1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari



Yüklə 323,77 Kb.
səhifə49/94
tarix29.06.2023
ölçüsü323,77 Kb.
#135533
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

3. Ijtimoiy sugurtaning turlari

Ijtimoiy sug’urta mablag’lari quyidagi shakllarda foydalaniladi:


– pensiya, nafaqa, mehnatga layoqatsizlik to’lovlarini amalga oshirish;
– aholining ayrim toifalarining xarid qobiliyatini oshirish uchun qo’shimcha imtiyozlar.
Ijtimoiy sug’urta mablag’larini quyidagi turlarda foydalaniladi:

  • iqtisodiy maqsadlarda qollaniladigan sugurta mablaglari – mehnat resurslarini qayta tiklash, muayyan sharoitlarda ishlovchi kishilarni qo’llab-quvvatlash.

ijtimoiy maqsadlarda qollaniladigan sugurta mablaglari – kam ta’minlangan oilalar, tug’ma nogironlarni ishga joylashtirish, o’qitish va boshqa xarajatlarini qoplash, urush qatnashchilari uchun maxsus pensiyalar.
Turlariga kora:
– pensiyalar – nafaqa yoshidagi kishilar uchun har oylik nafaqa to’lovlari;
– nafaqalar – vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, xomiladorlik, ishchizlik va kam ta’minlangan oila farzandlari uchun har oylik to’lovlar;
– bepul va imtiyozli xizmatlar – mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, qariyalar uylari uchun moliyalashtirish mablag’lari.
Funksional yonaltirilganligi boyicha:
– insonlarning hayot faoliyat va sog’lig’ini qo’llab-quvvatlash uchun;
– yosh bolalar uchun mablag’lar;
– mehnat qobiliyatini tiklash uchun sarflar.
Manzilliligiga kora:
– davlat sektorida ishlovchi ishchi va xizmatchilarga yo’naltirilgan sug’urta mablag’lari;
– alohida shaxslar uchun yo’naltirilgan sug’urta mablag’lari;
– harbiy xizmatchilar uchun yo’naltirilgan sug’urta mablag’lari.
Davlat subsidiyalari o’z ichiga ishlamaydigan fuqarolar, harbiy xizmatchilar, davlat xizmatchilari uchun majburiy ijtimoiy sug’urta fondlariga badallarni (datasiya) kamomadni qoplovchi datasiyalar va soliq imtiyozlarni oladi.
Majburiy ijtimoiy sugurta mablag’lari pul to’lovlari ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirish imtiyozli yordam ko’rinishida ishlatiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy ma’noda resurslar hajmi jihatidan birinchi o’rinda pul to’lovlari turadi. Ular pensiya, nafaqalar ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Majburiy ijtimoiy sug’urta fuqarolarning yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi, yashash joyi, daromadidan qat’i nazar ijtimoiy sug’urta kafolatlarini ma’lum miqdorini olishni ta’minlashga qaratilgan (pensiya, nafaqa va xizmat).
Majburiy ijtimoiy sug’urtaga mehnat qiluvchi va uning oilalarini qarilikda, kasallik hollari, ish qobiliyatini yo’qotganda, onalik va bolalikni muhofaza qilishda moddiy ta’minlovchi davlat kafolat tizimi sifatida qaraladi. Majburiy ijtimoiy sug’urta mablag’lari korxonalar, muassasalar, tashkilotlar yollanma ishchining maqsadli soliqlari yakka tadbirkorlarning badallari hamda davlat subsidiyalari hisobidan shakllantiradi.
Majburiy ijtimoiy sug’urtadan farqli o’laroq, ixtiyoriy ijtimoiy sug’urta notijorat sug’urta faoliyatini muhim bir ko’rinishi sanaladi va u sug’urta to’g’risidagi, notijorat tashkilot to’g’risidagi qonunchilik bilan boshqariladi va notijorat sug’urta instituti tomonidan amalga oshiriladi.

Yüklə 323,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin