Madhiya, gerb, bayroq — davlat ramzlaridir.Har bir davlatning ham o‘z nomi bor. U, xuddi inson ismi singari,uni boshqa davlatlardan farqlab turadi. Bunday nom butun
jamiyat tomonidan tanlab olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi — bu ikki so‘z katta mazmunni bag‘riga jo etgan: unda faxr-iftixor ham, mamlakatimiz nomi tarixiy
ildizi ham, davlatimizda eng asosiysi xalqdir va aynan u davlatni boshqaradi degan ta’kid ham o‘z mujassamini topgan.
An’analarga muvofiq, davlat nafaqat nomga, boshqa farqlovchi belgilarga - ramzlarga
ham egadir. Har bir davlatning uchta asosiy ramzi bo‘lib, bular: gerb, bayroq va madhiya. Davlat ramzlari qonun bilan mustahkamlab qo‘yiladi.Har bir davlatda ming-minglab emblemalardan muayyan tasvirlarni tanlab olish tasodifiy bo‘lmagan. O‘z ramzlariga sadoqat va ularni asrlar bo‘yi asrab-avaylash alohida faxr-iftixor
manbayidir. Ramzlar xalqni millatga birlashtiradi, unga davlatchilik baxsh etadi. Davlat ramzlarini e’zozlash Vatanga hurmat va muhabbat nishonasidir.
Bayroq — davlatning rasmiy farqlovchi belgisi.Bayroq butun mamlakatga, davlatning barcha fuqarolarigabirdek tegishlidir. U davlat uchun mustaqillikning bosh
ramzi hisoblanadi. Davlat bayrog‘iga yuksak hurmat-ehtiromko‘rsatiladi, uning tahqirlanishi — millat va davlatning tahqirlanishidir.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i 1991-yil18-noyabrda tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ramzlari mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan qudratli davlatlar bayroqlariga xos eng yaxshi an’analarni davom
ettiradi. Ayni mahalda bayrog‘imiz mamlakatimizning o‘ziga xos tabiatini, xalqning milliy va madaniy qadriyatlarini aks ettiradi.Bayroqdagi moviy rang — niliy osmon, zilol suv ramzi. Sharqda e’zozlangan firuza rangni qachonlardir Sohibqiron Amir Temur ham o‘z bayrog‘i uchun tanlagan edi. Oq rang — tinchlik va pokizalik ramzidir. Navqiron mustaqil davlat o‘z yo‘lida yuksak dovonlardan o‘tishi lozim. Bayroqdagi oq rang esa yo‘l oydin va charog‘on bo‘lsin degan yaxshi tilakni bildiradi. Qizil chiziqchalar— har bir tirik jonga hayot bag‘ishlovchi kuch-qudratdir.
Yashil rang - go‘zal tabiat timsoli. Hilol O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik an’analariga mosdir. Bayroqda komillik belgisi hisoblanuvchi son — 12 ta yulduz ham bor.
Dostları ilə paylaş: |