1-mavzu. Mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari Mavzu rejasi



Yüklə 495,5 Kb.
səhifə8/45
tarix11.02.2023
ölçüsü495,5 Kb.
#83837
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
UMK fiziologiya oxiri

Nerv sistemasini gigyenasi.
O’sib kelayotgan yosh avlodning sig’lig’ini saqlash masalasi keng
ma’nodagi tushuncha bo’lib o’quvchilarning charchashi- ya’ni, toliqishi va o’ta
charchashining oldini olish vazifasini ham o’z ichiga oladi, bu esa birinchi
navbatda o’quvchining o’ta toliqishiga yo’l qo’ymaslik bilan bog’liqdir. Bu
masala maktabdagi pedagoglar va mediklar, ota- onalarning diqqat markazida
turishi lozim. “Maktab kasalliklari” deb ataluvchi kasalliklarning oldini olish
hozirgi vaqtda o’quvchilar tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi har bir kishining
asosiy vazifasidir.
Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi zamon sharoitida maktab o’quvchisiga
optimal o’quv nagruzkasini belgilash muhim actual vazifa hisoblanib,
birinchidan, o’quv programmasida belgilangan bilimlarni o’quvchi o’zlashtirishi
ko’zda tutilsa, ikkinchidan, o’quvchining o’z shaxsi extiyoji uchun ham yetarli
vaqt ajratiladi. Eng muhimi, o’quvchining jismoniy rivojlanishiga, ish
faoliyatiga va salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarning o
O’quvchi yuklamasining pedagogic va gigiyenik jihatlarini o’rganish,
toliqishning oldini olish yo’llarini izlab toppish pedagogika fani va maktab
o’qituvchilari oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Odam
organizmining barcha to’qima va organlaridagi hayotiy jarayonlar, ularning ishi
markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi.
O’quvchi organizmining funksional faoliyati buzilishiga yo’l qo’ymaslik
uchun o’qituvchilar bilan shifokorlar birgalikda ish kuni, haftasiga va o’quv yili
choraklarida aqliy va jismoniy faoliyatning almashinib turishini to’g’ri yo’lga
qo’yishlari kerak. Bir turli faoliyat ikkinchi turli faoliyat bilan almashtirilsa
ishlayotgan hujayralar dam oladi. O’quvchilarani asab sistemalarini
charchamasligiva tez toliqib qolmasligi uchun dars gigiyenasiga e’tibor qaratish
kerak.
Tekshirish savollari.
1. Nerv sistemasining vazifasi nimadan iborat?
2. Nerv sistemasi necha turga bo’linadi?
3. Nerv markazlari qanday xususiyatga ega?
4. Bosh miya qanday bo’limlaridan iborat?
5. Necha xil reflekslarni bilasiz?
6. Shartli reflekslar qanday bo’limlarga bo’linadi?
7. Shartli tormozlanish necha xil bo’ladi?
8. Birinchi signallar sistemasiga nima kiradi?
9. Ikkichi signallar sistemasiga nima kiradi?
10. Oliy nerv faoliyati necha tipga bo’linadi?
11.Charchashni oldini olish choralari nimalardan iborat?
12.Nevroz nima?
13.Uyqu qanday jarayon?

Yüklə 495,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin