1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo
3. Mahalliy byudjetdan tashqari fondlar Byudjetdan tashqari fondlar quyidagi manbalar hisobidan shakllanadi:
– fuqarolar, xo’jalik yurituvchi subyektlar va jamoat tashkilotlarining ixtiyoriy badallari;
– mahalliy zayomlar, pul-buyum lotareyalari va auksionlar.
Mahalliy byudjetdan tashqari fondlarni tashkil qilish bo’yicha mahalliy hokimiyat organlari qaror qabul qiladi. Banklarda maxsus hisob raqam ochiladi. Byudjetdan tashqari fondlar quyidagi maqsadlarga yo’naltiriladi:
Ijtimoiy maishiy obyektlar qurilishi;
Joriy moliya yilida rejalashtirilgan qurilishlar (kapital xarajatlar);
Mahalliy byudjetning to’lov qobiliyatini oshirish uchun;
Mahalliy byudjet smetalarida ko’zda tutilgan mablag’lar, yetishmagan taqdirda byudjetdan tashqari fondlar quyidagi masalalarini hal etish uchun yo’naltiriladi:
Xo’jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolarning hududiy boshqaruv organlari bilan aloqadorligini kuchaytirish;
Hududning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish;
Mahalliy hokimiyat organlarining xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy faoliyatini mustahkamlashda ishtirokini kengaytirish;
Ijtimoiy va maishiy infratuzilmalarni kengaytirish.
O’z-o’zini nazorat va muhokama uchun savollar: O’zbekiston Respublikasida mahalliy byudjetlar deganda nimalarni tushunasiz?
O’zbekiston Respublikasida mahalliy byudjetlar mablag’larni qanday taqsimlaydi?
O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimi qaysi mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi?
O’zbekiston Respublikasida mahalliy byudjetlarning asosiy daromadlari nimalardan ibarat?
O’zbekiston Respublikasida mahalliy byudjetga soliqlarning ta’siri qanday?
O’zbekiston Respublikasida mahalliy byudjetga davlat kreditining o’rni?