Maxsus nisbiylik nazariyasida c=3*10
8
m/s ga teng bo`lgan yorug`lik tezligi
juda muhim ahamiyatga ega. Har qanday moddiy zarra energiya va axborot
tarqalashining eng yuqori chegarasidir.
Tabiiy savol tug`iladi: yorug`lik tezligi c ga o`xshagan boshqa bir kriteriy
yo`qmikan, uning yordamida qachon kvant mexanikadan foydalanish va qachon
klassik nazariyalar bilan cheklanish mumkin. shunday fundamental kattalik mavjud,
uni Plank doimiysi deyiladi. E`tibor bering uning birligi 2 ta fizik kattalikning
ko`paytmasidan tashkil topgan. Agar bizni qiziqtirayotgan fizik sistemadagi ta`sir
harakterlovchi biror tabiiy dinamik o`zgaruvchining olgan son qiymati Plank
doimiysiga yaqin bo`lsa, u holda bu sistemaning hatti harakati kvant mexanikasi
doirasida tasvirlanadi.