1-mavzu. Mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari Mavzu rejasi



Yüklə 495,5 Kb.
səhifə1/45
tarix11.02.2023
ölçüsü495,5 Kb.
#83837
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
UMK fiziologiya oxiri


1-mavzu. Mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari
Mavzu rejasi:

  1. Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining ahamiyati.

  2. Akseleratsiya nima.

3.O’sish va rivojlanishning qonuniyatlari

Bolalar va o’spirinlar o’sishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari.


Bolalarni to’g’ri tarbiyalash uchun ular organizmining o’sishi va rivojlanishi kabi asosiy xususiyatlarini bilish zarur. O’sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi odam organizmiga xos xususiyatdir.Organizmning har tomonlama o’sishi va rivojlanishi uning paydo bo’lgan vaqtidan boshlanadi.
Bu ikki jarayon murakkab hisoblanib, bir butun va bir- biriga bog’langandir.
Osish deganda tana hujayralarining ko’payishi natijasida tirik organizm
o’lchamlarining ortishi, ya’ni bo’yning cho’zilishi, og’irlikning ortishi
tushuniladi. Bola ma’lum yoshgacha to’xtovsiz, ammo o’sish davrida ayrim
tana qismlarining nomunosib o’sishi (bosh, oyoq, qo’l suyaklari, ko’krak
qafasi va qorin bo’shlig’i ichki organlari) turli yoshda har xil jadallikda
bo’lishi mumkin, shunga qaramasdan barcha to’qima va hujayralarda ya’ni
organlarda o’sish bir vaqtda ayollarda o’rtacha 18-19 yoshgacha, erkaklarda
19-20 yoshgacha tugallanadi. O’sish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortishi jarayoni kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir.
Rivojlanish deganda o’sayotgan organism to’qima, hujayra va organlarining shakllanishi, ya’ni bola organizmi hujayralarining takomillashib,o’smirlik va yetuk yoshdagi odamlarga xos bo’lgan bir muncha murakkab tizimlarga ega bo’lishiga aytiladi. Bunga voyaga yetgan davrdan boshlanadigan qarish jarayonlari ham kiradi va qoidaga binoan, organizmni qayta rivojlanishi boshlanadi. Rivojlanish jarayoni a’zolar va ularning tizmlari faoliyatini funksional differensiyalanishi va takomillanishida namoyon bo’ladi, masalan, markaziy asab tizimining reflector faoliyatini ichki kortikal aloqalarni, yurak- qon tomir, ovqat hazm qilish, tayanch sistemasini harakatlanishi va boshqa tizimlarning murakkablashuvi va rivojlanishi hisobiga takomillashuvida bilinadi. Organizmni o’sishi va rivojlanishida barcha etaplarni bolalik, o’smirlik, yoshlik, yetuklik davrlarini bosib o’tadi. O’sish bu organizmning miqdor ko’rsatkichi, rivojlanish esa sifat ko’rsatkichi bo’lib, bu ikki jarayon notekislik ya’ni geteroxroniya, uzluksiz va akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi.

Yüklə 495,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin