ladi. Bu ma’lumotlarni tahlil etish N-1 namuna hisobotlari asosida
aniqlanadi.
SHikastlanishlarning tahlilini mehnat gigienasi bo‘ycha shifokor va uning
yordamchisi mehnat xavfsizligi bo‘limi hamda sog‘lomlashtirish
shaxobchasi
tibbiyot-sanitariya
qismi
shifokorlari
bilan
birgalikda
olib
boradi.
SHikastlanishlarga qarshi tadbirlar ko‘rish rejasi tahlil asosida tuziladi.
SHikastlanishni har tomonlama to‘lduruvchi belgilarini nazarga olgan holda
tahlil qilish, unga qarshi kurashning samarador rejasini tuzishga imkon beradi.
Bunday rejani mehnat gigienasi bo‘ycha shifokor, mehnat muhofazasi muhandisi
va tibbiyot-sanitariya qismining shifokori birgalikda tuzib, uning muddatida
bajarilishini nazoratga oladi.
SHikastlanishning oldini olish ishini tashkil etishda signalizatsiya yo‘li bilan
hisoblash va tahlil qilishning tezkor shakli mavjud bo‘lib, bu juda qisqa muddat
ichida (hafta, oy) o‘tkaziladi. Unga qo‘ydagi ma’lumotlar kiritiladi:
1.
sex;
2.
asbob-uskunalar turkumi;
3.
vaqti.
SHular asosida shikastlanish xavfi bo‘lgan
joylar aniqlanadi va uning
sabablari bartaraf etiladi.
Ishlab chiqarishda shikastlanish deb, korxona xududida bo‘lgan davrda kishi
tanasining biror a’zosi tasodifan shikatslanishi natijasida salomatligiga putur
etishiga aytiladi.
Baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishining oldini olish, asosan, ma’muriyat
rahbarlari javobgarligida bo‘lib, nazorat ishlari mehnat muhofazasi bo‘limi
zimmasida bo‘ladi. SHikastlanishning sabablarini o‘rganish, muhandis-texnik
sohasiga tegishli masalalar, profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ishchilar
salomatligini mustahkamlashga oid masalalarni hal etishda tibbiyot-sanitariya
qismidagi shifokorlar ma’suldirlar.
SHikastlanishlar turiga qarab:
•
mexaniq (yara toshishi, sinish);
•
termik (issiqlanish, kuyish, sovuq urish);
•
kimyoviy (kuyish, o‘tkir zaharlanish);
•
elektr quvvatidan shikastlanishlarga bo‘lanadi.
SHikastlanish joyiga qarab oyoq va bosh shikastlanishi (ko‘zdan boshqa),
gavda, qo‘l, ko‘p joylarning shikastlanishiga bo‘linadi.
SHikastlanish og‘ir-engilligiga ko‘ra mehnat qobiliyati yo‘qolmaydigan
engil shikastlanishga, mehnat
qobiliyati bir necha kunlab, xaftalab va xatto oylab
yo‘qotiladigan o‘rtacha va og‘ir shikastlanishlarga tafovut qilinadi.
SHikastlanishning og‘ir turi mehnat qilish qobiliyatini mutlaqo yo‘qotishga sabab
bo‘lishi va nogironlikka olib kelishi mumkin. Guruh holida va o‘limga olib
boradigan turdagi shikastlanishlar alohida ko‘riladi.
SHikastlanishlar kelib chiqishining asosiy sabablari. Texnik jixozlarning
nosozligi natijasida dastgohlarning to‘xtab qolishi, tasmalarning uzilib ketishi va
shu kabi hodisalar shikastlanishga olib keladi. Bunga ularning o‘z vaqtida ehtiyot
yuzasidan ta’mir qilinmaganligi, uzliksiz ishlashi natijasida
ayrim qismlarning
ishdan chiqishi sabab bo‘lishi mumkin. SHunday xodisalar ro‘y bermasligi uchun
mehnat xavfsizligi bo‘ycha javobgar shaxslarning doimiy nazorati talab etiladi.
Texnologik jarayonning buzilish natijasida termik, kimyoviy jarohatlanish
va o‘tkir zaharlanishlar yuzaga keladi. Buning oldini olish uchun reja asosida
ishchilarning bilimini o‘z vaqtida tekshirib turish va yo‘riqlov o‘tkazib turish katta
ahamiyatga egadir. Qul kuchi bilan boshqariladigan ishlar, transportlarga yuk
ortish va tushirish jarayonlarining etarli darajada mexanizatsiyalashtirilmaganligi
mehnat sharoitini yaxshi tashkil qilinmaganligini bildiradi.
Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan ish korxonalarining kichiklik qilib qolishi,
tayyor mahsulotlarni saqlash xonaning sharoiti qoniqarli bo‘lmasligi , mahsulotni
tayyorlov joylaridan o‘z
vaqtida olib ketilmasligi, yo‘llarining tor bo‘lishi
shikastlanish xavfining ortishiga sabab bo‘ladi.
Korxonalarda sanitariya holati qoniqarsiz bo‘lishining asosiy sabablariga
xonalar sathining sirpanchiqligi va tekis bo‘lmasligi, korxona hovlisidagi
yo‘lakning o‘ydum-chuqurligi, yoritish qurilmalari quvvatining kamligi, deraza
oynalarning chang bosib ketishi, chang va gazlar miqdorining me’yoridan
ortiq
bo‘lishi natijasida diqqat-e’tiborining kuchayishi, shovqin bosimining yuqori
bo‘lishini misol qilib keltirish mumkin. SHikastlanishning ko‘p uchraydigan
sabablaridan biri ishchilarning toliqib qolishidir, chunki bunda ishga diqqat-e’tibor
pasayibgina qolmay, balki ishchilardagi harakat yo‘nalishi ham buziladi. Bunday
hollarda shikastlanish mehnat kuning so‘nggi soatlarida yoki rejada
ko‘rsatilgandan ortiqroq mehnat qilish natijasida yuz beradi.
Binobarin, ishlab chiqarish sharoitini sog‘lomlashtirish
va ishchilarning
toliqib qolmasliklariga sharoit yaratish, faqat kasbga aloqador kasalliklarning
emas, balki shikastlanishning ham oldini oladi.
Dostları ilə paylaş: