1-Mavzu: Kompyuter va uning qurilmalari


Sichqoncha, klaviatura, monitor va ularning vazifalari



Yüklə 306 Kb.
səhifə2/9
tarix11.08.2023
ölçüsü306 Kb.
#139191
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-Mavzu Kompyuter va uning qurilmalari

Sichqoncha, klaviatura, monitor va ularning vazifalari.
Sichqoncha (ingl. mouse – sichqon) ma’lumot kiritish qurilmasi bo’lib, biror tekislik bo’ylab harakatlantirilganda tagidagi lazer nuri harakat haqidagi ma’lumotni kompyuterga uzatadi va ekrandagi ko’rsatkich (kursor) mos yo’nalishlarda harakatlanadi. Sichqonchaning tugmalari yordamida kompyuterga biror buyruq berish, undagi dasturlar va jarayonlarni ishga tushirish hamda hujjatlarni ochish mumkin.
Klaviatura (ingl. keyboard) muayyan qurilmani boshqarish yoki axborotni kiritish uchun mo’ljallangan tugmalar (klavishalar) to’plamidan iborat bo’lgan qurilma yoki ekrandagi tasvir. Тexnik va mexanik qurilmalarni (kalkulyator, kompyuter, telefon, kassa apparati) boshqarish uchun alifbo-raqamli klaviaturalar qo’llaniladi. Klaviaturalardagi har bir tugmaga bir yoki bir necha belgi biriktiriladi. Тugma birikmalari klaviaturadan bajariladigan amallarning sonini ko’paytirishga imkon beradi.
Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarni ekranda yoritishga xizmat qiladigan qurilma. Monitor grafik yoki matn holatida ishlashi mumkin. Matn holatida belgi o’rinlari deyiluvchi alohida qismlarga, grafik holatida esa piksel nomli nuqtalarga bo’linadi. Monitordagi piksellarning umumiy miqdori hamda ranglar soni monitorning imkon darajasini (kengligini) belgilaydi.


Videoproyektor va ekran. Proyektorlar va ekranlar ma’lumotlarni yirik o’lchamda tasvirlash uchun ishlatiladigan qurilmalardir. Unda tasvir o’lchami ekranda yirik holatda aks ettiriladi. Bu qurilmalar kompyuter bilan birgalikda foydalanishga mo’ljallangan bo’lib, ko’proq katta auditoriyalarda va zallarda hamda turli majlislarda prezintatsiya va videoroliklarni namoyish qilish uchun ishlatiladi.
Videoproyektor kompyuter va shunga o’xshash namoyish vositalarining alohida qo’shimcha monitori hisoblanib, tasvirlarni yirik hajmda tasvirlash uchun mo’ljallangan.
Dasturiy ta’minot 3 ga bo’linadi:
Sistemali, uskunaviy, amaliy
2-Mavzu: Matn muxarririda xujjatlar bilan ishlash

Hujjatlarni tayyorlashda eng ko’p ishlatiladigan dastur bu Microsoft Office tarkibiga kiruvchi Word matn muharriridir. Word muharriri oddiy ikki qatorli e’lonlardan tortib, minglab varaqli murakkab kitoblargacha yarata oladigan ommabop dasturdir. Foydalanuvchilar dastlab uning imkoniyatlarining ko’pligini ko’rib hayratga tushadilar, so’ngra undagi tugmalarning ko’pligidan sarosimaga tushsalar, nihoyat oradan ma’lum vaqt o’tgach, muharrir bilan yaqinroq tanishgach, uni o’rganish, unda ishlash qulayligini, unda har qanday amal ko’zda tutilganini ko’rib, hotirjam bo’ladilar.



Yüklə 306 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin