1-mavzu Mevachilik halq xo’jaligidagi ahamiyati, hozirgi ahvoli-fayllar.org
Yirik shaharlar, sanoat markazlarida, havo ko’pincha gaz, chang, zararli mikroorganizmlar bilan ifloslanadigan joylarda meva daraxtlarining o’rni juda katta. O’rmonda 1 m3havo tarkibida 490 ta bakteriya bo’lsa, katta shaharlar havosining 1 m3da 36000 ta bakteriya bo’ladi. Bir gektar bog’dagi daraxtlar yozda kuniga 8 kg karbonat angidrid gazi yutadi, buncha gazni esa 200 kishi nafas olganda chiqaradi. Bitta katta daraxt kuniga 2 kg ga yaqin kislorod ajratadi. Tosh yo’llar yoqasidagidaraxtlar o’tkinchi avtomashinalarchiqarish trubasidan ajraladigan karbonat angidrid gazining 30 % gacha qismini yutadi.1 Katta shaharlar havosining 100 m2 maydonida har oyda 1 kg/ga ifloslangan moddalar yeg’iladi, meva bog’lari barpo qilingan joylarda esa 300 g ga yaqin ifloslangan moddalar to’planadi. SHaharlarda bir gektar yerdagi meva daraxtlari kuniga o’rtacha 150 kg yoki yiliga 54 t/ga yaqin havodagi changni filьtrlaydi. Yozda yashil o’simliklar ekilgan joylardagi harorat shaharning ko’kalamzorlashtirilmagan joylar bilan taqqoclanganda 6-100S past, havo namligi esa (transpiratsiya tufayli) 30-40 % yuqori bo’ladi. Daraxtlarning bargi tutunni ushlab qoladi, bu bilan joyning havosini sog’lomlashtiradi. Daraxt va butalar shaharda shovqinni kamaytiradi, ya’ni 26 % ga kamaytiradi.
Ko’pgina meva o’simliklari havoga fitontsidlar (uchuvchi kimyoviy moddalar) ajratib chiqaradi, bular kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlarga halokatli ta’sir etadi.
Barglarning yashil rangi, ularning turli- tuman rangda bo’lishi, gullar, mevalar va xushbo’y hid ham nerv sistemasiga tinchlantiruvchi vosita tariqasida ta’sir etadi, kayfiyatni yaxshilaydi, odamning ish qobiliyatini oshiradi. Yashil o’simliklar havo ionizatsiyasiga va ulьtrabinafsha nurlarning ko’payishiga yaxshi ta’sir etadi, bu esa odamning sog’ligi uchun foydalidir.
Mevachilikning estetik ahamiyati ham kam emas. Ko’pgina daraxtlar (Pisard olxo’risi, Nedzvetskiy olmasi, anor, shaftoli va boshqalar) parklarga, bulьvarlarga, bino devorlari yoniga manzarali o’simlik sifatida ekilsa, bahorda, gullash davrida, mevalari g’arq pishgan paytda juda bir ajoyib manzara hosil qiladi.SHunday qilib bog’lar havoni tozalaydi, ya’ni aholi yashaydigan punktlar havosini sog’lomlashtiradi, odam eng yaxshi dam oladigan joy hisoblanadi. Ular odamlar kayfiyatini, hayot faoliyatini yaxshilaydi, tabiatga muhabbat uyg’otadi. SHuning uchun ham xalqda “bog’dorchilik -qishloq xo’jalik poeziyasidir” deb bejiz aytilmagan.Umuman, mevachilik daromadli soha. Rayonlashtirilgan meva ekinlari navlari va turlari joyning tuproq-iqlim sharoitlariga to’g’ri tanlanib joylashtirilsa, tuproqqa ishlov berish va o’simlikni parvarishi bilan bog’liq barcha agrotexnika ishlari o’z vaqtida va sifatli bajarilsa mevachilik o’simlikshunoslikning yuqori rentabelli, iqtisodiy ko’rsatkichlari yuksak tarmog’iga aylanadi
Respublikamizda meva va rezavor mevalar yetishtirish xajmi ortib bormoqda, lekin jon boshiga mevalarni istemol qilishning yillik xajmi atigi -70 kgni tashkil qilmoqda. Kelajakda mevalarni jon boshiga yillik istemoli Respublika Sog’liqni saqlash akademiyasi talabiga binoan- 81 kgni tashkil etishi lozim.
Bog’dorchilik maxsulotlarining oziqaviylik qiymati asosan ushbu meva va rezavor mevalarga insonlarning istemol talabiga bog’liq. 1kg meva, rezavor meva va uzum mevasi 440-450 kaloriya quvvatga ega bo’lib, bu insonlarni kunlik me’yorini 15%ni tashkil etadi. Ushbu mevalar vitaminlar, mineral va organik moddalarga boy bo’lib inson organizmi tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi.
Meva va rezavor meva o’simliklarining xosili respublikamiz axolisi istemol qiladigan eng asosiy oziq-ovqat maxsuloti xisoblanadi. Mevalarning istemol qilinadigan qismida 60 dan ortiq mineral birikmalar, shunindek uglevodlardan fruktoza, glyukoza, saxaroza, vitaminlar va organik kislotalar mavjud.
Ko’pchilik mevalarning istemol qilinadigan qismlarida 0,4-0,9% mineral moddalar, shunindek kaliy, natriy, kalьtsiy, magniy, temir, marganets, fosfor, yod, bor va boshqa zarur moddalar mavjud. Ushbu moddalar inson organizmidagi kislotalar me’yorlarini saqlashda va modda almashinuvida muxim o’rin egallaydi.