1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə26/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92
она тилидан қулланма

Jo‘nalish kelishigi. Jo‘nalish kelishigi formasi –ga affiksi orqali yasaladi. Bu kelishikdagi ot ish-harakat yunalgan predmetni anglatadi: MaktabQga – maktabga, ishQga –ishga, zavodQga zavodga, fabrikaQga –fabrikaga.
Jo‘nalish kelishigi affiks qo‘shilayotgan so‘z ohiridagi tovushga qarab, -ka shakllariga ham ega bo‘ladi: k yoki –g tovushi bilan tugagan so‘zlarga –ka shaklida qo‘shiladi. StanokQga –stanokka, ko‘rakQga –ko‘rakka, bargQga –barkka, qishloqQga –qishloqqa.
Jo‘nalish kelishigi affiksi ot, olmosh, son, harakat nomi, otlashgan so‘zlar (sifat, sifatdosh,undov) va taqlid so‘zlarga qo‘shiladi: Akamga, hammaga, beshoviga, o‘qishga, yaxshiga.
Jo‘nalish kelishigida kelgan ot yoki otlashgan so‘zlar gapda (vositali to‘ldiruvchi) sintaktik vazifa bajaradi:
kimga? yoki nimaga? so‘rog‘iga javob bo‘lib keladi. Bu vaqtda jo‘nalish kelishigidagi so‘zlar quyidagi ma'nolarni anglatadi:
a) hokim so‘z ifodalagan harakat yunalgan ob'ekt: Nigora kinoga borishga shishildi.
b) biron narsaga erishish ma'nosi: Mehnat – rohatga etkazar. (Maqol).
2. Qaerga? so‘rog‘iga javob bo‘lib, gapdp o‘rin holi bo‘lib keladi. Bu vaqtda jo‘nalish kelishigidagi so‘z harakatning yunalish o‘rnini anglatadi: Oqqan suv aslo ortiga qaytmaydi. (U.Xoshimov.)
3. Vaqt ma'nosini anglatadigan otlar jo‘nalish kelishigi formasida bo‘lib, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda payt vazifasida keladi: Stort musobaqalari bahorga qoldirildi.
4. Nimaga? yoki nima sababli? so‘roqlariga javob bo‘lib sabab holi bo‘lib keladi: O‘z vaqtida davolanmaganimga afsuslanaman.
O‘rin-payt kelishigi. O‘rin kelishigidagi ot ish-harakatning bajarilish uchun, vaqti, sharoiti, holati, sababini, maqsadini ifodalaydi. O‘rin kelishigi -da formasi orqali shakllanadi: Shaharda, bogda, qishloqda. Payt ma'nosini ifodalaganda ba'zan o‘rin kelishigi affiksi qo‘llanmaydi: Dexqon bo‘lsang kuz xayda, kuz xaydamasang yuz xayda. (maqol). O‘rin kelishigidagi otlar gapda quyidagi vazifalarda keladi.
Kimda? yoki nimada? so‘rog‘iga javob bo‘lib, vositali to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi: a) ish-harakatning bajarilish urnini:insonga xos barcha xislatlar Zulfiyada mavjud edi; b) ish-harakatning bajarilishida vosita bo‘lgan ob'ektni: Yodgor tezgina kiyindi-da, burchakdagi umivalnikda yuvindi. (U.Xoshimov).
Qaerda? so‘rog‘iga javob bo‘lib, ish-harakatning bajarilish urnini bildiradi va gapda o‘rin holi bo‘lib keladi: Ehtimol, boshqa bir planetada ham yangi yil kirgandir. (U.Xoshimov).
Qachon? so‘rog‘iga javob bo‘lib payt ma'nosini anglatadi. Gapda payt holi bo‘lib keladi. Masalan: Nahotki, odam ikki yilda shunchalik o‘zgarib ketsa. (O‘.Umarbekov).
Qay tarzda? so‘rog‘iga javob bo‘lib, ish-harakatning bajarilish o‘rnini, ya'ni holatini ifodalaydi va ravish holi bo‘lib keladi: Qiz xorgin, parishon xolda uyiga qaytdi. (Oybek).
Tushum, chiqish, jo‘nalish kelishiklari hokim so‘z bilan boshqaruv munosabatini yuzaga keltiradi. Bunda qaratqich kelishigi o‘ziga xos xususiyatla ega: qaratqich-qaralmish birikmasining munosabati boshqaruv hamda moslashuv munosabatini ifodalaydi: qaralmish o‘ziga aloqador bo‘lgan so‘zning ma'lum formada –qaratqich kelishigi formasida kelishini talab qiladi: Zulfiyaning kitobi. qaratqich vazifasidagi so‘z olmosh bilan ifodalanganda, qaralmish bilan shaxs va sonda moslashadi: Mening daftarim, sizning kitobingiz.



Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin