1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari


Halqaro moliya(ning) asoslari va rivojlanish tendensiyalari



Yüklə 323,77 Kb.
səhifə92/94
tarix29.06.2023
ölçüsü323,77 Kb.
#135533
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

2. Halqaro moliya(ning) asoslari va rivojlanish tendensiyalari

Halqaro moliya halqaro moliya bozorlari, halqaro bank faoliyati, halqaro korporasiyalarning moliyasi, qimmatli qog‘ozlar portfelini boshqarish va shular bilan bog’liq munosabatlarni o’rganadi. Bundan tashqari, halqaro moliya umumjahon darajasidagi moliyaviy operatsiyalar va ularning o’zaro aloqadorligi, yirik industrial davlatlar, rivojlanayotgan yoki o’tish davlatlarida ularning qanday xususiyatlar kasb etishini va ulardagi doimiy o’zgarishlarni tushuntiradi.


“Halqaro moliya”ga doir xorijiy adabiyotlarda halqaro moliya bozorlari va risklarni boshqarish, TNK va to’g’ridan-to’g’ri investisiyalar, halqaro qarz inqirozlariga asosiy urg’u beriladi. Shuningdek, halqaro moliya doirasida dunyo mamlakatlarining halqaro moliya tizimidagi o’rni, holati, tashqi moliyalashtirish mexanizmi, rivojlanayotgan moliya bozorlarining xususiyatlari ko’rib chiqiladi.
XXI asrning boshlarida milliy xo’jalik aloqalarining integrasiyalashuvi bilan, globalizasiya jarayonlarining jadallashuvi yuz berdi. Globalizasiya natijasida jahon xo’jaligining tarkibiy qismiga aylanib borayotgan mamlakatlarning soni ortib bormoqda. Bu milliy darajadagi huquqiy, iqtisodiy hamda texnologik to’siqlar yo’qolishiga, uning o’rniga halqaro iqtisodiy xo’jalikning umumiy iqtisodiy qonuniyatlari va halqaro xo’jalikning funksional aloqalarini tatbiq etilishiga olib kelmoqda.
Mamlakatlar hayotidagi globalizasiya – iqtisodiy munosabat- lardagi tovarlar, xizmatlar, kapital hamda fond bozorlaridagi savdo va siyosatga doir tartiblarning tobora erkinlashuvi orqali namoyon bo’lmoqda. Tashqi savdo aloqalari erkinlashtirilayotgan mamlakatlar soni yil sayin ortib bormoqda.
Jahon iqtisodiy tarixida moliyaviy muhitining shakllanishiga ta’sir etgan sezilarli o’zgarishlar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  1. 1957 yili Londonda Britaniya hukumatining funt sterling ustidan nazorat o’rnatishiga javob tariqasida yevrodollar bozorining yuzaga kelishi;

  2. 1958 yilda dastlab, «Umumiy bozor» deb atalgan Yevropa Iqtisodiy Hamkorligi (YeIH) – hozirgi Yevropa Ittifoqining (YeI) tashkil topishi;

  3. Amerika korporasiyalari xorijiy faoliyatlarini kengaytirishga intilishi(1950 yillardan boshlab). Jahon bozorida Yevropa va Yaponiya korporasiyalari faoliyatining sezilarli o’sishi, shuningdek, halqaro maydonda Amerika korporasiyalari bilan ushbu mamlakatlar o’rtasida raqobatning kuchayishi;

  4. O’tgan asrning 60-yillarida Yaponiya iqtisodiyotini tez sur’atlar bilan o’sishi, uzoq Sharq biznes faoliyatida yangi imkoniyatlarning ortishi;

  5. 1971-1973 yillarda Brettonvud tizimini qulashiga olib kelgan jahon moliya inqirozlari, valyutaning belgilangan kursi tizimidan, suzuvchi valyuta kurslariga o’tish;

  6. 1971-1979 yillardagi birinchi va ikkinchi neft inqirozlari jahon iqtisodiy tizimiga bosim o’tkazishi. Ushbu sanalarda neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) neft narxini sezilarli darajada oshirshi;

  7. Rivojlanayotgan mamlakatlarning 1982 yilda tashqi qarzlarga xizmat ko’rsatishi bilan bog’liq jahon qarzdorlik inqirozining boshlanishi;

  8. 1980 yillarda Yaponiyaning halqaro moliyaviy kuch va jahon kapitalining manbasi sifatida yetakchi mamlakatga aylanishi;

  9. 1987 yilda yettita mamlakatning (“Katta yettilik”) Parijda Luvr bitimini imzolashi. Ular o’z valyuta kurslarining dollarga nisbatan tor tebranish doirasida sun’iy ravishda almashtirish orqali, kuchsizlanib borayotgan dollarni qo’llab-quvvatlashni rejalashtir- dilar. Shuningdek, ushbu mamlakatlar kelishilgan iqtisodiy siyosat yuritishni mo’ljalladilar;

  10. 1987 yilda YeI yagona Yevropa aktini qabul qilish orqali 1992 yilda yaxlit Yevropa bozorini tashkil qilishni rejalashtirilishi. Bunda, mazkur tashkilotning G’arbiy Yevropa moliyaviy va iqtisodiy holatiga sezilarli ta’sir etishi kutildi;

  11. 1989-1992 yillarda Sharqiy Yevropa mamlakatlari o’z siyosiy yo’nalishlarini o’zgartirishi. Ularning kommunistik dunyo qarashdan ko’p partiyaviylikka, markazdan rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishi, jahondagi siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy holatga chuqur ta’sir etdi;

12) 1992 yildan keyin yaxlit Yevropa bozorining yuzaga kelishi, 1993 yil noyabr oyidan erkin savdo bo’yicha Shimoliy Amerika bitimining kuchga kirishi, 1993 yilda Osiyo tinch okeani iqtisodiy hamkorligi konferensiyasi va boshqa jarayonlar, o’tgan asrning 90-yillarida hududiy rivojlanishni jadallashtirdi.
13) Yevropa Ittifoqining yagona valyutasi – Yevroning muomalaga kiritilishi, xorijiy valyuta zaxiralarining diversifikasiya darajasi, valyutaviy bitimlar hajmi va ko’lamiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatdi. Shuningdek, yevrodagi hosilaviy moliyaviy vositalar hajmi dunyoda yetakchi o’rinni egalladi.
XXI asrda jahon iqtisodiyotida to’rtta asosiy tarkibiy tendensiyalar kuzatildi:
Birinchidan, xom-ashyo eksportiga asoslangan hamda sanoati rivojlangan mamlakatlar o’rtasidagi munosabat-lardagi o’zgarishlar. Xom-ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar va sanoati rivojlangan mamlakatlar o’rtasida an’anaviy iqtisodiy aloqalar mavjud bo’lib, ularning o’zaro munosabatlar modeli quyidagicha edi: xom-ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar, xom-ashyoni eksport qilib, olingan valyuta tushumlaridan sanoat mahsulotlari importini moliyalashtirganlar.
O’tgan asrning 70-yillarida «Rim klubi» nomi bilan mashhur G’arbiy Yevropa olimlari «dunyo miqyosida tez orada tabiiy resurslarning global taqchilligi yuzaga keladi», deb bashorat qilgan edilar.
Ushbu mulohazalarga asoslanib ko’pgina xom-ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar xom-ashyo sotish evaziga valyuta tushumini oshirish maqsadida kartellarga birlashdilar. Ammo, sanoat texnologiyasi va qishloq xo’jalik sohasining keskin rivojlanishi, xom-ashyoga bo’lgan talabning qisqarishiga ta’sir ko’rsatdi va natijada xom-ashyo bahosining pasayishi yuz berdi.
Ikkinchidan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda qo’l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarishdan, innovatsion, bilim va malakaga asoslangan ishlab chiqarishga o’tildi.
Jahon iqtisodiy tuzilmasidagi ushbu o’zgarishlar natijasida bandlik tarkibida yuqori malaka talab qiluvchi mutaxassislarga ehtiyoj ortib, nisbatan past malakali mutaxassislarga talab pasayib bordi. Axborot almashuvining osonligi – tadbirkorlik faoliyatini, kichik biznes va shaxsiy tashabbusni rag’batlantirdi.
Ilmiy-texnika progressi yutuqlaridan foydalanish, bilimni va yuqori malakani talab qildi, shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlikni oshirish uchun, inson kapitaliga investisiya qilish muhimligi ortdi11.
Uchinchidan, jahon savdosida halqaro kapital harakatining sezilarli darajada ortishi. Ushbu o’zgarish halqaro savdoga nisbatan halqaro kapital harakatining tez sur’atda o’sishi bilan yuz berdi.
To’rtinchidan, transmilliy korporasiyalar(TMK)ning qo’shma korxonalarni tashkil etish uchun halqaro investisiyalari va hamkorlik bitimlarida diversifikasiya darajasining ortishi.
TMKlar o’zlarining tashkiliy, ishlab chiqarish va marketing tizimlarini chet mamlakatlar hududlariga yoyib, shu yo’l bilan tovar, xizmat, kapital va texnologiyalarini ishlab chiqarishga jalb etib, ushbu mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro harakatlarga ta’sir etdi. Qo’shma korxonala
Yüklə 323,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin