1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari



Yüklə 376,92 Kb.
səhifə72/94
tarix30.06.2023
ölçüsü376,92 Kb.
#135562
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   94
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo (1)

1. Togri (bevosita) soliqlar. Ularning tarkibiga yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to’lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar, yagona soliq to’lovidan (mikrofirmalar va kichik korxonalar bilan birgalikda) Davlat byudjetiga ajratmalar, jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq va tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan qat’iy soliq kiradi.
2. Egri (bilvosita) soliqlar. Bu soliqlarning tarkibi qo’shilgan qiymat solig’I, aksizlar, bojxona bojlari, jismoniy shaxslardan olinadigan yagona boj to’lovi, transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan olinadigan soliqdan iborat.
3. Resurs tolovlari va mol-mulk soligi. Bu guruhga kiruvchi soliqlar va to’lovlar mol-mulk solig’I, yer solig’I, yer osti boyliklaridan foydalanganlik va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni o’z ichiga oladi.
4. Ustama foydadan olinadigan soliq.
5.Boshqa daromadlar.
O’zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko’ra, davlat byudjetining daromadlari ikki guruhga bo’linishi mumkin:
– xo’jalik yurituvchi subyektlardan olinadigan daromadlar;
– aholidan tushumlar.
Mulkchilik shakliga ko’ra, Davlat byudjetining daromadlari quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:
– nodavlat sektordan olinadigan daromadlar;
– davlat xo’jaliklaridan olinadigan daromadlar;
– aholidan olinadigan mablag’lar.
Byudjet daromadlarining yuqorida sanab o’tilgan har bir guruhlari daromadlarning manbalari, to’lovlarning turlari va hokazolar bo’yicha kichik guruhlarga bo’linishi ham mumkin. Masalan, davlat xo’jaliklaridan olinadigan daromadlarga davlat korxona va tashkilotlarining to’lovlari, davlat mulkini sotishdan olinadigan daromadlar, davlat tashkilotlari tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar kiradi. Aholidan byudjetga kelib tushadigan mablag’lar esa soliqlar va boshqa ixtiyoriy to’lovlardan iborat bo’lishi mumkin.
O’z navbatida, har bir kichik guruhlarga biriktirilgan davlat byudjetining daromadlari tushumlarning alohida turidan iborat.
Masalan, davlat korxonalari tomonidan byudjetga o’tkaziladigan daromadlarning tarkibiga qo’shilgan qiymat, aksiz, daromad (foyda) soliqlari va boshqalar kiradi. Shuningdek, davlat mulkidan olinadigan daromadlar tarkibi bojxona daromadlaridan, egasiz va musodara qilingan mol-mulkni, talab qilib olinmagan yuklar va pochta jo’natmalarini, meros huquqi bo’yicha davlatga o’tgan mol-mulklarni realizasiya qilishdan olingan tushumlardan iborat. Davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlarga davlat avtomobil inspeksiyalari tomonidan undiriladigan yig’imlar, tovar belgilarini qayd etganlik uchun yig’imlar, o’lchov asboblarini davlat tekshiruvidan o’tkazilganligi uchun haq, sud va arbitraj organlari hamda notarial idoralari tomonidan aholiga ko’rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan haq va boshqalar kiradi.
Davlat byudjetining daromadlari majburiy yoki ixtiyoriy tarzda jalb qilinishi ham mumkin. Bunda da romadlarni majburiy shaklda jalb qilish hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Ixtiyoriy shakldagi to’lovlarga davlat obligatsiyalarini va pul-buyum lotareyalarini realizasiya qilishdan olingan tushumlar kiradi. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi majburiylik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ma’lum bir mablag’lar belgilangan muddatlarda byudjetga o’tkazilishi zarurligini anglatadi. U yoki bu to’lovni qonun tomonidan majburiy deb e’tirof etilishi to’lanmagan so’mmalarning majburiy undirilishini ko’zda tutadi. Bu holat byudjetning ijrosi uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lib, mablag’larni to’liq va o’z vaqtida byudjetga mobilizatsiya qilishga (jalb etishga) yo’naltirilgan.
Subyektlarning daromadlari davlat byudjeti ixtiyoriga ikki xil metodlarni qo’llash evaziga olinishi mumkin:
1) soliqli metodlar;
2) nosoliqli metodlar.
Soliqli metodlar uchun mablag’larning davlat byudjeti foydasiga aniq belgilangan miqdorlarda va oldindan o’rnatilgan muddatlarda undirilishi xarakterlidir. Soliqlarning undirilishi mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsuloti va milliy daromadining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi bilan bog’liq. Ular yordamida xo’jalik yurituvchi subyektlar va aholiga tegishli bo’lgan mablag’larning bir qismi davlat ixtiyoriga o’tkaziladi. Soliqlarning tarkibiga qo’shilgan qiymat, aksiz, daromad (foyda), yer, mol-mulk soliqlari va boshqa soliqlar kiradi.
Nosoliqli daromadlar davlatga tegishli bo’lgan korxona va tashkilotlardan olinadigan to’lovlardir.
Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarilishini talab etmaydigan mablag’lar ham Davlat byudjetining daromadlari bo’lishi mumkin. Biroq ayrim to’lovlar davlatning ixtiyoriga vaqtinchalik foydanish uchun o’tkazilishi ham mumkin. Bunday holda davlat olingan mablag’larni sarf etsa-da, u bu mablag’larni belgilangan muddatlarda va to’liq ravishda qaytarishga majbur. Ana shunday byudjet daromadlarining ko’rinishlaridan biri davlat obligatsiyalarini realizasiya qilishdan olingan tushumlar hisoblanadi.
Davlat byudjetining daromadlariga ular shartli ravishda, faqat shu yilning byudjeti daromadlari nuqtai-nazaridan kiritilishi mumkin.
Davlat byudjeti daromadlarining deyarli barchasi sarflanish nuqtai-nazaridan oldindan mo’ljallangan maqsadlarga ega emas. Ular umumiy fondga tushiriladi va odatdagi moliyalashtirish tartibida foydalaniladi. Byudjet daromadlarining faqat ba’zi birlarigina oldindan belgilangan maqsadlar uchun mo’ljallangan. Ularning tarkibiga ijtimoiy sug’urta badallarini kiritish mumkin.
Soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va majburiy ajratmalarning alohida shakllari va turlarining yig’indisi davlat byudjeti daromadlarining yagona tizimini shakllantiradi. Turli subyektlardan kelib tushadigan davlat byudjetining daromadlari umumdavlat ehtiyojlarini ta’minlab, bir-biri bilan o’zaro bog’langandir.
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibi va uning tuzilmasi doimiy bo’lmasdan, ular mamlakat taraqqiyoti va davlatning oldidagi vazifalarning o’zgarishiga muvofiq ravishda o’zgarib boradi.
Shuningdek, davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilmasida to’g’ri (bevosita) soliqlar ham o’z o’rniga ega. Ular yordamida byudjet daromadlarining deyarli asosiy qismi tashkil topayapti. Uning asosiy qismi (jami to’g’ri (bevosita) soliqlarning 56,5%) esa jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining hissasiga to’g’ri kelayapti. Bu yerda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i ham shu guruhga kiruvchi boshqa soliqlarga nisbatan byudjet daromadlarini shakllantirishda alohida rol (73,1%) o’ynamoqda.
Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i yordamida davlat byudjeti daromadlarining 18,3% ga yaqini tashkil topayapti. Uning asosiy qismi (shu guruhga kiruvchi soliqlarning 57,0%) yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqqa to’g’ri kelayapti. Milliy iqtisodiyotda qo’llanilayotgan davlat byudjeti daromadlari tizimining samaradorligi mablag’larning byudjetga tushumini tashkil etishga bevosita bog’liq.



Yüklə 376,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin