Byudjet siyosati
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi sifatida davlatning byudjet siyosati, eng avvalo, har bir
mamlakatning Konstitutsiyasi va byudjet jarayonida hamda qonun ijodkorligida alohida
hokimiyat organlarining funktsiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar majmuiga muvofiq
aniqlanadi. O’zining hajmi va muhimligi jihatidan eng katta ish bo’lishiga qaramasdan byudjet
siyosatini faqat byudjet jarayoniga tegishli deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Qonun
byudjet jarayonida hokimiyatning qonunchilik va ijroiya organlari funktsiyalarini, mamlakat
sub’ektlari funktsiyalarini, byudjet federalizmi printsiplarini, byudjet jarayoni sub’ektlarining
huquq va majburiyatlarini va h.k.larni aniq belgilashi kerak. Biroq byudjet siyosati shu bilan
cheklanmaydi. Byudjet siyosati byudjetda kontsentratsiya qilinadigan (to’planadigan) YaIM
hissasini aniqlashda, mamlakat yuqori va quyi organlarining o’zaro munosabatlarida, byudjet
xarajatlar qismining tarkibiy tuzilishida, turli darajadagi byudjetlar o’rtasida xarajatlarni
taqsimlashda, davlat qarzini boshqarishda, byudjet defitsitini qoplash yo’llarini aniqlashda va
h.k.larda ifodalanadi.
Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim
qismi (yo’nalishi) hisoblanadi. Besh yuz yildan
ortiqroq vaqt mobaynida zamonaviy moliya fani
soliqlarga nisbatan munosabatini aniq belgilash
imkoniga
ega
bo’lgan.
Bu
munosabatlar
quyidagilardan tashkil topadi:
soliqlarsiz davlatning faoliyat ko’satishi mumkin emas;
soliqli undirish qat’iy o’sish tendentsiyasiga ega;
oqilona soliq ostonasidan o’tilganidan so’ng tabiiy takror ishlab chiqarish jarayoni buziladi
– iqtisodiyotning o’z-o’zidan buzilishi (emirilishi) sodir bo’ladi;
tanazzul davrida soliqlar mumkin qadar minimal darajada o’rnatilmog’i lozim. Buning
natijasida mamlakatning iqtisodiy mexanizmi ichki investitsion salohiyatni safarbar etish
hisobidan tiklanadi;
soliqning yuqori ostonasi kapitalning chetga chiqib ketishiga olib keladi;
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kerak, albatta. Biroq, summar o’lchovlarda
sof daromadning 30%dan ortiq qismining undirilishida mamlakatning iqtisodiy o’sishi
to’xtaydi;
soliq imtiyozlari ochiqlik xarakteriga ega bo’lishi va barcha takror ishlab chiqarish
sub’ektlari uchun teng bo’lishi kerak;
soliq tizimi konfiskatsion xarakterga ega bo’lmasligi lozim. Faqat, jumladan, individual
daromadlarning o’sishida ifodalangan milliy boylikning o’sishi soliqqa tortiladigan
bazaning (asosning) barqaror o’sishini ta’minlashi mumkin;
qonunlar va qoidalarning barqarorligini davlat kafolatlagan iqtisodiy
tizimda soliqlarning summar o’lchovi barqaror o’sish tendentsiyasiga ega
bo’ladi. Barqarorlik kafolati sifatida davlat o’zining majburiyatlarini
buzishni boshladimi, kapital xufyona iqtisodiyotga yoki xorijga o’tishni
boshlab, byudjetning daromadlar bazasini (asosini) qisqartiraveradi;
soliq tizimi oddiy, ochiq va samarali bo’lmog’i lozim. Soliqlar
sonini, soliqqa tortish ob’ektlarini ko’paytirish, ko’p bosqichli
soliqlarni joriy etish soliqlarni undirish bo’yicha xarajatlarning
ortishiga, boqimanda va jarimalarning o’sishiga va pirovardida,
mulkni qamoqqa olish, soliq to’lovchini kasod deb e’lon qilish va
h.k. yo’llar orqali iqtisodiyotning emirilishiga olib keladi;
soliqqa tortish egri (bilvosita) tizimining ustuvorligi byudjet daromadlarini
shakllantirish nuqtai-nazaridan qulay hisoblanadi. Lekin bu narsa, oxir
oqibatda, mamlakat aholisi asosiy qismining qashshoqlanishiga olib keladi.
Chunki bunday soliqlarning yuki tovarlar va xizmatlarning yakuniy (oxirgi)
iste’molchisi gardaniga (zimmasiga), ya’ni yashash minimumi darajasida yoki
sotsial tirikchilik darajasida daromadga ega bo’lgan aholining 80-90% qismiga
yuklanadi. Bu paradoks daromadlarning turli darajalarida iste’molning nisbatan
bir xil darajasiga asoslangan;
Soliq
siyosati
moliya
viy
siyosat
ning
eng
muhim
qismi
(yo’nali
shi)
hisobla
nadi.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yo’nalishlaridan) yana biri pul
siyosatidir.
Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning aylanish
tezligini hisobga olgan holda) mos kelmasa, pul massasining etmagan qismi qog’oz pullar
(pullarning surrogati) hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan to’ldiriladi (tiklanadi). Va
aksincha, agar pul massasi unga bo’lgan talabdan ortiq bo’lsa, yo pul massasining
mamlakatdan chetga chiqishi (oqishi) yoki milliy valyutaning qadrsizlanishi sodir bo’ladi.
Tabiiy ravishda, bu variantlarning barchasi mamlakatning qonunchiligiga ham bevosita
bog’liq – mamlakatda xorijiy valyutaning muomalada bo’lishiga ruxsat beriladimi yoki
yo’qmi, milliy valyuta konvertatsiya qilinadimi yoki yo’qmi? va h.k.
Tovarlar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa mamlakatlarning pul birligiga
nisbatan milliy pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi.
Emissiya siyosati va milliy valyutaning barqarorligi pul siyosatining tarkibiy qismlaridir
(yo’nalishlaridir). Emission siyosat muomala uchun zarur bo’lgan pulning miqdorini
aniqlashdan tashqari yana boshqa bir yo’nalishga ega. Bu yo’nalish byudjet daromadlarini
ko’paytirishdir. Ana shu yo’nalish alohida ehtiyotkorlikni talab etadi. Chunki ma’lum bir
miqdoriy chegaradan o’tilganidan so’ng pul tizimi inflyatsiyaga moyil (ta’sirchan) bo’lib
qoladi, ya’ni byudjet daromadlarining real qadrsizlanishi sodir bo’lishi mumkin. Agar
qandaydir bir sabablarga ko’ra davlat o’z pul tizimini tartibga solishga qodir bo’lmasa,
mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga putur etadi.
Kredit siyosati ham moliyaviy siyosatning
tarkibiy qismi (yo’nalishi) bo’lib, uning
namoyon bo’lishi mamlakatning krediti tizimi
orqali amalga oshiriladi.
Kredit tizimi ssuda kapitalining faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi. O’z navbatida, ssuda kapitali
takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishning muhim sharti hisoblanib, aylanma mablag’larni
to’ldirish va investitsiyalar uchun mablag’larning qarzga olinishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotning kredit
sektori o’rtacha foyda normasini tenglashtirish uchun ham xizmat qiladi. Foiz stavkasining darajasi
jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. U asossiz darajada yuqori bo’lsa,
quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:
kreditlarning qaytarilmasligi;
ishlab chiqarish sektori va xizmatlar sektorida mahsulotlar narxining o’sishi;
qarzga oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va buning oqibatida soliqqa tortiladigan
bazaning qisqarishi;
ishlab chiqarishning qisqarishi;
takror ishlab chiqarish jarayoni sub’ektlari daromadlariningpasayishi natijasida ichki iste’mol
bozorining torayishi.
Investitsiya siyosati moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yo’nalishlaridan) biri bo’lib, u eng
avvalo, mamlakat iqtisodiyotining real sektoriga o’z va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish
uchun sharoitlarni yaratish bo’yicha tadbirlar kompleksidan iborat.
Bu siyosat davlat boshqaruvi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini boshqarishning
turli darajalarida amalga oshiriladi. Investitsion siyosatning asosiy vazifasi mamlakat
iqtisodiyotiga investorlar tomonidan moliyaviy resurslarni kiritish (joylashtirish),
mamlakatdan kapitalning “qochib” ketmasligi va aksincha, mamlakatga xorijiy kapitallar
oqimining kirib kelishi uchun sharoitlarni yaratish orqali ifodalanadi.
Sotsial moliyaviy siyosat
Konstitutsiyaga muvofiq
mamlakat aholisining
huquqlarini moliyaviy
jihatdan ta’minlash bilan
bog’liq. Hozirgi paytda bu
siyosat, o’z navbatida,
pensiya siyosati,
immigratsion siyosat, aholi
ayrim sotsial guruhlariga
moliyaviy yordam ko’rsatish
siyosati va boshqa
siyosatlarni o’z ichiga oladi
.
Boj siyosatini moliyaviy
siyosatning tarkibiy qismi
(yo’nalishi) sifatida qarash
bilan birgalikda uni soliq va
baho siyosatlarining ham bir
qismi sifatida e’tiborga olish
kerak. Chunki soliqlar va
bojlar (boj yig’imlari) tovar
va xizmatlarning bahosiga
bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Bir vaqtning o’zida boj
siyosati mamlakat
iqtisodiyotiga ta’sir
ko’rsatishning o’ziga xos
bo’lgan usuliga ham egadir.
Har qanday mamlakatning boj
siyosati bumerang harakatiga
egadir. Chunki boj undirishning
cheklovchi yoki rag’batlantiruvchi
stavkalarining joriy etilishi xuddi
shunday javob choralarining
qo’llanilishi bilan kuzatiladi. Boj
siyosati yo’nalishining tanlanishi
mamlakatning iqtisodiy ahvoliga
mos kelishi kerak. Agar biz bugun
oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj
tovarlarining import qilinishiga
bog’liq bo’lsak, bu boj stavkalarida
o’z aksini topmog’i lozim. Ammo
boj stavkalari rag’batlantiruvchi
bo’lsa, u holda mamlakatdagi tovar
ishlab chiqaruvchilar xorijiy
tovarlar bilan raqobat qila olmay
qoladi.
Sotsial moliyaviy siyosati va boj siyosati
1.
Malikov T.S. Moliya. O’quv qo’llanma. – T.: “Iqtisod-
moliya”, 2018 y. – 266 b.
2.
Malikov Т.S., Sherov А.B. Moliya. Elektron o’quv
qo’llanma. 2019.
3.
Борщевский
Г.А.
“Государственно-частное
партнерство:учебник и практикум для бакалавриата
и магистратуры” – М.: «Юрайт», 2018.
4.
Elmirzaev S. Korporativ moliya. O’quv qo’llanma /
O’zRO va O’MTV TMI. –T: “Iqtisod-moliya”, 2015.
272 bet.
5.
Nurmuxamedova B.I. Davlat byudjeti. Darslik. – T.:
“IQTISOD-MOLIYa”, 2018. – 630 b.
6.
Fozilchaev Sh.Q., Xidirov N.G’. Moliyaviy risklar
nazariyasi. O’q’uv qo’llanma . –Т.: “IQTISOD-
MOLIYA”, 2019. -240 b.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
ro’yhati
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!!!!!
Dostları ilə paylaş: |