6. Tovar past kategoriyali hisoblanadi, agar:
A) Daromadga bog‘liq talab elastikligi – 0,5 ga teng bo‘lsa;
B) Narxga bog‘liq talab elastikligi – 1,3 ga teng bo‘lsa;
C) Kesishgan talab elastikligi – 0,7 ga teng bo‘lsa
D) Daromadga bog‘liq talab elastikligi – 1,3 ga teng bo‘lsa
7. Aytaylik, X tovar taklifi mutlaq noelastik bo‘lib, ushbu tovarga bo‘lgan talab oshsa, muvozanat narx:
A) Pasayadi, muvozanat hajm esa ko‘payadi;
B) Muvozanat hajm pasayadi;
C) Ko‘tariladi, muvozanat hajm esa pasayadi;
D) Ko‘tariladi, muvozanat hajm esa o‘zgarmasdan qoladi
8. Agar tovar taklifi noelastik bo‘lib, unga bo‘lgan talab qisqarsa, sotuvchining daromadi:
A) Oshadi;
B) Qisqaradi;
C) Talab elastik bo‘lsa qisqaradi;
D) Talab noelastik bo‘lsa qisqaradi.
Dostları ilə paylaş: |