ZAMONAVIY IMMOBILIZATSIYA USULLARI VA VOSITALARI Immobilizatsiya (lot. immobilisis — qimirlamaydigan, harakatsiz) — gavdaning shikastlangan yoki kasal qismini (odatda, qoʻl-oyoq va umurtqa pogʻonasini) qimirlamaydigan qilib qoʻyish. Suyak singanda, chiqqanda, ta-yanch-harakat aʼzolarining yalligʻlanish kasalliklarida (osteomiyelit, sil va b.), suyak va yumshoq toʻqimaning turli jaroxatlarida, shuningdek, operatsiyadan keyin gavdaning tegishli joylarini maʼlum vaziyatda ushlab turish uchun I. qoʻllaniladi. Shikastlanganda ogʻriqni kamaytirish, travmatik shok va infeksiya tushishining oldini olishda, bemorning tezda sogʻayib ketishida I. ning ahamiyati katta. Vaqtincha (transport) va doimiy (davolash) I. qilinadi. Vaqtincha I. suyak singanda va b. ogʻir shikastlanishlarda birinchi yor-dam koʻrsatishning eng muhim vosita-sidir. Vaqtincha I. uchun maxsus shinalar (Detiriks, Kramer, Bogdanov va h.k.), shuningdek, qoʻl ostida bor boʻlgan faner, taxta va b. materiallar (mas, taxtakach) dan foydalaniladi. Shinalash — vaqtincha I. ning asosiy turi hisoblanadi. Bemor kasalxonaga keltirilgandan soʻng vaqtincha I. doimiy I. bilan almashtiriladi (qarang Suyak si-nishi, Suyak chiqishi). Davo I. si gips bogʻlov, tortib qoʻyish, ortopedik moslama, korset va b. yordamida kilinadi. Singan suyak boʻlaklarini jarroxlik yoʻli bilan biriktirib qoʻyish uchun maxsus vint, plastinka va b. qoʻllaniladi. Taxtakachlash ham I. ga yordam beradi.
Suyak sinishida immobilizatsiya qilish qoidalari. Jabrlanganlarni immobilizatsiya qilish usullari Shu maqsadda bandajlar, individual kiyinish sumkasi, bel belbog'i, sharf, arqon va boshqalar ishlatiladi.
Oyoq va oyoq barmoqlarining shikastlanishi uchun immobilizatsiya Oyoq shikastlanganda, uning orqa qismiga 120 ° burchak ostida plantar fleksiyon pozitsiyasi beriladi; tizza bo'g'imi 150-160 ° burchakka egilgan. Oyoqning oldingi qismi shikastlanganda, u 90 ° burchak ostida o'rnatiladi, buning natijasida
tizza bo'g'imining fiksatsiyasini talab qiladi. Shina balandligi pastki oyoqning yuqori uchdan bir qismi bilan cheklangan (13-16, 13-17-rasm).