1 Mavzu: Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə31/51
tarix25.09.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#148249
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51
1 Mavzu Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar

Amaliy protokollar – ilovalarning muloqoti va ular o‘rtasidagi axborot almashinuvini taminlaydi. Ularning ko‘p ishlatiladigan va taniqliligi quyidagilardir:
· FTAM (File Transfer Access and Management) – fayllarga ega bo‘lish OSI protokoli;
· X.400 – elektron pochtalarni xalqaro almashish uchun CCITT protokoli;
· X.500 – bir necha sistemada fayl va katalog xizmati CCITT protokoli;
· SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) – elektron pochta almashinuvi uchun Internet global tarmoq protokoli;
· FTP (File Transfer Protocol) – fayllar uzatish uchun Internet global tarmoq protokoli;
· SNMP (Simple Network Management Protocol) – tarmoq monitoringi, tarmoq qisimlarini nazorat va ularni boshqarish protokoli;
· Telnet – Internet global tarmoq protokoli, u uzoqdagi xostlarni qayd qilish va ularda axborotga ishlov berish vazifasini bajaradi;
· Microsoft SMBs (Server Message Blocks, bloki soobsheniye servera, serverni xabar berish bloklari) va mijoz qobig‘i yoki Microsoft redirektorlari;
· NCP (Novell Net Ware Core Protocol) va mijoz qobig‘i yoki Novell redirektorlari.
Tarmoq protokollari – manzillash, yo‘naltirish, xatoliklarni tekshirish va qayta uzatish so‘rovlarini boshqaradi. Ularni ko‘p ishlatiladiganlari quyidagilar:
· IP (Internet Protocol) – axborot uzatish uchun TCP/IP – protokoli;
· IPX (Internet Work Packet Exchange) – paketlarni uzatish va yo‘naltirish uchun mo‘ljallangan Net Ware firma protokoli;
· NW Link – IPX/SPX protokollari Microsoft firmasining tadbiqi;
· Net BEUI – transpotr protokoli – u axborotlarni tegishli vaqtda uzatish va Net BIOS ilovasi. Shuni aytib o‘tish kerakki, protokollarni loyixalashtiruvchilar yuqorida ko‘rsatilgan bosqichlarga xar doim xam rioya qilmaydilar. Masalan, bazi protokollar OSI modelining bir necha bosqichlarining vazifalarni bajarsa, boshqa protokollar bir bosqichning bazi vazifalarini bajaradi. Bu xol turli firma protokollarini ko‘pincha o‘zaro mos tushmasligiga olib keladi, yana bu protokollar o‘zi tuzgan protokol to‘plamida (stek) muvafaqiyatli ishlatilishi mumkin, ular u yoki bu xolda tugallangan gurux vazifalarini bajarishi mumkin. Xuddi shu tarmoq operatsion sistmasini «firma» qilish mumkin, ya’ni ochiq standart OSI modeli bilan o‘zaro mos tushmaslikka olib keladi.Misol tariqasida 2.1, 2.2 va 2.3 – rasmlarda protokollarning nisbati sxematik ravishda keltirilgan. Unda standart OSI modeli bosqichlari bilan taniqli va ishlatiladigan firma tarmoq operatsion sistemalarining mosligi taqqoslangan, chizmalardan ko‘rinib turibdiki amalda xech bir bosqich bilan ideal model bosqichlarining aniq mos tushishi kuzatilmaydi.Mantiqiy ulanishsiz muloqot usuli (Metod deytogramm) – Qadimgi va sodda usul, unda xar bir paket mustaqil ob’ekt sifatida qaraladi (2.4rasm). Paket mantiqiy kanal o‘rnatilmasidan uzatiladi, ya’ni qabul qiluvchi qurilmasini axborot qabul qilishga tayyorligni aniqlovchi xizmatchi paket jo‘natilmasdan va shuningdek mantiqiy kanalni yo‘q qilmasdan, ya’ni uzatish tugagani xaqida xabar beruvchi paketsiz. Paket qabul qiluvchiga yetib bordimi yoki yo‘qmi nomalum (paket olinganligi xaqidagi xabar yuqoriroq bosqichga qoldiriladi).Deytagramma usuli qurilmalarga qo‘yiladigan talablarni oshiradi (chunki qabul qiluvchi qurilma xar doim paketni qabul qilishga tayyor bo‘lishi kerak). Usulning afzalliga shundaki, uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar bir-biriga bog‘lanmagan xolda ishlaydilar, paketlar bufer xotira qurilmasiga to‘planib so‘ng birdaniga uzatilishi mumkin, xamma abonentlarga paketni bir vaqtning o‘zida manzillash mumkinligida. Usulning kamchiligi – paketning yo‘qolish extimoli borligida, shuningdek qabul qiluvchi qurilma yo‘q bo‘lsa yoki tayyor bo‘lmagan xolda tarmoq befoyda paketlar bilan band bo‘lish extimoli mavjud.Mantiqiy ulanish usuli– bu murakkab, ancha yuqori darajadagi muloqot. Paket uzatish va qabul qilish qurilmalari o‘rtasida mantiqiy ulanish (kanal) o‘rnatilgandan keyingina uzatiladi. Xar bir axborot paketlariga bir yoki bir necha xizmatchi paket qo‘shiladi (ulanishni o‘rnatish, qabulni tasdiqlash, qayta uzatishni so‘rash, ulanishni uzish). Mantiqiy kanal bir yoki bir necha paketlarni uzatish uchun o‘rnatilishi mumkin. Deytagramma usuliga qaraganda bu usul ancha murakkab, lekin unga qaraganda ancha ishonchliroq, chunki mantiqiy kanalni uzgunga qadar uzatuvchi qurilmaning ishonchi komil, u uzatgan xamma paketlar o‘z joyiga yetib borganligiga. Bu usulda tarmoqning bekorchi paketlar tufayli yuklamasi oshib ketishi xam bo‘lmaydi. Usulning kamchiliklari shundan iboratki, qabul qiluvchi abonent u yoki bu sababga ko‘ra axborot almashishga tayyor bo‘lmasa, masalan, kabelni uzulishi tufayli, elktr manbayini o‘chishi sababli, tarmoq qurilmasining nosozligi va nixoyat kompyuterni nosozlik xollarida vaziyatdan chiqib ketish ancha mushkul masala bo‘lib qoladi. Bu xolda tasdiqlanmagan paketni qayta uzatish algiritmi lozim bo‘ladi va tasdiqlanmagan paket turi xam muximdir. Birinchi usulda ishlatilgan protokollarga misol – bu IP va IPX, ikkinchi usulda ishlaydigan protokollar – bu TCP va SPX. Aynan shuning uchun bu protokollar bog‘langan to‘plam ko‘rinishida foydalaniladi TCP/IR va IPX/SPX, ularda ancha yuqori bosqichdagi protokol (TCP, SPX), pastroq bosqich protokollari asosida ishlaydi (IP, IPX), talab etilgan tartibda paketni bexato yetkazib berish kafolatlanadi. Bu ko‘rib chiqilgan ikki usul afzalliklaridan birgalikda foydalanish imkonini beradi.IPX/SPX protokollari to‘plam xosil qiladi, bu to‘plam Nowell (Netware) firma maxalliy tarmog‘ining tarmoq dasturiy vositalari tarkibida ishlatiladi, bu xozirgi vaqtda eng ko‘p ishlatiladigan va sotiladigan to‘plam xisoblanadi. U nisbatan katta bo‘lmagan va tez ishlovchi protokol. Amaliy dasturlar to‘g‘ri IPX bosqichga murojat qilishlari mumkin, masalan,z keng miqyosdagi axborotlarni uzatish uchun, lekin ko‘proq SPX bosqichi bilan ishlaydilar, ular paketlarni tez va ishonchli ravishda yetkazadilar. Agarda tezlik judaxam muxim bo‘lmagan xolda yana xam yuqori bosqich ishlatiladi, masalan, NetBIOS ancha qulay servisni tashkil etadi. Microsoft firmasi IPX/SPX o‘z ijrosida NWLink nomi bilan ishlab chiqaradi. TCP/IP protokoli maxsus global tarmoq uchun va tarmoqlar o‘rtasidagi muloqotni olib borish uchun loyixalashtirilgan. U past sifatli aloqa kanallariga va xatolikka yo‘l qo‘yish extimoli katta tarmoqlarga mo‘ljallangan. Bu protokol dunyo kompyuter tarmog‘i Internet da qabul qilingan, abonentlarning ko‘p qismi oddiy telefon aloqa yo‘llariga ulanadilar. Uning asosida yuqoriroq bosqich protokollari ishlaydi, jumladan SMPT, FTP, SNMP protokollari. TCP/IP protkollarining kamchiligi kichik tezlikda ishlashi. NetBIOS protokoli (tarmoq kiritish – chiqarish asos sistemasi) IBM formasi tomonidan ishlab chiqarilgan, dastlab u IBM PC Network va IBM Token-Ring tarmoqlari uchun mo‘ljallanib, shaxsiy kompyuterning BIOS sistema andozasiga asoslangan xolda loyixalashtirilgan. Shu davrdan boshlab bu protokol asosiy standart bo‘lib qoldi (aslida u standartlashtirilmagan) va ko‘p tarmoq operatsion sistemalari tarkibida NetBIOS emulyatori bo‘lib, ular moslikni taminlaydilar. Dastlabki vaqtlarda NetBIOS seans, transport va tarmoq bosqichlarini vazifalarini bajargan, keyin ishlab chiqarilayotgan tarmoqlarda pastki bosqichlar standart (masalan, IPX/SPX) protokollar ishlatilmoqda, lekin NetBIOS emulyator zimmasida faqat seans bosqichi qolgan. NetBIOS emulyatori IPX/SPX ga qaraganda ancha yuqori servisga egadir, lekin u sekin ishlaydi. NetBEUI – bu NetBIOS protokolining transport bosqichigachan rivojlantirilgan protokolidir.Kompyuter tarmoqlarining ishlashini ta’minlovchi vositalarni yaratishga ko‘p sathli yondoshish g‘oyasi, tarmoqlarda standartlashning g‘oyaviy asosi bo‘lib hisoblanadi. Aynan shu yondoshish asosida ochiq tizimlarning bir-biri bilan bog‘langan holda, ya’ni o‘zaro ishlashining yettita sathli standart modeli - Open System Interconnection (OSI) .



Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin