1-Маvzu: Mavzu: Ishlab chiqarishda yuzaga keladigan baxtsiz xodisalar uchun n-1 shaklidagi dalolatnomani to`ldirish va baxtsiz hodisani baholash



Yüklə 53,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix16.12.2023
ölçüsü53,25 Kb.
#183417
1   2   3   4
1 amaliy 2

1.
 
Baxtsiz xodisalarni tahlil etish. 
 
Korxona ma’muriyati ishlab chiqarishda baxtsiz hodislarni tekshirish va 
xisobga olish haqida Nizomga binoan mehnat faoliyatini yo‘qotishga sabab 
bo‘lgan har bir shikastlanish hollarini tekshirib chiqib, shu xaqida N-1 namuna 
bo‘ycha 4 nusxada dalolatnoma tuziladi. Bosh muhandis dalolatnoma va 
ko‘riladigan chora-tadbirlar rejasini tayyorlaydi. Baxtsiz hodisa sababini bartaraf 
qilish haqida buyro‘q birinchi rahbar tomonidan tasdiqlanadi va uni bajarish uchun 
ma’sul kishi tayinlanadi, amalga oshirish muddati belgilanadi.
Guruhiy, og‘ir jaroxat va o‘lim bilan tugagan shikastlanishlarda N-1 
namunali dalolatnomani tuzish bilan bir vaqtda baxtsiz hodisalar maxsus jurnalga 
qayd qilib qo‘yiladi. N-1 namunasi bo‘ycha tuzilgan dalolatnomalarga asoslanib 
korxona ma’muriyati hisobot tayyorlaydi va yuqori tashkilotlarga yuboradi, bunda 
mehnat faoliyati faqat uch kundan ortiq yo‘qotilgan hodisalarnigina inobatga 
olinadi. N-1 namunali dalolatnomalar idora arxivida 45 yil saqlanishi kerak. 
Baxtsiz hodisani o‘z vaqtida, to‘g‘ri o‘rganish va hisobga olish, uning 
sabablarini puxta tahlil qilish hamda bunday xodisalar takrormasligi uchun butun 
javobgarlik hodisa sodir bo‘lgan idoraning birinchi rahbari zimmasiga yuklanadi. 
Hisobotlar ishi sanoat tarmoqlarida, xalq xo‘jaligidagi ishlab chiqarish va 
transportda ro‘y bergan shikastlanishlar dinamikasini baholash va unga qarshi 
kurash yo‘llarini belgilashga imkon beradi. SHikastlanish ishlash qobiliyati 
yo‘qotilgan yoki yo‘qotilmaganligidan qat’iy nazar har bir hodisani to‘la hisobga 
olish uchun tibbiyot shaxobchalari va sanitariya qismlarida ro‘yxatga olib bori 


ladi. Bu ma’lumotlarni tahlil etish N-1 namuna hisobotlari asosida 
aniqlanadi.
SHikastlanishlarning tahlilini mehnat gigienasi bo‘ycha shifokor va uning 
yordamchisi mehnat xavfsizligi bo‘limi hamda sog‘lomlashtirish shaxobchasi 
tibbiyot-sanitariya 
qismi 
shifokorlari 
bilan 
birgalikda 
olib 
boradi. 
SHikastlanishlarga qarshi tadbirlar ko‘rish rejasi tahlil asosida tuziladi.
SHikastlanishni har tomonlama to‘lduruvchi belgilarini nazarga olgan holda 
tahlil qilish, unga qarshi kurashning samarador rejasini tuzishga imkon beradi. 
Bunday rejani mehnat gigienasi bo‘ycha shifokor, mehnat muhofazasi muhandisi 
va tibbiyot-sanitariya qismining shifokori birgalikda tuzib, uning muddatida 
bajarilishini nazoratga oladi. 
SHikastlanishning oldini olish ishini tashkil etishda signalizatsiya yo‘li bilan 
hisoblash va tahlil qilishning tezkor shakli mavjud bo‘lib, bu juda qisqa muddat 
ichida (hafta, oy) o‘tkaziladi. Unga qo‘ydagi ma’lumotlar kiritiladi: 
1.
sex; 
2.
asbob-uskunalar turkumi; 
3.
vaqti. 
SHular asosida shikastlanish xavfi bo‘lgan joylar aniqlanadi va uning 
sabablari bartaraf etiladi. 
Ishlab chiqarishda shikastlanish deb, korxona xududida bo‘lgan davrda kishi 
tanasining biror a’zosi tasodifan shikatslanishi natijasida salomatligiga putur 
etishiga aytiladi. 
Baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishining oldini olish, asosan, ma’muriyat 
rahbarlari javobgarligida bo‘lib, nazorat ishlari mehnat muhofazasi bo‘limi 
zimmasida bo‘ladi. SHikastlanishning sabablarini o‘rganish, muhandis-texnik 
sohasiga tegishli masalalar, profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ishchilar 
salomatligini mustahkamlashga oid masalalarni hal etishda tibbiyot-sanitariya 
qismidagi shifokorlar ma’suldirlar. 
SHikastlanishlar turiga qarab: 

mexaniq (yara toshishi, sinish); 

termik (issiqlanish, kuyish, sovuq urish); 

kimyoviy (kuyish, o‘tkir zaharlanish); 

elektr quvvatidan shikastlanishlarga bo‘lanadi. 
SHikastlanish joyiga qarab oyoq va bosh shikastlanishi (ko‘zdan boshqa), 
gavda, qo‘l, ko‘p joylarning shikastlanishiga bo‘linadi. 
SHikastlanish og‘ir-engilligiga ko‘ra mehnat qobiliyati yo‘qolmaydigan 
engil shikastlanishga, mehnat qobiliyati bir necha kunlab, xaftalab va xatto oylab 
yo‘qotiladigan o‘rtacha va og‘ir shikastlanishlarga tafovut qilinadi. 
SHikastlanishning og‘ir turi mehnat qilish qobiliyatini mutlaqo yo‘qotishga sabab 
bo‘lishi va nogironlikka olib kelishi mumkin. Guruh holida va o‘limga olib 
boradigan turdagi shikastlanishlar alohida ko‘riladi. 
SHikastlanishlar kelib chiqishining asosiy sabablari. Texnik jixozlarning 
nosozligi natijasida dastgohlarning to‘xtab qolishi, tasmalarning uzilib ketishi va 
shu kabi hodisalar shikastlanishga olib keladi. Bunga ularning o‘z vaqtida ehtiyot 
yuzasidan ta’mir qilinmaganligi, uzliksiz ishlashi natijasida ayrim qismlarning 


ishdan chiqishi sabab bo‘lishi mumkin. SHunday xodisalar ro‘y bermasligi uchun 
mehnat xavfsizligi bo‘ycha javobgar shaxslarning doimiy nazorati talab etiladi. 
Texnologik jarayonning buzilish natijasida termik, kimyoviy jarohatlanish 
va o‘tkir zaharlanishlar yuzaga keladi. Buning oldini olish uchun reja asosida 
ishchilarning bilimini o‘z vaqtida tekshirib turish va yo‘riqlov o‘tkazib turish katta 
ahamiyatga egadir. Qul kuchi bilan boshqariladigan ishlar, transportlarga yuk 
ortish va tushirish jarayonlarining etarli darajada mexanizatsiyalashtirilmaganligi 
mehnat sharoitini yaxshi tashkil qilinmaganligini bildiradi.
Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan ish korxonalarining kichiklik qilib qolishi, 
tayyor mahsulotlarni saqlash xonaning sharoiti qoniqarli bo‘lmasligi , mahsulotni 
tayyorlov joylaridan o‘z vaqtida olib ketilmasligi, yo‘llarining tor bo‘lishi 
shikastlanish xavfining ortishiga sabab bo‘ladi. 
Korxonalarda sanitariya holati qoniqarsiz bo‘lishining asosiy sabablariga 
xonalar sathining sirpanchiqligi va tekis bo‘lmasligi, korxona hovlisidagi 
yo‘lakning o‘ydum-chuqurligi, yoritish qurilmalari quvvatining kamligi, deraza 
oynalarning chang bosib ketishi, chang va gazlar miqdorining me’yoridan ortiq 
bo‘lishi natijasida diqqat-e’tiborining kuchayishi, shovqin bosimining yuqori 
bo‘lishini misol qilib keltirish mumkin. SHikastlanishning ko‘p uchraydigan 
sabablaridan biri ishchilarning toliqib qolishidir, chunki bunda ishga diqqat-e’tibor 
pasayibgina qolmay, balki ishchilardagi harakat yo‘nalishi ham buziladi. Bunday 
hollarda shikastlanish mehnat kuning so‘nggi soatlarida yoki rejada 
ko‘rsatilgandan ortiqroq mehnat qilish natijasida yuz beradi. 
Binobarin, ishlab chiqarish sharoitini sog‘lomlashtirish va ishchilarning 
toliqib qolmasliklariga sharoit yaratish, faqat kasbga aloqador kasalliklarning 
emas, balki shikastlanishning ham oldini oladi. 

Yüklə 53,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin