo’lganligi,  odamlar  hayoti  va  nima  uchun  o’zgarib  hozirgiday  bo’lib 

qolganligini o’rgansa, Qoraqalpog`iston tarixi esa shu ona zaminimizda o’tmishda 

yashagan  xalqlarning  hayoti  va  ularning  rivojlanish  jarayonida  sodir  bo’lgan 

o’zgarishlar,  voqealarni  to’laligicha  o’rganadigan  fandir.  Yurtboshimizning  bu 

haqidagi  fikrlari  katta  ahamiyatga  egadir.  «Hozir,  O’zbekiston  deb  ataluvchi 

hudud,  ya`ni  bizning  Vatanimiz,  nafaqat  Sharq,  balki  umumjahon  sivilizatsiyasi 

beshiklaridan biri bo’lganligini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk 

tuproqdan  allomalar,  fozilu-fuzalolar,  olimu-ulamolar,  siyosatchilar,  sarkardalar 

yetishib  chiqqan.  Diniy  va  dunyoviy  ilmlarning  asoslari  ana  shu  zaminda 

yaratilgan.  Eramizgacha  va  undan  keyin  qurilgan  murakkab  suv  inshoatlari  shu 

kungacha  fayzini,  mahobatini  yo’qotmagan,  osori  atiqalarimiz  qadim-qadimdan 

yurtimizda  dehqonchilik,  hunarmandchilik  madaniyati, 

me`morchilik  va 




shaharsozlik  san`ati  yuksak  bo’lganligidan  dalolat  beradi».  1997  yili 

Qoraqalpog`iston  Respublikasi  Jo’qarg’i  Kengesi  sessiyasida  Prezident  shunday 

degan  edi:  «Qoraqalpoq  xalqi  jahonga  o’zining  milliy  madaniyati,  o’zgacha 

san`ati,  klassik  adabiyoti,  ruxiy  baholiliklari,  dasturi  va  urf-odatlari  bilan 

ma`lumdur». 

Bizning  ongimizdan  tashqarida  va  bizning  ongimizga  bog`liq  bo’lmagan 

holda  mavjud  bo’lgan  borliq  voqealik  Qoraqalpog`iston  tarixi  fanining  o’rganish 

ob`ektidir. Qoraqalpog`iston tarixi faqat turli bilimlar tarzidagi fan emas, balki bir 

necha asrlar davomida to’planib kelgan o’zaro ichki qonuniyatlar bilan chambarlas 

bog`langan  bilimlar  tizimi  sifatidagi  fandir.  Shu  ma`noda  u  o’zining  o’rganish 

ob`ekti va predmetiga ega bo’lgan mustaqil fandir. 

Qoraqalpog`iston  tarixi  fanining  dolzarb  muammolari  yechimini  kutayotgan 

va  aniqliq  kiritilish  lozim  bo’lgan  masalalar  talaygina.  Hususan  Vatanimiz 

hududida  eng  qadimgi  davrlardan  boshlab  yashayotgan  aholi  va  ularning 

joylashuvi  bu  aholining  qo’shni  qabilalar  va  elatlar  bilan  turli  munosabatlari 

qadimgi  aholining  hozirgi  qoraqalpoq  xalqi  paydo  bo’lishiga  ta`siri,  qoraqalpoq 

xalqi tarixining paydo bo’lishining xronologik doirasi shular jumlasidandir. 

Undan  tashqari,  dastlabki  qoraqalpoq  davlatchiliging  paydo  bo’lishi  va 

rivojlanishi  ham  muhim  masaladir.  Ayniqsa,  mahalliy  qadimgi  aholining 

o’troqlashuvi  va  bu  jarayon  natijasida  dastlabki  aholi  manzilgohlarining  paydo 

bo’lishi  dastlabki  manzilgohlar  rivojlanib  ilk  shaharlarga  aylanishi,  dastlabki 

shaharlarning  ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy  va  ma`muriy  markazlar  sifatida 

rivojlanishi va nihoyat ushbu jarayonlarga asos bo’lgan omillar muhimdir.  

Qoraqalpog`iston  Respublikasi  hududlaridagi  dastlabki  Kerder  davlat 

uyushmasining  o’zaro  va  qo’shni  davlatlar  bilan  turli  aloqalari,  ularning  tarixiy-

geografik hududi va chegaralari ham ancha munozarali mavzu hisoblanadi. Hozirgi 

kunda  o’lkamiz  hududlari  va  bu  erdan  chetda  bitilgan  o’rta  asrlarga  oid  yozma 

manbalarni o’rganish bo’yicha turli ishlar amalga oshirilgan bo’lishiga qaramay bu 

yo’nalishda ham qilinadigan ishlar nihoyatda ko’p. 



Vatan  tarixini  o’rganishda  manbalarning  ahamiyati  beqies  bo’lib,  bular 

moddiy  va  yozma  manbalardir.  Tariximizning  eng  qadimgi,  ya`ni  yozuvsiz 

zamonlarga  oid  davrini  o’rganishda  arxeologik,  antropologik  va  etnografik 

manbalar  yordamga  keldi.  Bu  manbalar  topilmalardan  iborat  bo’lib,  o’larga 

qadimgi  manzilgohlar  va  shaharlar  xarobalari,  mozor-qo’rg`onlar  qoldiqlari, 

turmush va xo’jalikda ishlatiladigan buyumlar, jangovor va mehnat qurollari, turli-

tuman  ashyolar  kiradi.  Yozma  manbalar  esa,  eng  qadimgi  bitiklar,  yozuvlar  va 

kitoblardan  iboratdir.  Moddiy  va  yozma  manbalar  ma`lumotlarni  solishtirib, 

qiyoslab tarixni talqin qilish muhim ahamiyat kasb etadi.  

Vatan tarixini eritishda nazariy-metodologik asoslarni bilish katta ahamiyatga 

ega. Ilmiy, tarixiy metodlar tarixni yoritishning asosiy kaliti hisoblanadi. 

Birinchidan, Qoraqalpog`iston tarixining yaxlit kontseptsiyasini yaratish, buni 

amalga  oshirish  uchun  bir  butun  tarixiy  jarayonni  nisbatan  mustaqil  bo’lgan 

bo’laklarga, ya`ni davrlarga bo’lish va ularni chuqur tahlil qilish lozim. Eng asosiy 

vazifalardan  biri  yangi  yozilgan  tarixni  o’rganishni  tashkil  qilishdir.  Haqiqatdan 

ham  mustaqillik  yillarida  to’plangan  qancha  tarixiy  hujjatlarni  ilmiy  asosda 

umumlashtirish vaqti keldi. Bu borada bir qancha ilmiy harakatlar ham bor. Ammo 

o’larni yanada jadalroq, qat`iyroq amalga oshirish davr talabidir.  

Ilmiylik  bilan  bir  qatorda  holislik  turadi.  Bunda  har  bir  tarixiy  voqea 

hodisalarni  tahlil  qilayotganda,  xolis,  haqqoniy  ravishda  o’rganish  yoki 

tarixshunoslikning  hoxish-irodasidan  tashqarida,  voqea  hodisalar  qanday  sodir 

bo’lgan  bo’lsa,  shundayligicha  yoritish  ko’zda  tutiladi.  Har  bir  tarix  yozuvchi 

sifatida  o’zining  mulohazalari  va  boshqa  his-tuyg`ulari  bilan  atrofni  o’rab  turgan 

muhit  bilan  uzviy  ravishda  bog`liq.  Bu  bog`liqlik  unga  o’z  ta`sirini  o’tkazadi. 

Xolislik  talab  etadigan  qoidalar  shundan  iboratki,  ushbu  yo’nalishda  tarixiy-

madaniy taraqqiyotni (tarixning turli davrlarida) o’rganish jarayonida bo’lib o’tgan 

yoki  ushbu  taraqqiyot  bilan  bog`liq  bo’lgan  voqea-hodisalarni  hech  bir 

o’zgarishlarsiz  qanday  bo’lib  o’tgan  bo’lsa  o’sha  holatda  tahlil  va  talqin  etish, 

tekshirish  va  xulosalar  chiqarib  yaxlit  holga  keltirish  o’ta  muhimdir.  Bu  holatda 

aniq  manbaviy  asoslarga  tayanish,  tarixiy  jaraenlarni  o’zaro  chambarlas 




bog`liqligini assoslash lozim bo’ladi. Bu jarayonda hududlar o’rtasidagi rivojlanish 

jarayonini o’zaro taqqoslash, qiyoslash faqat ijobiy natijalar berishi tabiiydir. 

Qoraqalpog`iston tarixini o’rganishning metodologik asoslaridan yana biri bu 

voqea va hodisalarni dialektik tarzda o’rganishdir. 

Dialektika  olam  yagona  va  yaxlit,  unda  sodir  bo’ladigan  hodisalar,  voqealar 

umumiy va o’zaro bog`lanishda, uzliksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo’ladi 

deb ta`lim beradi. 

Bu  metod  Qoraqalpog`iston  tarixini  o’rganishda  uni  to’laligicha,  voqea-

hodisalarni  bir-biri  bilan  bog`liklikda,  ayrim  tarixiy  voqealarni  o’rganuvchi 

fanlarni ham bir butinlikdi, uning bo’laklarini ajratib olmaslik va voqea-hodisalarni 

doimo  o’zgarishda,  rivojlanishda  o’rganishni  taqozo  qiladi.  Biroq  bir  davr  haqida 

fikr-mulohaza  yuritilayotgan  bo’lsa,  ana  shu  davrning  o’ziga  hos  xususiyatini 

anglab  olib,  uni  ko’rsatishni  talab  qiladi.  Dialektik  metodga  asoslanib,  tarixiy 

jarayonni  umumiylik  va  alohidalik  qoidalardan  kelib  chiqqan  holda  tushunish 

lozim. 

Unda  tashqari  dialektik  metod  Qoraqalpog`iston  tarixini  avolla  o’rta  Osiyo, 

qolaversa, jahon xalqlari tarixi bilan bog`lik holda o’rganishni taqoza etadi. Chunki 

mavjud  bo’lgan  har  bir  xalq,  millat  yoki  elat  faqat  o’ziga  xos  xususiyatlari  bilan 

butun insoniyat taraqqiyotida umumiy bog`lanishdadir. 

Haqiqatan  ham,  qoraqalpoq  xalqining  siyosiy,  ijtimoiy  iqtisodiy  va  madaniy 

rivojlanishi  jahon  tarixiy  taraqqiyotining  ajralmas  qismidur.  Chunki  eng  qadimgi 

davrlardan  boshlab  yaqin  o’tmishga  qadar  o’rta  Osiyo,  Sharqiy  Turkiston, 

Yettisuv,  Eron,  Afg`oniston,  Shimoliy  Hindiston  kabi  hududlar  o’rtasida  yagona 

iqtisodiy va madaniy makon mavjud edi. 

Qoraqalpog`iston  tarixini  o’rganishda  tarixiylik  metod  ham  alohida  o’rin 

egallaydi.  Bu  metod  tarix  jarayonida  sodir  bo’lgan  voqea  hodisalarni  o’rganishda 

ketma-ketlikni  talab  qiladi.  Bir  voqea-hodisa  bilan  boshqasini  sabab-oqibatli 

bog`lanishi  ham  ko’rsatiladi.  Tarixiylik  voqea-hodisalarni  qay  tarzda  sodir 

bo’lganligini, jamiyat rivojlanishda ayrim shaxslar va ularni roli to’g`risida to’g`ri , 

haqqoniy fikr yuritishga o’rgatadi. 




Tarixiylik  metodologiyasi  xalqning  o’tmishiga,  hozirgi  zamon  va  kelajagiga 

yagona tarixiy jarayon sifatida o’tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon 

kelajakni  yaratadi,  degan  taraqqiyot  qonuni  asosida  qarashni  talab  qiladi.  Bo’lib 

o’tgan  tarixiy  madaniy  jarayonlarni,  ajdodlarimiz  qoldirgan  ulkan  merosni 

qanchalik chuqur va har tomonlama o’rgansak, anglab yetsak hamda keng targ`ib, 

hozirgi zamonni shunchalik tushunib, kelajakni yorqin tassavur etamiz. 

Ma`naviyatini  tiklash,  tug`ilib  o’sgan  yurtida  o’zini  boshqalardan  kam 

sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta tarixiy xotira kerak. 

Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson. Kim bo’lishidan qat`iy nazar, jamiyatning 

har bir a`zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo’ldan urish, har xil 

aqidalar  ta`siriga  olish  mumkin  emas.  Tarix  saboqlari  insonni  xushyorlikka 

tayyorlaydi.  Komil  insonni  tarbiyalashda  Vatan  tarixini  xolisona  va  haqqoniy 

o’rganish naqadar muhim. 

Har  tomonlama  yetuk,  komil  insonni  tarbiyalashda  Qoraqalpog`iston 

tarixining  o’rni  kattadir.  Komil  inson  tushunchasiga  yurtboshimiz  yana  shunday 

ta`rif  beradilar:  “Komil  inson  deganda  biz  avvalo  ongi  yuksak,  mustaqil  fikrlay 

oladigan,  xulq-atvori  bilan  o’zgalarga  iborat  bo’ladigan  bilimli,  ma`rifatli 

kishilarni  tushunamiz.  Ongli,  bilimli  odamni  oldi-qochdi  gaplar  bilan  aldab 

bo’lmaydi,  u  har  bir  narsani  aql  mantiq  tarozisiga  solib  ko’radi,  o’z  fikiri, 

xulosasini mantiq asosida ko’rgan kishi yetuk odam bo’ladi”. 

Bugungi 

kunda 


xalqning, 

ayniqsa, 

yoshlarning 

ma`naviy 

ruhini 

mustahkamlash va rivojlantirish borasidagi ishlar davlatning oldida turgan muhim 

vazifalardan biri bo’lib kirib qolmaydi. Unga har kuni va har soatda tinmay sabr-

bardosh  bilan  mehnat  qilish  orqali  etishtirish  mumkin.  Bu  xayrli  ishda 



Qoraqalpog`iston tarixini o’rganishning o’rni beqiyosdur. 

 

Yüklə 107,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin