1-mavzu. Mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari Mavzu rejasi



Yüklə 495,5 Kb.
səhifə32/45
tarix11.02.2023
ölçüsü495,5 Kb.
#83837
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
UMK fiziologiya oxiri

Marganes. Organizmdagi ko‘pchilik to‘qimalar tarkibida topilgan. Ularning organizmdagi umumiy miqdori 0,05mg.% dan oshmaydi. Marganets oksidlanish-fosforlanish reaksiyalarida aktivator vazifasini o‘taydi. Ko‘pchilik oraliq almashinuv reaksiyalarida marganets ionlari ishtirok etadi. Marganets talaygina fermentlar (arginaza, fosfatoglyu-komutaza, yenolaza, karboksilaza) tarkibiga kiradi. Organizmda qon hosil bo‘lishi opsish jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Suyaklarning rivojlanishi, muskullar faoliyati uchun ham marganets zarur. Bu element oqsillar, uglevodlar, vitaminlar va yog‘ almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi. Hayvonlarning marganetsga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji istepmol qilayolgan quruq oziqalarning 1kg.ga nisbatan olganda 40mg.ni tashkil qiladi.
Marganets kamchiligiga eng sezgir hayvonlar parrandalardir. Marganets-ning yetishmasligi natijasida ularning oyoqlari, patlarida deformatsi-yalovchi kasalliklar paydo bo‘ladi.
Ruh. Organizmdagi barcha hujayra va to‘qimalarda uchraydi. Jigarda, me’da osti bezida, jinsiy bezlar, suyak va muskullarda sezilarli miqdorda ruh bor. Qonda ruh miqdori juda kam. Butun organizmdagi ruh miqdori taxminan 2-3mg.% ga yaqin,organizmga ruh mutlaqo kiritilmasa, hayvonlar opsishdan to‘xtaydi, rivojlanishdan qoladi. Running organizm uchun eng muhim ahamiyati shundaki, u nafas olish jarayonlarida ishtirok etadigan karboangidraza fermentining tarkibiga kiradi. Ruh tuzlari gipofiz, me’da osti bezi. jinsiy bezlar gormonlarini aktivlashtiradi degan dalillar mavjud. Ion holatidagi ruh dipeptidaza fermentlarini aktivlashtiradi. Organizmdan ruh asosan axlat bilan chiqariladi.
Stronsiy va seziy. Srtonsiy kam miqdorda hayvon suyaklari tarkibida uchraydi. Hayvonlarda stronsiy yetishmaganda ularda stronsiyga aloqador raxit kasalligi paydo bo‘ladi. Bu paytda hayvonlarning organizmida suyaklashish jarayonlari buziladi. Bu kasallikni D vitamin yordamida davolab boplmaydi. Stronsiy va seziy atom portlashida atom yadrosininig parchalanishidan hosil bo‘ladigan mahsulotlar (radionuklidlar) sifatida keyingi vaqtlarda eptiborni tortmoqda. Radiaktiv stronsiy (Sr-90) va radiaktiv seziy (Cs 37) yadro bombasi portlaganda hosil bo‘lib. tuproqqa qopshiladi va undan yem-xashak orqali hayvonlarga o‘tib nur kasalligiga sabab bo‘liadi mumkin.
Brom. Hayvonlarning organizmida uncha ko‘p boplmaydi. Bu element asosan gipofiz gormonlari tarkibiga kiradi. Bosh miya yarim sharlarining popstlog‘ida kuzatiladigan tormozlanish jarayonlariga ta sir qiladi. Uyquga sabab bo‘ladigan gormonlar tarkibida uchraydi.
Ftor. Suyak to‘qimasi va tish emalining tarkibiga kiradi. Ftorning yetishmasligi natijasida tish emali yemiriladi. Bundan tashqari, ftor ayrim fermentlaming ta’sir qilishiga topsqinlik qilib, modda almashinuvini pasaytirishi mumkin.
Suv almashinuvi. Voyaga yetgan odam uchun bir kecha-kunduzda 2,5-3,0 l suv talab qilinadi va ularni ozuqalar tarkibida va ichimlik suvi bilan qabul qiladi deyarlik xuddi shuncha miqdordagi suv tashqariga chiqariladi. Agarda tashqi muhit harorati tana harorati bilan teng bo‘lsa, voyaga yetgan odam bir kecha-kunduzda 450 g suvni bopg‘lantiradi.
Suvga boigan talab organizmni oprab turgan muhit haroratiga. oziqlanish xarakteriga va ayniqsa ozuqa tarkibidagi tuz iniqdoriga bog‘liq holda jiddiy o‘zgaradi. Masalan, issiq sexlarda yoki issiq jazirama sharoitida ishlaganda bir kecha-kunduzlik ozuqalar tarkibidagi va ichimliklar tarkibidagi umumiy suvga bo‘lgan talab 10 l gacha ortadi.
Bundan tashqari suv organizmning o‘zida ham toyimli moddalarning oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladi. 100 g to‘yimli modda topligicha oksidlanganida hosil boiadigan suv; oqsillar oksidlanganda -41 ml, kraxmal -55 ml yog‘ oksidlanganida esa 107 ml suv hosil bo‘ladi.
Organizmda organik moddalarning parchalanishidan hosil bo‘ladigan har 420 Dj energiyaga 12 ml suv hosil bo‘ladi va 1-kecha-kunduzda bu hajm 300 ml.ga yaqin bo‘ladi.
Hatto katta miqdorda suv istepmol qilinganidan keyin ham aylanuvchi qonning plazmasi qisqa muddatda 15 % dan oshmaydi.
Voyaga yetgan odamning organizmiga 1-kecha-kunduzda. ichimlik suvi bilan 1200 ml va ozuqalar tarkibida 1000 ml.suv tushadi. Odam organizmidagi suvning miqdori gavda og‘irligiga nisbatan 65 % ni tashkil etadi (45 dan 70 % gacha).
Organizmdagi umumiy suvning eng ko‘p miqdori hujayralar ichida -71 % hujayra tashqarisida - 19 % va aylanib yuruvchi qon, limfa va orqa miya suyuqligida - 10 % saqlanadi. Kam miqdordagi suv oqsillar bilan birikkan bo‘ladi va u 4 % dan ortiq boplmaydi. Odatda organizmdagi suvning miqdori, undagi yog‘ning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi, yog‘ qancha ko‘p bo‘lsa, suv shuncha kam bo‘ladi.
Qon plazmasida suvning miqdori 92 % ni tashkil etsa, hazm shiralarida 98-99 % va undan ham ko‘proq bo‘ladi.
Ovqat hazmi kanalidagi suvning ichki almashinuvi, ya’ni ha/.m shiralari tarkibida ajraladigan va uni hazm kanalidan qayta so‘rilishi bir kecha-kunduzda o‘rtacha 8 l.ni tashkil etadi.
Bir kecha-kunduzda odam organizmidan siydik bilan 1.5 1, najas bilan -100-200 ml. teri orqali-500 ml, va o‘pka orqali -350-400 ml suv ajratiladi. Organizmga kirayotgan suvningn miqdori Sog‘lom odamlarda chiqarilayotgan suv iniqdoriga teng bo‘ladi. Shu yo‘l bilan tanadagi muvozanati ta’min etiladi. Suv almashinuvi mineral almashinuv bilan uzviy bog‘liq. Tuzlaming gipertonik eritmasi organizmga kiritiluanida suvning siydik bilan ajralishi ortadi. Organizmdan natriyning chiqarilishi kamayganida. suvning ajratilishi ham kamayadi. Qon plazmasida va to‘qimalarda natriy va kaliyning almashinuvi hujayra ichi va tashqarisidagi suvning nisbatini aniqlaydi.
Mineral moddalar almashinuvi boshqarilishining gormonlar ishtiro-kida (buyrak usti bezi popstlog‘i. qalqonsimon bezoldi bezchalari va h.k.) bajaralishi suv almashinuviga ta’sir qiladi.

Yüklə 495,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin