1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari



Yüklə 323,77 Kb.
səhifə2/94
tarix29.06.2023
ölçüsü323,77 Kb.
#135533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

2. Moliyaning funksiyalari

Moliya iqtisodiy kategoriya bo’lib, hozirda ijtimoiy-siyosiy tuzumi turlicha bo’lgan davlatlar tomonidan birdek foydalanilmoqda. Bu kategoriya boshqa iqtisodiy kategoriyalar (pul, foyda, tannarx, qiymat, kredit va h.k.) kabi jamiyatdagi ma’lum munosabatlar, mehnat mezoni va iste’mol me’yori, ishlab chiqarishni rag’batlantirish, milliy daromadni taqsimlash kabi munosabatlarning mohiyatini ifodalaydi.


Moliya jamiyatda tovar-pul munosabatlarining mavjudligi bilan izohlanadi. Moliyaviy munosabatlarning rivojlanishi jamiyatdagi mehnat taqsimoti, mulkchilik shakllari, xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy-huquqiy faoliyatining iqtisodiy jihatdan mustaqilligi hamda tashqi iqtisodiy aloqalari bilan ham bog’liq. Milliy daromadning taqsimlanishi pul shaklida amalga oshiriladi, ammo pul moliya munosabatlarining barcha tomonlarini o’z ichiga olmaydi. Moliya munosabatlari asosan, davlat hamda korxonalarning pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish masalalaridan aks etadi. Shuning boisdan moliyaning rivojlanishi bu davlatning rivojlanishi va uning moliyaviy zahiralarga bo’lgan ehtiyoji bilan bevosita bog’liqdir.
Moliyaning mohiyati, uning iqtisodiy kategoriya sifati ijtimoiy munosabatlar orqali ko’rinib, o’ziga xos vazifani bajaradi. Davlat va xo’jalik yurituvchi subyektlarning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo’lgan pul mablag’laridan markazlashgan fondni tashkil qilish, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlar jarayonida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish ustidan nazorat va ijtimoiy mahsulotning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi sodir bo’ladi.
Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo’ladi. Funksiya – muayyan obyektning tashqi xususiyati bo’lib, tizim elementlarining o’zaro munosabatlarida jarayon sifatida aks etadi. Iqtisodiy kategoriyalarni funksiyasi iqtisodiy munosabatlarning hatti-harakatini o’zida aks ettiradi, ya’ni, funksiya – iqtisodiy kategoriyaning muayyan xususiyatlarining namoyon bo’lishidir.
Moliyaning funksiyalari turli adabiyotlarda turlicha ko’rsatilgan holda bahsli masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Xususan, A.M.Birman moliyaning quyidagi funksiyalarini e’tirof etadi1:
– xo’jalik yuritish jarayonini pul mablag’lari bilan ta’minlash
– nazorat
– taqsimlash
A.M.Aleksandrov va E.A.Voznesenskiylar moliyaning quyidagi funksiyalarni ko’rsatib o’tishgan2:
– pul fondlarini shakllantirish;
– shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish;
– nazorat .
Moliya qiymat taqsimoti va uning nazoratini yaxlit ifodalovchi kategoriya hamdir. Shuning uchun ham aksariyat adabiyotlarda uning quyidagi ikkita funksiyasi ajratib ko’rsatiladi:
taqsimot funksiyasi – jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida turli moliyaviy tizimlar amal qiladi. Mavjud iqtisodiy munosabatlar ham goh muvaffaqiyatli, gohida esa muvaffaqiyatsiz amal qiladi, biroq moliya har qanday sharoitda ham taqsimlash funksiyasini bajaradi. Mamlakatning YaIM va MD taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog’liq munosabatlardan iborat. YaIM qiymati MD va zahira fondidan iborat. Zahira fondi, amortizasiya ajratmalari va moddiy sarflardan iborat. YaIM – iqtisodiy tizimlarning yil davomida yaratgan tovar va xizmatlarining jami qiymatidir. Yalpi ichki mahsulotni taqsimlash jarayoni turli xil moliyaviy dastaklar: me’yorlar, stavkalar, tariflar, ajratmalar va boshqa moliyaviy dastaklar vositasida amalga oshiriladi. Mikrodarajada esa, uning manbai korxonalar pul daromadlari va jamg’armalari hisoblanadi. MD – mamlakat bo’yicha xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyat natijasi (ish haqi, renta, foyda).
MD tarkibiga quyidagilar kiradi:
Jamgarma fondi – ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, qurilish va madaniy-oqartiruv tadbirlarini moliyalashtirishga qaratilgan.

Yüklə 323,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin