1-mavzu: Menejmentning nazariy asoslari



Yüklə 21,04 Kb.
səhifə1/2
tarix26.10.2023
ölçüsü21,04 Kb.
#161518
  1   2
1-mavzu


1-mavzu:Menejmentning nazariy asoslari.
Reja:

1.Boshqaruv va menejment


2.Boshqaruv menejmentning mohiyati va tizimi.
3.Menejmentning ilmiy yondashuvlari va tamoyillari
4.Boshqaruv usullari
Menejment (ing. management-boshqarmoq, idora qilmoq, tashkil qilmoq) - bu: ishlab chiqarish, tijoratni boshqarish bo'yicha, ma'lum maqsadlarni ko'zlovchi amaliy faoliyat; boshqaruv, nazariyasi, fani boshqaruv tamoyillari, usullari, vositalari va shakllarining majmuasi; mamlakatimizning hozirgi zamon amaliyotida korxona, aksiyadorlik jamiyatining rahbarlik qiluvchi tarkibidir.
"Menejment" tushunchasi bizning turmushimizga mustahkam kirib borgan va o'zbekcha ishga doir faoliyat uchun odatiy bo'lib qolgan. Ammo shuni hisobga olish zarurki, gap yangi falsafa haqida ketmoqda, bunda qadriyatlar va ustivorliklarning yangi tizimlari amalda bo'ladilar. Shuning munosabati bilan "menejment" atamasining ma'nosi ustida batafsilroq to'xtash darkor. Ba'zi bir mualliflar o'zbekcha "boshqaruv" so'zi va inglizcha "menejment"ni sinonimlar deb hisoblaydilar. Haqiqatda esa ularning mazmuni bir muncha farqlanadi. "Menejment" atamasini qo'llab turib biz xalqaro amaliyotda o'rnashib qolgan tendensiyaga rioya qilamiz, unga ko'ra uning ostida hodisalar va jarayonlarning butunlay ma'lum doirasi ko'zda tutiladi.
Aslida esa "boshqaruv" atamasi "menejment" atamasining qanoatlantiruvchi o'rinbosari bo'lmaydi, chunki keyingi holda gap zamonaviy tashkilot vositasida va doirasida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish haqida ketadi. Bunda ishlab chiqarish yoki tijoratni sanoatlashtirilgan tashkil qilish asosida amalga oshirilgan xo'jalik yuritishning bozor turi menejmentning adekvat iqtisodiy asosi bo'ladi.
Shunday qilib, "menejment" atamasi zamonaviy tashkilotni boshqarishga nisbatan qo'llaniladi, shu vaqtda esa boshqa maqsadlar uchun boshqa atamalar, masalan: government admiristration – davlat boshqaruvi va public admiristration - ijtimoiy boshqaruvdan foydalaniladi. Bizning sharoitlarda buning uchun "tashkil qilish", "tartibga solish", "boshqarish" va "ma'muriy boshqarish" atamalarini qo'llash kerak. Shunga qaramasdan davlat, jamoa va boshqa tashkilotlar ham agar o'z maqsadlariga kamroq xarajatlar, faoliyat yuritish va davlat tomonidan tartibga solishning yuqori samaradorligida erishishni istasalar, menejmentning ba'zi bir tamoyillari va usullaridan foydalanishlari zarur.
Yuqorida bayon qilinganlari hisobga olish bilan ushbu ishda "boshqaruv" atamasi shartlilikning ma'lum darajasi bilan "menejment" ma'nosida ham qo'llaniladi. Menejment tushunchasini belgilash uchun unga kiruvchi ba’zi bir holatlarni, hammadan avval maqsadli mazmunni aniqlab olish darkor.
Shuning bilan bir vaqtda, menejmentning samarali boshqaruv amaliyoti sifatidagi maqsadi tashkilotning yuqori foydaliligi, raqobatbardoshligi va boshqa maqsadlariga ishlab chiqarish, savdo va boshqa jarayonini ratsional tashkil qilish va tashkilotning texnik-texnologik bazasini rivojlantirish yo'li bilan erishishdan iboratdir.
Menejmentning maqsadlari va vazifalari ishlab chiqarish va tijorat ko'lamlarini o'sishi va rivojlanganligi sari uzluksiz ravishda murakkablashadi. Bajarilagan vazifalar va mo'ljallangan maqsadlarga erishilganligi bozorda baholanadi.
Boshqaruv nazariyasining rivojlanishi va iqtisodiy-matematik usullarni ishlab chiqilishi vazifalarning ko'pgina sifat yechimlarini vazifalarning aniq miqdoriy baholari yoki qarorlari bilan to'ldirish yoki almashtirishga imkon bergan, hisoblash texnikasi va kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi esa boshqaruvning samaradorligi oshishiga ko'maklashgan. Hisoblashlarning ko'p mehnat talab qilishi tufayli vaqtning haqiqiy yoki yo'l quyiladigan ko'lamlarda hal qilinishi mumkin bo'lmagan ko'pgina masalalar kundalik haqiqat bo'lib qolgan.
Zamonaviy menejmentda vazifalarni hal qilishning har xil usullari mavjud: boshqaruv vazifalarini hal qilishning haqiqiy usullari, boshqaruv jarayonlarini modellashtirish, qarorlar qabul qilishni axborotli va texnik ta'minlanishi va boshqalar. O'zbekistonda nazariy va amaliy statistika, masalalar yechish, muxandislik hisoblashlarning iqtisodiy- matematik modellari va h.k, yetarlicha yaxshi ishlab chiqilgan.
Axborotlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishni boshqarish, qarorlar qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish kamroq rivojlangan. Ammo boshqaruvning samaradorligi nafaqat vazifalarni hal qilish usullariga, balki ko'proq darajada xo'jalik yuritish mexanizmi va davlat tomonidan tartibga solish tizimiga bog'liqdir. Shuning uchun xorijda foydalaniladigan boshqaruvning ko'pgina (strategik va operativ) modellarini O'zbekistonda hamma vaqt ham samarali qo'llash mumkin emas, bu narsa bozor munosabatlarini pishib yetilishining har xil darajasi bilan izohlanadi.
Menejment usullariga tashkilotlarni boshqarishning makroiqtisodiy nuqtai nazaridan qaralsa, shuni sezish mumkinki, boshqaruvning ilg'or usullari amalda bo'lgan va o'zgarib borayotgan xo'jalik mexanizmi doirasida faolroq tadbiq etiladi. Ammo agar menejment masalalarini hal qilishga qaralsa, o'zbek tashkilotlarining xorijiy firmalardan katta farqlarini hisobga olish zarur. Hozircha bizning tashkilotlarimizda boshqaruv apparati asosan ichki vazifalarni, ya'ni texnik-iqtisodiy va operativ-kalendar rejalashtirish, moddiy - texnik ta'minot va h.k. vazifalarni hal qiladi. Xo'jalik faoliyatining tahlili va fuksional - qiymat tahlil ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulot tannarxini pasaytirish maqsadida o'tkaziladi, ammo bunda iste'molchilar hali yetarlicha darajada hisobga olinmaydi.
Shunday qilib, menejment butun tashkilotga singib ketganday bo'ladi va amalda u faoliyatning barcha sohalariga ta'sir ko'rsatadi. Ammo menejment va tashkil qilishning o'zaro hamkorlikning butun turli-tumanligida faoliyatning menejment mazmunini tashkil qiluvchi chegaralarini yetarlicha aniq belgilash, hamda uning asosiy turlarini ajratish mumkin. Masalan,

Yüklə 21,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin