AMALIY MASHG’ULOT № 2 SMENA MASTERINING ISH HUJJATLARINI YURITISHI.
Smena masterining ish hujjatlari.
Smena masteri ishlab chiqarish va xizmat faoliyati davomida bir qancha hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi. Ishlab chiqarish korxonalaridagi smena masteri yuritadigan ish hujjatlari asosan quyidagilardan iborat.
Inventarlar va ish qurollarini ta’mirlash buyurtmasi;
Texnologik mashinalarda sodir bo’lgan texnik to’xtashlar dalolatnomasi;
Texnologik uskunalarning ta’mirlashdan oldingi va keyingi nosozliklar qaydnomasi (defektniy vedemost);
Sababsiz ishga chiqmayotgan ishchilarni ishdan bo’shatishni rasmiylashtirish;
Voyaga yetmagan ishchilarni ishdan bo’shatishni rasmiylashtirish;
Ishchilarning korxona xizmat transportidan foydalanish arizasini rasmiylashtrish;
Ish hujjatlarini rasmiylashtirish.
Smena masteri o’ziga biriktirilgan uchastkada ishlatiladigan inventar va ish qurollari doimo soz holatda bo’lishiga mas’ul hisoblanadi. Shuning uchun ularning ishga yaroqsizini aniqlab, o’rnatilgan tartibda ta’mirlash uchun buyurtmani rasmiylashtiradi.
Smena davomida mashinalarda majburiy texnik to’xtashlar (avariya, elektr tokini o’chib qolishi, elektromotorlarni ishdan chiqishi) sodir bo’lib turadi. Texnik to’xtashlar smena reja topshiriqlari va mashinaga xizmat ko’rsatuvchi ishchining shaxsiy rejasini bajarilmasdan qolishiga olib keladi. Buning oqibatida ishga to’lanadigan oylik ish haqi, mukofot puli to’lanmasligi hisobiga qisqaradi (ishchi aybdor bo’lmagan holda). Bunday holatda smena masteri majburiy texnik to’htashlar dalolatnomasini rasmiylashtiradi va uni ish haqi bo’limiga topshiradi. Ushbu hujjatlar asosida ishchiga o’sha kunlar uchun o’rtacha ish haqi to’lash bilan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, smena rejasini bajarilmaganligi uchun ham ushbu hujjat asos bo’la oladi.