1. Ona tili darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalar Ona tili fanini o'qitish jarayoni



Yüklə 0,77 Mb.
tarix07.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#126115
Gulqamar


1. Ona tili darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalar
2.Ona tili fanini o'qitish jarayoni
Ona tili darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalar.
REJA:
Ona tili fanini o'qitish jarayonini yanada takomillashtirish borasida o'z yechimini kutayotgan bir qator dolzarb muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda.Jumladan: -ona tili fanini o'qitishda asosan nazariy maʼlumotlarga e'tibor berilgan bo'lib, o'quvchining nutqiy kompetensiyasini shakllantirishga yetarlicha diqqat-e'tibor qaratilmagan; -ona tili fanida o'qitiladigan mavzular sinflar kesimida tahlil qilinganda, o'quvchi uchun murakkab bo'lgan ko'plab grammatik mavzularning borligi;
-o'quvchilar darsliklardagi mavzularni o'zlashtirishida intilish, ishtiyoq, maylni paydo qiladigan, mantiqiy, kreativ, ijodiy fikrlashga chorlovchi mashqlar, “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz 60 Volume-8, Issue-3, April - 2022 topshiriqlar bugungacha oʻz aksini topmagan; umumiy o'rta ta'lim maktablarida ona tili fanini o'qitishning yangi, samarali metodlari, ilg'or pedagogik texnologiyalarini keng joriy etish talab darajasida emas; -ona tili fanining ilmiy metodik ta'minoti yetarli darajada ishlab chiqilmagan; -o'qituvchi va pedagoglarning metodik ta'minotini takomillashtirish, ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari va mutaxassislar uchun masofadan o'qitish kurslari keng joriy qilinmagan;
-mavjud oliy ta'lim muassasalarida ona tili fani yo'nalishida o'qituvchi, pedagog, kadrlarni tayyorlash sifati hozirgi kun talablariga xos kelmasligi ona tili fanini oʻqitishni tubdan qayta ko'rib chiqish va zamon talabiga mos tarzda yangilashni taqozo etmoqda.
Ona tili fanidan "Gapning ikkinchi darajali bo'laklari mavzusi o'rganilgandan so'ng o'quvchilarga "Guruhlarda ishlash texnologiyasi" yordamida "Men to'ldiruvchiman!" mavzusida ijodiy matn tuzish beriladi. Ushbu metod yakka tarzda, kichik yoki yakka tartibda, kichik yoki katta guruhlar tomonidan ham amalga oshishi ham mumkin.
Mavzu borasidan matn o'quvchilar yordamida taqdim etiladi. Bu texnologiya yordamida o'quvchilarning jamoada ishlash malakalari shakllantiriladi, xotirasi mustahkamlanadi, yozma yoki og'zaki savodxonligi o'stirilib, ijodiy matn yaratish ko'nikmasi yanada mustahkamlanadi. Ona tili darslarida o'quvchilarning yozma nutqi va imloviy savodxonligini mustahkamlash niyatida matn yaratish borasidan ko'pgina qiziqarli topshiriqlar taqdim etish mumkin.
Shuningdek, "Morfologiya" bo'limini o'tish vaqtida har bir so'z turkumi borasidan grammatik ertak to'qish vazifasi berilsa, o'quvchilarning grammatik savodxonligi yaxshilash bilan birgalikda mantiqiy mushohada qilish qobiliyati takomillashadi, ijodkorligi oshadi. Bugungi kunda innovatsion texnologiyalardan foydalanish sohasidagi muhim yoʼnalishlardan biri interfaol taʼlim va tarbiya metodlarini joriy etishdan iborat.
Innovasion texnologiyalar ta'lim sifati va samaradorligini yanada takomillashtirib, ta'lim jarayonining markaziga o'quvchi va talabalarning o'quv bilish faoliyatini oshirishga yordam beradi, ta'lim jarayoni yaxlitligini ta'minlaydi. O'quvchi faoliyatining yuqori darajadagi ko'rsatkichi, o'quv-bilish faoliyatini tashkil qilish, iroda va faoliyatning o'quvchi ongining predmetiga aylanishdir.
O'qituvchi dars vaqtida boshqa ma'lumotni taqdim qilish bilan bir qatorda internet ma'lumotlari, multimedia dasturlari, jadvallar va shunga o'xshash mavzuga doir qo'shimcha ma'lumotlarni ko'rsatib o'tsa, bu nafaqat o'quvchilarning darsga bo'lgan intilishini oshiradi, balki o'quvchilarning erkin o'qishini talab darajasida rivojlantirishiga, mavzuni imkon darajasida to'la o'zlashtirishiga ham yordam beradi. Innovatsion texnologiyalarni qoʼllash natijasida oʼquvchilarning erkin fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, oʼz g'oyasini bayon etish, uni asoslangan tarzda himoya qila bilish, sogʼlom muloqot, munozara, bahs olib borish malakalari takomillashib, shakllanib boradi.
Xulosa qilib aytganda, ona tili darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishdan assosiy maqsad, o'quvchilarni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashish, mas'uliyatni sezish, tahlil qilish ona tili darslarini yanada kengaytirish ushbu yo'lda innovatsion texnologiya va metodlardan foydalanishni kuchaytirishdir.
Innovasion texnologiyalarnii ta'lim jarayoniga joriy qilish, ta'lim samaradorligini yanada shakllantirish uchun tinimsiz izlanish hozirgi kunning ehtiyojiga aylanmoqda. Yangi texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq qilish pedagoglar oldida turgan muammolardan biri hisoblanadi.
Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin