Byudjet daromadlari – davlatning markazlashgan moliyaviy resurslarining bir qismi bo’lib, uning faoliyati va funksiyalarini to’laqonli amalga oshirishi uchun zarurdir. Unitar davlatlarda byudjet daromadlari markazlashgan va mahalliy daromadlarga (O’zbekiston Respublikasi), federal davlatlarda esa federal va mahalliy daromadlarga bo’linadi (RF).
Davlat byudjetining asosiy manbai soliq daromadlari (SD), agarda uning tanqisligi kuzatilsa milliy boylik (MB) hisoblanadi.
Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo’lib, ular oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan daromadlar va jamg’armalarning bir qismini byudjetga o’tkazilishi natijasida vujudga keladi. Byudjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’lari tashkil etadi. Bu moliyaviy (byudjet) kategoriyaning namoyon bo’lish shakli byudjetga borib tushuvchi turli soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va ajratmalardan iborat.
Miqdoriy jihatdan Davlat byudjetining daromadlari yaratilgan yalpi ichki mahsulot(YaIM)da davlatning ulushini ko’rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog’i mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti (milliy daromadi)ning umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda Davlat byudjetida mablag’larni konsentrasiya qilish (to’plash, yig’ish) miqdori va ularni undirishning shakl va metodlari aniqlanadi.
Byudjetning daromadlar qismini to’ldirishning manbalaridan biri byudjet tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag’larni oluvchi byudjetning daromadlarida o’z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, halqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda o’tkazilayotgan mablag’lar ham byudjetning shunday daromadlari tarkibiga kiradi.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakllanadi: