Notekis rivojlanish yoki geteroxroniya. Organizmning normal xolatida o’sish va rivojlanish bir- biri bilan juda yaqin aloqada va hamkorlikda bo’lsa ham, ular bir vaqtda va bir xil jadallikda sodir bo’lmaydi, chunki biron- bir a’zo massasining kattalashishi uni bir vaqtda funksional jixatdan takomillashuvini bildirmaydi.
Jismoniy rivojlanishning ko’rsatkichlari.Yangi tug’ilgan go’dak nisbatan kalta qo’l- oyoqlari, tanasi va boshining kattaligi bilan farqlanadi. Uning kallasining uzunligi tanasi uzunligining- 1/4qismini, ikki yashar bolada- 1/5 qismini, olti yashar bolada- 1/6 qismini, o’n ikki yashar bolada- 1/7 qismini, voyaga yetgan odamda- 1/8 qismini tashkil etadi.
Yosh kattalashgan sari kallaning o’sishi sekinlashadi, oyoq- qo’llarning o’sishi esa kuchayadi. Jinsiy yetilish davrining boshlanishiga qadar tana proporsiyalaridagi farq bo’lmaydi va ular pubertat davrida yuzaga chiqadi. Tananing bo’yi va eni o’rtasidagi proporsiyalarni turlicha bo’lishini uchta bosqichini ajratish mumkin:
-4 yoshdan 6 yoshgacha;
-6 yoshdan 15 yoshgacha;
-15 yoshdan to voyaga yetguncha qadar
Tananing bo’yiga o’sishining notekisligi quyidagicha namoyon bo’ladi:
- yangi tug’ilgan bolaning bo’yi 48-52 sm bo’ladi;
- bola hayotining birinchi yilida uning bo’yi 25 sm o’sadi va 75 sm ni tashkil
etadi;
- ikkinchi yilida 10 sm o’sadi;
- kichik maktab yoshida bola bo’yi 6-10 sm;
- bola 8-10 yoshga yetganda 3-5 smga o’sadi.
Tana o’sishining eng ko’p ortishi qiz bolalarda 12 yoshga kelib, o’g’il
bolalarda esa 15 yoshda kuzatiladi. Bo’yning o’sishi asosan qiz bolalarda 19 yoshga kelib, o’g’il bolalarda esa 20 yoshga kelib tugallanadi. Yangi tug’ilgan davrdan to voyaga yetgunga qadar insonning bo’yi- 3 marotoba, tanasi- 3,5 marotoba, qo’llari- 4, oyoqlari- 5 marotoba uzunlashadi.
Tana vazni yoshga qarab quyidagicha o’zgaradi:
- yangi tug’ilgan qiz bolalarning o’rtacha vazni 3,0 kg, o’g’il bolalarniki esa 3,4 kg bo’ladi;
- bolaning vazni tug’ilgandan keyin birinchi oyda 600 gr, ikkinchi oyda 800 gr
ortadi;
- bir yashar bolaning vazni tug’ilganidagi vaznidan 3 marta ortib 9-10 kg ga yetadi;
- 2 yoshli bolaning vazniga 2,5-3,5 kg qo’shiladi;
- 4,5,6 yoshli bola vazniga har yili 1,5-2,0 kg vazn qo’shilib boradi.
7 yoshdan boshlab ularning vazni tez ortib boradi. 10 yoshgacha o’g’il bolalar bilan qiz bolalar vazni bir xil o’zgaradi. Jinsiy yetilish boshlanishi bilan qizlarning vazni 4,5-5,0 kg dan 14-15 yoshda har yili 5- 8 kg ortadi. O’g’il bolalarda esa 13-14 yoshdan vazni 7-8 kg ortadi, 15 yoshdan boshlab esa ularning vazni qizlarning vaznidan ortib ketadi.
Rivojlanishning uzluksizligi. O’sish va rivojlanish jarayonlari uzluksiz sodir bo’lishi aniqlangan va u organizmning o’zgarishlarida, ya’ni uning aniqlanishida, yangi hujayralarning paydo bo’lishida, funksiyalarning va faoliyat turlarining murakkablashishida hamda takomillashishida namoyon bo’ladi. Yurishning boshlanishi va motorikaning keyingi rivojlanishi, birinchi so’zlar va nutq funkisiyasining keyinchalik rivojlanishi, jinsiy balog’atga yetish davrida bolani o’spiringa aylanishi, markaziy asab tizimini va birinchi galda bosh miya po’stlog’ini uzluksiz rivojlanishi hamda reflektor faoliyatini murakkablashuvi-rivojlanishning bu bosqichlari organizmdagi ko’p qirrali va turli xildagi uzluksiz o’zgarishlarning bir qisminigina tashkil qiladi. Bunda barcha a’zolar va to’qimalarning rivojlanishi va ularning funksional jihatdan takomillashuvi bilan bir vaqtda sodir bo’ladi.
Uzluksiz rivojlanish qarilik chog’ida ham kuzatiladi va u involyutsion tavsifga ega. Qarilik chog’ida organizmda sodir bo’ladigan o’zgarishlar juda murakkab va ushbu muammo buyuk allomalarni juda qadimdan o’ziga jalb qilganligiga qaramasdan hali yetarlicha o’rganilgani yo’q.
Rivojlanishning individualligini bolaning aqliy rivojlanishi misolidako’rish mumkin. Bunga ayrim hollarda bolaning aqliy jihatdan orqaga qolishi bo’lsa, boshqa hollarda shaxsning nisbatan tez o’sib ketishi sabab bo’ladi.
Birinchi holda bu xususiyatning ustunligi kichik maktab bolalariga xos bo’lsa, boshqa holatda o’qituvchining dars berish mahoratiga ham bog’liqdir. Ikkinchi holatda o’quvchi o’z sinfdoshlaridan o’zib ketgan holda, u mustaqil bo’lshga va o’zbilarmonlikka berilib o’qituvchiga ham bo’ysunmay qoladi. Shuning uchun ham bolalarni nisbatan o’zib ketishiga nisbiy munosabatda bo’lish kerak. Bolalarni individual o’sish va rivojlanishini e’tiborga olmasdan turib ta’lim- tarbiya ishlarini amalga oshirish mumkin emas. Bolalarning yoshlariga nisbatan aqliy kamol topishi ularning shaxsiy qobiliyatiga va atrof- muhit sharoitiga ham bog’liqdir. Ularning aqliy va psixologik rivojlanishi bolalarni o’rab turgan muhitga va o’quv- tarbiyaviy ishlarga ham bog’liqdir. Shuni yodda tutish kerakki, bollarni nisbatan bir necha yil bir xil sharoitda yashashi ularning shaxsiy o’sish tempiga ta’sir etadi. Shu bilan birga kichik maktab yoshidagi bolalar o’rtasida o’ta qobiliyatlilari ham uchrab turadi. Bularni vunderkindlar ( nemis tilida sexrli bolalar) deyiladi. Ko’pgina atoqli kishilarning yoshligidanoq katta qobiliyatga ega bo’lganliklari bizga ma’lum.
Jumladan, buyuk allomalarimizdan Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy va Abu Ali ibn Sinolarni misol keltirishimiz mumkin. Abu Ali ibn Sino 16 – 17 yoshidanoq mashhur tabib hakim bo’lib tanilgan. Dunyoning birinchi vunderkindi deb italiya yozuvchisi Torkvato Tasso e’lon qilingan. U 13 yoshida Balon universiteti talabasi bo’lgan. Viktor Gyugo esa 12 yoshida Fransiya Akademiyasining rag’batnomasini olgan. Yana buyuk kompozitor Motsartni misol qilishimiz mumkin. U 4 yoshida musiqa yozgan. Hozirgi davrda bunday bolalarga katta e’tibor berilmoqda. Ular uchun maxsus litsey va gimnaziyalar tashkil etilgan.
Bolalarning jismoniy, aqliy va jinsiy jihatdan rivojlanishida yuqorida aytib o’tilganidek, irsiy faktorlar bilan bir qatorda turmush sharoiti, maktabdagi mehnat faoliyati, jismoniy mashqlar, kasalliklar bilan og’rigani muhim ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, ob- havo sharoiti, iqlim sharoiti, quyosh radiatsiyasi ham ularning o’sishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bolalr yoz faslida (iyul- avgust) xususan tez o’sadi. Agar bola kichikligidan muntazam ravishda jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullansa u sog’- salomat o’sadi, uning porganlari uyg’un rivojlanadi. (Masalan, nafas organlarining takomillashuvi yurak- qon tomir tiziminig rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Akseleratsiya. Akseleratsiya yosh avlodning ruhan va jismonan tezlashuvidir. Hozirgi davrda keyingi 100-150 yil ichida bolalar va o’smirlar
akseliratsiya jarayonlari kuzatilmoqda. Bunday akseleratsiya O’zbekistonda
ham ko’zga tashlanmoqda. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarning bo’yi 5-6 smga,
kichik va o’rta maktab yoshidagi bolalarning bo’yi 10-15 smga, 8-10 kg ga
ortdi. Akseleratsiya ruhiy va jismoniy rivojlanishda kuzatilmqda.
XIX asr oxiri ХХ asr boshlarida ko’p mamlakatlarda bolalarning bo’yiga
o’sishi tezlashganligi aniqlangan va bu haqida ma’lumot 1876 yilda matbuotda
e’lon qilingan. 1935 yilga kelib nemis olimi E Kox rivojlanishdagi bu
tezlashuvni akseleratsiya deb atagan. Akseleratsiya- lotincha so’z bo’lib,
acceles –tezlashuv degan ma’noni bildiradi. Akseleratsiya yosh avlodning
oldingi tengdoshlariga nisbatan ruhan va jismonan rivojlanishidir, 100 yil
ya’ni bir asr ichida yaqqol ko’zga tashlanganligi uchun uni keng ma’noda
“sekulyaoniy trend” ya’ni asriy tendensiya deyiladigan bo’ldi. Keyingi 100-
150 yil ichida yer yuzida akselerasiya jarayonlari kuzatilmoqda jumladan
O’zbekistonda ham.
Rivojlanishdagi akselerasiya muammosi va butun dunyo biologlar,
tibbiyotchilari va sotsiologlari diqqatini jalb qilib kelmoqda. Akselerasiyaning
ijtimoiy va biologik turlari o’zaro farq qilinadi.
Biologik akselerasiya deganda, insonning biologik rivojlanishiga ta’luqli
barcha o’zgarishlarni tushunish kerak. Bunga odamning morfologik va
fuhksional rivojlanishini tavsiflovchi bir qator ko’rsatkichlar kiradi. Ushbu
o’zgarishlar ma’lum bir ijtimoiy muhitda sodir bo’ladi va ko’p jixatdan
ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi.
Ijtimoiy akselerasiya deganda, bolalar bilimlarining hajmini ulardan 50-100 yil
ilgari yashagan tengdoshlarinikiga nisbatan ortganligini tushunish kerak.
ХХ asrning 20- yillaridan boshlab Shvetsiya, Angliya, Germaniya, AQSh,
Yaponiya va boshqa mamlakatlardagi 6-14 yoshdagi bolalar o’z rivojlanishida,
ulardan yuz yil ilgari yashagan tengdoshlariga nisbatan ancha o’zib ketganligi
to’g’risidagi ma’lumotlar paydo bo’la boshladi. Kichik va o’rta yoshdagi
bolalarning bo’yi 10-15 sm, og’irligi esa 8-10 kg ortgani aniqlandi. Ushbu
hodisa- bo’y va og’irlikni asriy ortishi degan nom oldi. Keyingi yillarda121
akseleratsiya yanada yorqin namoyon bo’lganligi kuzatilgan. Bundan 50 yil
ilgari odamlar bo’yining maksimal uzunligi 25-26 yoshga to’g’ri kelgan
bo’lsa, bizning zamonamizda o’g’il bolalar 18-19 yoshda, qiz bolalar esa 16-
17 yoshda to’liq jismoniy balog’atga yetadilar. Yangi tug’ilgan chaqaloqlar
tanasining uzunligi 1930-1940 yillardagiga nisbatan o’rtacha 1 sm ko’p.
Organizmning davrlari va ta’rifi.
Odam organizimini rivojlanishi uzluksiz jarayon sifatida inson hayotining
barcha davrida davom etadi. Odam hayotining har bir davrida shu davrning
xarakterli xususiyatlari, oldingi davrning qoldiqlari va kelgusi davrning
kurtaklari paydo bo’ladi. Bu davrlarda organizm ketma- ket morfologik,
biokimyoviy va fiziologik o’zgarishlarga uchraydi. Bu o’zgarishlar o’sish va
rivojlanish bosqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy faktorlarga bog’langan.
Voyaga yetgan davrda organizmning o’sishi to’xtaydi, lekin funksional
differensiyalashuvi va reflekter faoliyati takomillashuvi ichki kortikal
aloqalarni rivojlanishi va murakkablashuvi hisobiga davom etadi. Qarish
jarayoni o’ziga xos bo’lib, bir qator qayta rivojlanish bilan bog’liqdir.
Bolaning rivojlanish davrlari tana va a’zolar og’irligi va kattaligi, skelit
suyaklarini qotish darajasi, tishlarni paydo bo’lishi, ichki sekretsiya
bezlaridagi birlashtiruvchi to’qimalarni rivojlanishi, kortikal faoliyat tavsifi va
boshqa belgilar asosida aniqlanadi. Lekin, hozirgi davrgacha, yoshga oid
davrlarni tizimlashtirish uchun asos bo’ladigan universal umumiy biologik
funksional va morfologik belgilarning to’liq ro’yxati aniqlanganligi yo’q.
Yoshga oid davrlar tizimi N.P.Gundobin tomonidan tavsiya qilingan bo’lib
tizimlashtirishda bir tomondan organizmning asosiy rivojlanish qonuniyatlari,
ikkinchi tomondan, bolalik va o’smirlik davrida tarbiyalashni tashkil qilish
masalalari hisobga olingan. Shuning uchun quyidagi: yasli, bog’cha,
boshlang’ich, o’rta va yuqori maktab yosh davrlarini pedagogik davrlar deb
ham yuritsa bo’ladi. Bolalik davrining tizimi quyidagicha tavsiya etilgan:
1. Ona qornida rivojlanish davri. Ushbu davr, homilani ovqatlanishi,
nafas olishi, harorati va boshqa omillari masalalarida ona organizmi bilan
to’liq bog’liqdir. Bu davrda homilaning o’sishi va rivojlanishi tez sodir
bo’ladi.
2. Yangi tug’ilgan davri. Bu davr 2-3 haftani tashkil qiladi. Ushbu
davr tug’ilish vaqtidan boshlanib,to 2,5- 3,5 haftagacha davom etadi va
organizmni tashqi muhit sharoitiga moslashuvi bilan tavsiflanadi. Yangi
tug’ilgan bolada ilk bor o’pka orqali nafas olish sodir bo’ladi va o’pkada qon
aylanish funksiyasi boshlanadi. Ona organizmi orqali ovqatlanish o’rniga
bolaning shaxsiy ovqat hazm qilish trakti fuhksiyasi orqali ovqatlanishi
amalga oshadi, analizatorlar ham organizm faoliyatida faol ishtirok etadi.
Ushbu davrda homilani oziqlanishini ta’minlaydigan tizimni uzilib tushishi va
kindik yarasini tuzalishi sodir bo’ladi, tana og’irligini oldin kamayishi so’ngra
esa tiklanishi va ortishi boshlanadi.122
3. Chaqaloqlik davri. Bu davr bir yilgacha davom etadi. Ushbu davrda
tana uzunligi1,5 barobar kattalashadi va o’rtacha 75 smga yetadi, og’irligi 3 barobar ortadi va 11-12kg atrofida bo’ladi, endokrin bezlar funksiyasi tezlashadi, nutqni harakatlantiruvchi analizatorlari ancha rivojlanib bola gapirishni boshlaydi, lekin so’z boyligi kam bo’ladi, ya’ni atiga 10 tacha so’zni tashkil qiladi.
4. Yasli yosh davri. Bu davrda1yoshdan to 3 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda o’sish va tana og’irligini ortishi birmuncha pasayadi, lekin bola yurish va so’z nutqi ko’nikmalariga ega bo’lishi oqibatida, ularning atrof muxit bilan muloqot qilish soxasi kengayadi. Bolani o’zini o’zga odamlardan farqlay olish qobiliyati paydo bo’ladi (ismini aytib chaqirganda qaraydi, qo’lini beradi va x.k.). А’zolarning tuzilishi va funksiyalari takomillashadi.
5. Maktabgacha yosh davri. Bu davr 3 yoshdan to 7 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda bilish jarayonlari (xotira, tafakkur, ijodiy fikrlashga harakat) jadal rivojlanadi, skelit suyaklarini qotishi va suyak- mushak tizimini mustahkamlanishi jadal sodir bo’ladi, bolaning harakatlari ancha turli- tuman va kordinatsiyalangan holda sodir bo’ladi, yangi tug’ilgan davrdagiga nisbatan mushaklarning kuchi 4-5 marotaba oshadi va yurak faoliyati sezilarli darajada yaxshilanadi, miyasining og’irligi kattalashadi va 7 yashar bolada 1250 grammni tashkil qiladi, shartli reflektorli aloqalar ko’p sonli bo’ladi, shartlitormozlanish rivojlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bo’yi bir tekisda o’smaydi. Avvaliga yiliga 4-6 sm, 6-7 yoshda 7-10 sm gacha o’sadi va bunga bola bo’yining birinchi fiziologik cho’zilish davri deb ataladi.
Bolalarning vazni ham bir xilda ko’paymaydi. 4 yoshli bolaning og’irligi qariyib 1,6 kg ga ko’payadi, 5 yoshda2 kg ga yaqin, 6 yoshga borib 2,5 kg, ya’ni o’rtacha hisobda yiliga 2 kg ga ko’payadi. 6- 7 yoshga borib, bolaning og’irligi 1 yasharligidagiga nisbatan 2 baravar oshishi kerak. Bu yoshda teri tobora qalinlashadi, elastiklashadi, unda qon- tomirlar soni kamayadi, u mexanik ta’sirlarga ancha chidamli bo’lib qoladi. 6- 7 yoshgacha bo’lgan bolalar terisining sirti 1 kg vaznga nisbatan hisoblanganda kattalarnikiga qaraganda ko’proq bo’ladi, shu sababli ular salga issiqlab ketishi yoki sovuq qotishi mumkin.
6. Kichik maktab yoshi davri. Bu davr 7 yoshdan to 12 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda o’sish va skelet suyaklarini qotishi davom etadi, oyoqlarning o’sishi hisobiga tana proporsiyalari o’zgaradi, mushaklar jadal rivojlanadi, katta yarim sharlar po’stlog’ining integratsiyalovchi roli ortadi, tormozlanish jarayonlari kuchayadi. Jigar, buyraklar o’pka, yurak va boshqa a’zolar hamda to’qimalarning strukturaviy va funksional differensiyalashuvi yakuniga yetadi. Timus bezining qayta rivojlanishi boshlanadi. Qalqonsimonbez va gipofizning fuhksiyasi kuchayadi. Jinsiy bezlarning gormonal ta’siri boshlanadi.
7. O’rta maktab yosh davri. Bu davr 12 yoshdan to 15 yoshgacha davom etadi. Bu davr jadal o’sish va tana vaznini ortishi bilan tavsiflanadi.Tana proporsiyalari sekin- asta voyaga yetgan inson ko’rsatkichlariga yaqinlashadi. Jinsiy voyaga yetish (o’g’il bolada 13-14, qiz bolada 11-12 yosh) va jinsiy bezlar gormonlarining ta’sirini ortishi ostida qalqonsimon bezning funksiyalari kuchayadi, timus qayta rivojlanishiga (involyutsiyaga) uchraydi. Bosh miya katta yarim sharlarining qobig’i “organizmning barcha funksiyalarini bosh boshqaruvchisi va taqsimlovchisi” sifatida faoliyat ko’rsatadi. Qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari muvozanatlasha boradi, farqlash va umumlashtirish funksiyalari, ayniqsa, ikkinchi signal tizimi rivojlanishi tufayli murakkablashadi.
8. Yuqori maktab yoki o’spirinlik yosh davri. Bu davr qiz bolada 13yoshdan to 18 yoshgacha, o’g’il bolada 15-16 yoshdan to 19-20 yoshgacha davom etadi. Ushbu davr jinsiy bezlar funksiyasini kuchayishi, ikkilamchi jinsiy belgilarning yakunlanishi bilan tavsiflanadi. Boshqa ichki sekretsiya bezlarining, ayniqsa gipofiz va qalqonsimon bezning funksiyalari ham kuchayadi. Timus bezi bundan mustsno, uning evolyutsiyasi davom etadi. Barcha a’zolar va tizimlar funksiyasi, uzluksiz rivojlanish oqibatida, sezilarli darajada takomillashadi.
Iqlim va iqtisodiy sharoitga qarab qizlarda jinsiy yetilish taxminan 12-14 yoshdan boshlanib, 16-18 yoshlarda tugaydi, o’g’il bolalarda 13-15 yoshdan boshlanib, 18-20 yoshgacha davom etadi. Eng avvalo jinsiy belgilar paydo bo’ladi: qovga va qo’ltiqda jun chiqa boshlaydi, qizlarda sut bezlari kattalashadi, o’g’il bolalar ovozi do’rillab qoladi. Jinsiy bezlarning yetilganlik alomati: qizlarda hayz ko’rish, o’g’il bolalarda ixtilom boshlanadi.
Chin tovush boylamlari hayotning birinchi yilida va 14-15 yoshda ayniqsa tez o’sadi. 12 yoshdan boshlab tovush boylamlari o’g’il bolalarda qizlarga nisbatan uzun bo’ladi, o’g’il bolalarning ovozi do’rillashi shu bilan izohlanadi.
O’smirlarda o’pka tez o’sadi, umumiy hajmi kengayadi, 12 yoshga yetganda uning o’pkasi chaqaloqnikiga qaraganda 10 marta kattalashadi.
O’smirlarning turli a’zolarida funksional o’zgarishlar kuzatiladi. Yurak hajmi kattalashadi, “yoshlar yuragi” yoki “o’smir yuragi” hosil bo’ladi, quloq solganda shovqin eshitiladi. Ko’pchilik hollarda qon bosimining oshishi (yoshlar gipertoniyasi) yurak kuchliroq tepadi, tomirning tez urishi kuzatiladi (ba’zan bosim pasayib, puls siyraklashadi), xansirash, chakka sohasi og’rishi mumkin. Ayrimlarda to’satdan qisqa mudda bosh aylanishi, hushdan ketish (ko’pincha qizlarda), me’da ichak yo’llarining har xil bo’limlarida qisilish kuzatiladi. Uzoq vaqt tik turganda qimirlamay o’tirganda bosh aylanishi, yurak va qorin sohalarida noxush sezgi paydo bo’ladi. Majburan uzoq vaqt tik turganda ayrim o’smirlar hushidan ketishi va qusishi mumkin. Ularning rangi oqaradi, qo’l barmoqlari muzdek bo’lib qoladi, ba’zan ko’kimtir ranga kirishi mumkin. Bu hodisalarning barchasi yotgandan so’ng o’tib ketadi. Bunday o’smirlarda juda ko’p terlash, qizil demografizm (teriga tirnoq bilan chizganda qizil yo’l qoladi), bola kayfiyatining darrov o’zgarishi kuzatiladi. Bunday hollarga shu yoshga xos vegetativ asab tizimi va endokrin tizimining beqarorligi ruhiy va jismoniy zo’riqish sabab bo’ladi. Yosh ulg’ayishi bilan bu, odatda o’z-o’zidan o’tib ketadi, ammo shunday hodisalar paydo bo’lganda uning haqiqiy sababini aniqlash uchun, albatta, brachga u
Moskvada yosh fiziologiyasi va jismoniy tarbiya instituti tomonidan 1965 yilda yoshga oid davriylik muammolariga bag’ishlab o’tkazilgan simpozium barcha ilmiy, ta’lim, davolash va boshqa tashkilotlarga qo’yidagi yoshga oid davriylik sxemasidan foydalanishni tavsiya qilgan:
1. Yangi tug’ilgan davr – birinchi 10 kun;
2. go’daklik yoshi davri - 1 yoshgacha;
3. Ilk bolalik davr - 1 – 3 yosh;
4. Birinchi bolalik davr – 4-7 yosh;
5. Ikkinchi bolalik davr – o’g’il bolalar 8 - 12 yosh;
qiz bolalar 8 - 11 yosh;
6. O’spirinlik yosh davri- o’g’il bolalar13 - 16 yosh;
qiz bolalar 12 - 15 yosh;
7. Navqironlik davr yoshi- o’g’il bolalar 17 - 21 yosh;
qiz bolalar 16 – 20 yosh;
8. Yetuklik yoshi- birinchi davr: erkaklik 35 yoshgacha;
ayollar 21- 35 ;
ikkinchi davr: erkaklik 36 - 60 yosh;
ayollar 36 - 55 yosh;
9. Qarilik yoshi -erkaklar 61 - 71 yosh;
ayollar 56 - 74 yosh;
10. Keksalik yoshi- erkaklar va ayollar 90 yoshgacha;
11. Uzoq umr ko’ruvchilar- erkak va ayollar 90 yosh va undan yuqori.
Keyinchalik har bir yoshga oid davrni eksperemental asoslash paytida
ushbu davriylikka aniqlik kiritilishi mumkin.