Majburiy tibbiy sug’urta – quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
– ishlovchi fuqarolar uchun badallar ish joyidan majburiy undiriladi;
– mehnatga layoqatsiz fuqarolar uchun tegishli byudjet mablag’lari hisobidan.
Majburiy tibbiy sug’urta aholi uchun bepul hisoblanadi. Har bir ishlovchi fuqaro, ishlamaydigan pensioner sug’urta polisiga ega. Bu polis ularning kelgusida tibbiy xizmat turlaridan foydalanishga imkon beradi.
Majburiy tibbiy sug’urta o’z xohishingizga ko’ra davolanish imkonini bermaydi. Biroq, sog’liqni saqlash organlari faoliyatining aksariyati ijtimoiy soha tashkiloti bo’lganligi sababli ushbu xizmatlarning bir qismi imtiyozli tarzda beriladi.
Tibbiy sug’urtada sug’urta hodisasi yuz berganda sug’urta badallari hisobidan jamg’arilgan mablag’lar va oldini olish tadbirlarni moliyalashtirish mablag’lari hisobidan tibbiy yordamning kafolatlanishidan iborat.
Ixtiyoriy tibbiy sug’urta – sug’urta tashkiloti va tibbiy muassasalarning o’zaro kelishuvi asosida tuziladi. Mazkur sug’urta shartnomasi fuqarolar bilan alohida tuziladi va ular to’lovlarni amalga oshirishlari bilan kuchga kiradi. Ixtiyoriy tibbiy sug’urta yakka tartibda ham, jamoa shartnomasi shaklida ham amalga oshirilishi mumkin.