1-mavzu. Model va modellashtirish tushunchalari


Modellashtirish bosqichlari



Yüklə 39,5 Kb.
səhifə3/6
tarix29.12.2021
ölçüsü39,5 Kb.
#49039
1   2   3   4   5   6
1. Model va modellashtirish tushunchasi. Model (2)

2. Modellashtirish bosqichlari. Biror ob'ektni matematik modellashtirish
masalasining qo‘yilishi aniq harakatlar rejasini yuzaga keltiradi. Uni shartli ravishda
uch bosqichga bo‘lish mumkin: model – algoritm – dastur.
Birinchi bosqichda ob'ektning matematik formada asosiy xossalarini u
bo‘ysunuvchi qonunlarni, qismlari uchun o‘rinli bog‘liqliklar va h.k. larni aks
ettiruvchi “ekvivalenti” tanlanadi (yoki quriladi). Matematik model (yoki uning
fragmentlari) nazariy metodlar yordamida tadqiq qilinadi, natijada esa ob'ekt haqida
dastlabki muhim ma'lumotlar olish mumkin.

Ikkinchi bosqich- modelni kompyuterda amalga oshiruvchi algoritm quriladi


(yoki tanlanadi). Model sonli metodlar qo‘llash uchun qulay shaklda tasvirlanadi,
izlanayotgan kattaliklarni berilgan aniqlikda (shartlarda) topish uchun zaruriy
hisoblash va mantiqiy operatsiyalar ketma-ketligi aniqlanadi.
Uchinchi bosqichda model va algoritmni komyuter tushunadigan tilga
“o‘giruvchi” dastur yaratiladi.
Ular uchun ham tejamlilik va moslashuvchanlik talablari qo‘yiladi.
Dasturlarni bevosita “tajriba qurilmasi” – kompyuterda sinash uchun yaroqli
bo‘lgan, o‘rganilayotgan ob'ektning “elektron” ekvivalenti, modeli deb atash ham
mumkin.
“Model – algoritm – dastur” uchligi tadqiqotchi qo‘lida universal, egiluvchan
va arzon vositaga aylanib, u avvalo “sinov” hisoblash tajribalarida to‘g‘rilanadi va
testlanadi. Keyin modelning berilgan ob'ektning barcha zaruriy sonli va sifat
xossalarini aniqlovchi turli – tuman va to‘la “sinov” lar o‘tkaziladi.
Modellashtirish jarayoni, kerak bo‘lsa, uchlikning barcha bo‘g‘inlarini
(bosqichlarini) yaxshilash va aniqlashtirish bilan birga olib boriladi.

Yüklə 39,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin