Moliya mexanizmi – taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlarining keng tizimini amalga oshirish, daromad va jamg’armalarni tashkil qilish, markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini tuzishni ta’minlovchi shakl va usullar majmuidir. Moliya mexanizmi murakkab bo’lib, unga turli moliyaviy munosabatlarga xos elementlar kiradi. Aynan moliyaviy munosabatlar o’zaro aloqalarning ko’pligi ularni tashkil etishning turlari, shakllari va usullarini (moliya mexanizmi elementlarini) ko’p miqdorda qo’llashni taqazo etadi.
Davlat o’zining ijro qiluvchi va qonun chiqaruvchi organlari yordamida iqtisodiy qonunlar ta’sirini chuqur o’rganish, moliyaning rivojlanish qonuniyatlarini o’rganish, iqtisodiy va moliyaviy siyosat vazifalarini o’rganish asosida ichki mahsulot va milliy daromadni taqsimlash usullarini o’rnatadi, pul jamg’armalarining shakllarini belgilaydi, to’lov va ajratmalar turlarini ishlab chiqadi, davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish yo’nalishlari va tamoyillarini ishlab chiqadi.
Moliya mexanizmini ma’muriy va tartibga soluvchi mexanizmlarga bo’lishimiz mumkin.
Direktiv (ma’muriy) moliya mexanizmi – davlat ishtirok etadigan moliya munosabatlari: soliqlar, davlat krediti, byudjet xarajatlari, byudjetdan moliyalashtirish, byudjet qurilmasi va byudjet jarayonini tashkil qilish, moliyaviy rejalashtirishni tashkil etishning barcha tizimlarini batafsil ishlab chiqilishini nazarda tutadi. Ayrim hollarda boshqa, ya’ni butun moliya siyosatini amalga oshirilishida katta ahamiyatga ega bo’lgan (korporativ qimmatli qog‘ozlar bozori) moliya munosabatalariga yoki bunday munosabat tomonilaridan biri – davlatning vakili bo’lganda (davlat korxonalari moliyasi) ham tadbiq etiladi.
Tartibga soluvchi moliya mexanizmi –davlat manfaatlariga bevosita ta’sir qilmaydigan moliya munosabatlarida qo’llaniladi. Moliya mexanizmining bunday xilma-xilligi xususiy korxonalarda ichki xo’jalik moliya munosabatlarini tashkil qilish uchun xarakterlidir.
Moliya mexanizmi quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi: