1-Маvzu: Mavzu: Ishlab chiqarishda yuzaga keladigan baxtsiz xodisalar uchun n-1 shaklidagi dalolatnomani to`ldirish va baxtsiz hodisani baholash



Yüklə 53,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix16.12.2023
ölçüsü53,25 Kb.
#183417
  1   2   3   4
1 amaliy 2



1-Маvzu: Mavzu: Ishlab chiqarishda yuzaga keladigan baxtsiz 
xodisalar uchun N-1 shaklidagi dalolatnomani to`ldirish va baxtsiz hodisani 
baholash 
 
Ishning
maqsadi
: Talabalarga ishlab chiqarishda yuzaga keladigan baxtsiz 
xodisalar uchun N-1 shaklidagi dalolatnomani to`ldirishni 
o’rgatish. 
Darsning obyekti va jihozi
: Mavzuga oid bo’lgan ilmiy-metodik adabiyotlar, 
fakultet xonasi. 
Ishning bajarilish tartibi
: Talabalar eng avvalo ishning nazariy qismini o’qib 
o’rganib, so’ngra daftarga yozib oladi, mavzu yuzasidan 
qisqacha hisobot yozishga hozirlik ko’radi. 
 
Nazariy qism 
Sanoat korxonalarida xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong‘in 
xavfsizligi qoidalariga, me’yor va tavsiyanomalariga rioya qilmaslik ishchilarni 
jarohatlanishga, zaharlanishiga va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin. 
Inson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi mexaniq, kimyoviy, issiqlik 
va elektr ta’siri natijasida shikastlansa, buni jarohatlanish deb ataladi. 
Jaroxatlanishga urilish natijasida lat eyish, kesilish, suyak sinishi va chiqishi
kimyoviy yoki issiqlikdan kuyish, issiq urishi, sovuq urishi, o‘tkir zaharlanish va 
elektr toki ta’sirida organizmning ba’zi qismlarida hayot faoliyatining buzilishi 
kiradi. Jaroxatlanish tushunchasi baxtsiz hodisa deb ham yuritiladi. 
Jarohatlanish uch turga bo‘linadi. Birinchisi, ishlab chiqarishda, ish joyida 
jarohatlanish, ikkinchisi ish bilan bog‘liq, lekin ishlab chiqarish bilan bog‘liq 
bo‘lmagan jarohatlanish va uchinchisi ishlab chiqarish va ish bilan bog‘liq 
bo‘lmagan jarohatlanish. 
Ishlab chiqarishda, ish joylarida olingan jaroxatlanishga, ishchi ma’muriyat 
tomonidan buyurilgan ishni bajarish chog‘ida ish joyida, sexda, zavod hududida 
yuk ortish va yuk tushirish yoki ba’zi yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish 
vaqtida olgan jaroxatlanishlar kiradi. 
Ikkinchi tur jarohatlanishlar ishga borib-kelish vaqtida transport vositalarida, 
komandirovka vaqtida yoki korxona ma’muriyatining topshirig‘iga muvofiq ishlab 
chiqarish hududidan tashqaridagi ba’zi bir ishlarni bajarganda olingan 
jarohatlanishlardan iborat. 
Uchinchi tur jarohatlanishga mast bo‘ +lish natijasida olingan jarohatlar
davlat mulkini o‘g‘irlash va boshqa shunga o‘xshash holatlaridagi jarohatlanishlar 
kiradi. 
Agar baxtsiz xodisa u ma’muriyat tomonidan xavfsiz ish sharoitni yaratish 
sohasida yo‘l qo‘yilgan xato orqasida bo‘lmay, balki ishchining mehnatini 
muhofaza qilish qoida va me’yorlariga amal qilmasligi natijasida kelib chiqqan 
bo‘lsa, unda ishchi ham ma’muriyat xodimi bilan birga javobgar hisoblanadi. 
Bunda moddiy to‘lov miqdori ma’muriyat xodimi va ishchining aybdorlik 
darajasiga qarab belgilanadi. Mehnat qonunlariga asosan ishlab chiqarish bilan 


bog‘liq bo‘lgan jarohatlanishdan yo‘qotilgan ish kunlariga korxona tomonidan haq 
to‘lanishi kerak deb belgilangan. 
Sanoat sanitariyasi me’yorlarining buzilishi natijasida ishlab chiqarish 
joylaridan ajralib chiqqan zararli omillar ta’siridan ishchi kasbiy zaharlanish yoki 
kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy zaharlanish ishchining nafas olish, 
ovqat hazm qilish natijasida kelib chiqishi mumkin. 
Kasbiy zaxarlanish bir smena davomida yuz bersa, uni o‘tkir zaharlanish 
deyiladi, agar uzoq muddat davomida zaharli moddalar yig‘ilishi natijasida yuz 
bersa, surunkali zaharlanish deyiladi. Surunkali zaharlanish kasb kasalliklariga olib 
keladi. Kasb kasaliklariga qoniqarsiz ish sharoitlarida ishlash natijasida kelib 
chiqadigan hamma kasalliklar kiradi. Masalan, havo bosimining ortiq yoki kam 
bo‘lishi natijasida kesson yoki tog‘ kasalligi, sanoatda ajralib chiqadigan chang 
ta’siridan pnevmokonioz kasalligi, yallig‘lanish va zaharli moddalar ta’siridan 
dermatit va yara kasalliklari kelib chiqadi. 
SHuning uchun ham ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan har qanday 
baxtsiz hodisa har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi. Tekshirish va 
hisobga olish umumiy o‘rnatilgan qat’iy tartib asosida olib borilishi kerak. Yo‘l 
qo‘yil 
gan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini hisobga olish va tekshirish, 
ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash tufayli bunday baxtsiz hodisa va kasb 
kasalliklarining qaytarilishining oldi olinadi. 

Yüklə 53,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin