1-mаvzu. Kristallarda uchradigan nuqsonnnlar, metallarning allatropik o`zgarishlari (polimorfzm)



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix22.12.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#77321
  1   2   3   4   5
1-maruza (1)



1-mаvzu. Kristallarda uchradigan nuqsonnnlar, metallarning allatropik o`zgarishlari 
(polimorfzm)
Rеjа: 
1. Kristallardagi nuqsоnlar.  
2. Metall va qotishmalarning tuzilishi va tarkibini o’rganish usullari. 
3. Kristallar anizatrоpiyasi. 
4. Mеtаllаrning kristallanish jаrаyoni.
5. Mеtаllаrning аllоtrоpik shаkl o’zgаrishlаri (pоlimоrfizm). 
Tayanch iboralar: kristall panjara, atоm, mоlеkula, kristall iоn bоg’lanish, mеtall 
bоg’lanish, mоlеkulyar bоg’lanish, konstanta, dendritli o’sish, amorf tuzilish, allatropiya. 
Kristallardagi nuqsonlar 
Amaldagi metallar va qotishmalarning kristall panjaralari va tuzilishi yuqorida ko'rib 
chiqilgan nazariy natijalardan farq qiladi. Bu farq ayniqsa oddiy metall va qotishmalarda juda 
katta bo'ladi. Bunga sabab esa xom-ashyo noto’g’ri tanlanishi va texnalogik jarayonlardan chetga 
chiqish oqibatida yuzaga keladigan nuqsonlardir.
Bu nuqsonlar (nоmukammallik) shartli ravishda gеоmеtrik bеlgilariga ko’ra quyidagi 4 
turga bo’linadi: nuqtaviy; chiziqli; sirtqi; hajmiy bo’ladi. 
Nuqtaviy nuqsonlar kristall panjaralardagi atomlar o'rnini bo'sh qolishi (vakantsiya
yoki komponent yoxud begona jins atomlarining panjara tugunlari orasiga kirib olishidan 
(dislokatsiya) hosil bo'ladi (5-rasm).
Nuqtaviy nuqsonlar bir joyda turmasdan atomlarning doimiy diffuziyasi natijasida 
ko’chib yuradi. Ularning asosiy vatani (ko’p uchraydigan joyi) kristallarning ochiq yuzalari 
ya’ni, zarralarning chegaralari, yoriqlar va g’ovaklar hisoblanadi. Nuqtaviy nuqsonlarning va 
ayniqsa vakansiyaning to’planishi natijasida submikroskopik yoriqlar va chiziqli nuqsonlar yoki 
dislokatsiyalar hosil bo’lishi mumkin.
Chiziqli nuqsonlar - disklokatsiya va ular asosida yaratilgan dislokatsiya
nazariyasi metallar mustahkamligi va plastikligi masalasidagi ko’p muammolarni hal qilishga 
yordam bergan. Disklokatsiyalar asosan metall va qotishmalarning kristallanish jarayonida hosil 
bo’lib quyidagi turlarga bo’linadi (6-rasm).
5-rasm. Metallarning kristal panjaralaridagi nuqtaviy nuqsonlar sxemasi. 
Bu yerda: a – amaldagi metallning nuqtaviy nuqsonlari; b – metall zarralari bloklari sxemasi. 
(Yo’naltirgich bilan atomlarning zarralar ichida va chegarasida harakatlanish sxemasi ko’rsatilgan) 


Disklokatsiya atrofidagi atomlarni o’zaro tutashtiruvchi chiziq hosil qilgan kontur 
byurgers konturi deb ataladi (7-rasm).
Agar byurgers konturini disklokatsiya yo’q deb faraz qilgan holda qurilsa u ma’lum (b) 
miqdorga yopilmay qoladi. Shu miqdor (masofa) hosil qilgan vektor byurgers vektori deb 
ataladi.
Byurgers vektori disklokatsiya chizig’iga perpendikulyar bo’lsa, bunday disklokatsiya 
chetki disklokatsiya deb, parallel bo’lsa esa vintsimon dislokatsiya deb ataladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin