1-mavzu. Ma’lumotlar bazasini loyihalash va administratorlash


Ma’lumotlar bazasini administratori imkoniyatlari va vazifalari



Yüklə 25,03 Kb.
səhifə9/9
tarix28.12.2023
ölçüsü25,03 Kb.
#201043
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mavzu. Ma’lumotlar bazasini loyihalash va administratorlash-fayllar.org

Ma’lumotlar bazasini administratori imkoniyatlari va vazifalari.
MB korxonaning umumiy axborot resursi sifatida doimo ish holatida bo'lishi kerak. U muhim ahamiyatga ega bo'lgan resurs sifatida, alohida boshqarishni talab qila boshladi. Ko'pgina hollarda uning kundalik ishlashini, korxonaning o'sib borayotgan ehtiyojlariga mos ravishda rivojlanishini ta'minlash zarur edi. Bundan tashqari, ma'lumotlar bazasi va uni rivojlantirish texnologiyasi doimiy ravishda takomillashtirilib turar edi va ma'lumotlar bazasiga aylangan ancha murakkab ob'ekt uchun yuqori darajadagi maxsus bilimlar talab qilinardi. Bunnan kelib chiqib MB ni boshqarish funktsiyasi "Ma'lumotlar bazasini administratorlash" deb nomlandi va uni boshqaruvchi shaxs "Ma'lumotlar bazasi administratori (ma'muri)" deb nomlana boshladi.
Ma'lumotlar bazasini administratorlash (boshqarish) - bu ma'lumotlar bazasini boshqarish funktsiyasi. Ma'lumotlar bazasini boshqarish uchun mas'ul shaxs "Ma'lumotlar bazasi administratori" (MBA) yoki “Database Administrator” (DBA) deb nomlanadi.

Ma'lumotlar bazasi administratori (MBA) yoki Database Administrator (DBA) - ma'lumotlar bazasiga qo'yiladigan talablarni ishlab chiqish, uni loyihalashtirish, amalga oshirish, samarali foydalanish va saqlash, shu jumladan ma'lumotlar bazasi foydalanuvchilari qaydlarini boshqarish va ruxsatsiz kirishdan himoya qilish uchun mas'ul shaxsdir. MBA ning yanada muhim vazifasidan biri bu - ma'lumotlar bazasining yaxlitligini ta'minlashdir.
Foydalaniladigan MBBT turiga qarab MBA vazifalari biroz farq qilishi mumkin, ammo asosiy vazifalarga quyidagilar kiradi:

  • Ma'lumotlar bazasini loyihalash.


  • Ma'lumotlar bazasi o’nimdorligini optimallashtirish


  • Ma'lumotlar bazasiga ruxsatni ta'minlash va boshqarish


  • Ma'lumotlar bazasini himoya qilish


  • Ma'lumotlar bazasini zaxiralash va tiklash


  • Ma'lumotlar bazalarining yaxlitligini ta'minlash


  • MBBTning yangi versiyasiga o'tishni ta'minlash



MBAlari orasida turlari bo'yicha qat'iy hujjatli farqlash mavjud emas. Ammo ularga yuklangan vazifalarga qarab MBAning bir nechta umumiy turlari mavjud:

  • Tizim administratori


  • MB arxitektori


  • MB tahlilchisi


  • Ma'lumotlar modelini ishlab chiqaruvchi


  • Ilovalar administratori


  • MB ning muammoga yo'naltirilgan administratori


  • O’nimdorlik bo'yicha tahlilchi


  • Ma'lumotlar ombori administratori




http://fayllar.org
Yüklə 25,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin