1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari


Davlat xarajatlarining tashkiliy tuzilishi



Yüklə 323,77 Kb.
səhifə56/94
tarix29.06.2023
ölçüsü323,77 Kb.
#135533
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

Davlat xarajatlarining tashkiliy tuzilishi. Davlat xarajatlarni o’zaro chambarchas bog’langan konkret turlarini majmui davlat xarajatlarining tizimini ifodalaydi. Bu tizim, davlat orqali belgilangan ma’lum tamoyillar asosida tashkil etiladi. Ulardan asosiylari quyidagilar:

  • berilgan mablag’larni ko’zda tutilgan maqsadlarga yo’naltirish va ishlatish (iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejalaridagi qat’iy belgilangan chora-tadbirlarga davlat mablag’larini yo’naltirish). Bu bilan hududiy va xalq xo’jaligining ayrim tarmoqlarini rivojlanishida tasdiqlangan mutanosiblikni saqlanishi bilan amalga oshiriladi va birinchi navbatda ilmiy-texnik taraqqiyotini aniqlaydigan va asosiy ijtimoiy muammolarni hal qiluvchi istiqbolli tarmoqlarni rivojlanishiga mablag’lar ajratish;

  • davlat resurslarini qaytmasligi – bu korxonalar va tashkilotlarni ta’minoti uchun davlat byudjetidan ajratilgan pul mablag’larini qaytarishga zaruriyat yo’qligi. Kredit usulida moliyalashtirishni farqligi – bu kredit oluvchi kreditga bergan mablag’larga belgilangan vaqtda va ulardan foydalanganligi uchun tasdiqlangan foizlar bilan korxona o’z foydasidan davlatga qaytarishi zarur;

  • iqtisod tartibiga rioya qilish – byudjet, kredit va o’z mablag’lari hisobidan davlat xarajatlarini moliyalashtirishda optimal birlikni saqlash. By rejalarni bajarish me’yorida davlat xarajatlarini moliyalashtirish faqat ishlab chiqarish ko’rsatkichlari bajarilganda hamda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish tartibi asosida moliyaviy resurslar ajratilishi ko’zda tutiladi.

Davlat xarajatlarining ayrim turlari iqtisodiy mazmuni va ahamiyati bo’yicha har xil. Bu har xillik xarajatlarni moliyalashtirishning usullari, shakllari va manbalarida ifodalanadi.
Davlat xarajatlari iqtisodiy jihatidan quyidagi uch asosiy guruhga bo’linadi:
1. Birinchi guruh ishlab chiqarish xarajatlari – bu davlatning mulki, boyligini ko’paytiradi yoki xususiy xo’jaliklarni iqtisodiy asoslarini mustahkamlaydigan xarajatlardir yoki boshqacha qilib aytganda davlatni xo’jalik faoliyatini ta’minlash va milliy daromadni yaratilishi bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish sohasiga tegishli xarajatlardir. Davlat xarajatlarini jamg’arish fondi bilan iste’mol fondi orasidagi optimal taqsimlanishi davlatning iqtisodiy siyosatining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
2. Ikkinchi guruhdagi xarajatlar milliy daromadni iste’mol qilinishi bilan bog’liq bo’lib, jamiyatning nomoddiy ehtiyojlarini qondirishga yo’naltiriladi. Noishlab chiqarish sohasiga qilinadigan xarajatlar miqdoriy jihatdan ifodalash murakkab bo’lgan natijani bermasada, davlatning ijtimoiy manfaatlari uchun juda muhim hisoblanadi. Noishlab chiqarish sohasiga sarflanayotgan davlat byudjetining mablag’lari, avvalo, aholini ijtimoiy himoyaga olish fan va ta’lim, madaniyat, tibbiy xizmatlari, jismoniy tarbiya va sport, tabiatni muhofaza qilish va ekologik sharoitni yaxshilash hamda boshqa madaniy chora-tadbirlarga yo’naltirilgan. Undan tashqari davlat xarajatlari mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga va samarali boshqarishga ham yo’naltiriladi.
3. Uchinchi guruh davlat rezervlarini shakllantirish xarajatlari bo’lib, xoh ishlab chiqarish, xoh noishlab chiqarish sohalarida favqulodda zaruriyat tug’ilganda uni bartaraf qilish uchun va muammoni hal qilish uchun yo’naltiriladi.
Davlat xarajatlarining ushbu guruhi o’zaro uzviy bog’langan. Iqtisodiy mazmuni bo’yicha davlat xarajatlarini turkumlash muhim ahamiyatga ega, chunki milliy daromadni taqsimlash vositasi sifatida ijtimoiy takror ishlab chiqarishni moliyalashtirishda xarajatlarning ahamiyatini aniqlashga imkon yaratadi. Davlat xarajatlari quyidagi shakllarda moliyalashtiriladi:
– o’zini-o’zi moliyalashtirish (davlat korxonalari xarajatlarini o’z moliyaviy resurslari evaziga moliyalashtirishi);
– byudjet orqali moliyalashtirish (umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan xarajatlarni moliyalashtirilishini ta’minlash);
– kredit orqali moliyalashtirishni ta’minlanishi (bir tomondan davlat korxonalari o’z joriy va investision xarajatlarini qoplash uchun olingan bank ssudalarini ishlasa, ikkinchi tomondan esa davlatni turli darajadagi boshqaruv organlari davlat krediti shaklida moliyaviy bozordan pul mablag’larini jalb qiladi).
Davlat xarajatlarining moliyaviy ta’minotini yuqorida ko’rsatilgan shakllari orasidagi oqilona nisbati iqtisodiy manfaatini to’g’ri balansini topishiga imkon yaratadi va har bir shaklni qo’llashdan yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydi.



Yüklə 323,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin