Egalik qo‘shimchalari ma'lum ma'noda polisemantik tabiatga ega: Egalik qo‘shimchasini olgan so‘z bosh kelishik formasidagi so‘z bilan birikib, ya'ni to‘g‘ri ma'noli turg‘un uyushmalarni yuzaga keltirishi mumkin: yog‘ – moy kombinati, pedagogika instituti, dil rozi, vatan ishqi, , Volga daryosi kabi holatlarda birinchi qism qaratqich kelishigi qo‘shimchasini ola olmaydi. Shu sababli ularni bosh kelishik formasida deb qarash to‘g‘ri bo‘ladi.
Egalik qo‘shimchasi ba'zan chiqish kelishigidagi ot bilan bog‘lanib, mansublik ma'nosini ifodalab kelishi ham mumkin: Majlisda talabalardan biri ma'ro‘za kildi, gapida qarashlilik ma'nosini yuzaga chiqaradigan qaratqich kelishigi ishtirok etmayotganligi sababli unda qarashlilik ma'nosi yo‘q.
Egalik qo‘shimchasining 111 shaxs formasi birlik va ko‘plik uchun umumiydir: uning uyi, ularning uyi. 1 va 11 shaxs egalik formasidan anglashilgan grammatik son ma'nosi shu affiks qo‘shiladigan otdan anglashiladigan predmetning sonini emas, qaratuvchi shaxs va predmetning grammatik sonini ifoda qiladi: bizning vakolatimiz tugadi, gapida «vakolat» ko‘pchilikka taalluqli. Otning son formasi shu predmetning birligi yoki ko‘pligini bildiradi: daftarlarimiz – daftar ham ko‘p va u ayni paytda ko‘pchilikka tegishli.
Egalik qo‘shimchalarining ishlatilishida ikki holat kuzatiladi: Egalik qo‘shimchasi o‘zi qo‘shilgan so‘zning boshqa so‘z bilan boglanilishida ishlatiladi. Bunda egalikni qabul qilgan so‘z qaratqich kelishigidagi so‘z bilan sintaktik aloqaga kirishadi. qaratqich kelishigi kishilik olmoshlariga qo‘shiladi va bunda qaratqich bilan qaralmish shaxsda moslashadi. Mening maktabim. Bizning maktabimiz. Sening maktabing. Sizning maktabingiz. Uning maktabi. Ularning maktabi. Bu misollarda qaratqich bilan qaralmish shaxsda moslashgan bo‘lib, ularning 1 va 11 shaxs ko‘plik formalari ham ko‘plik, ham birlik (sizlash) ma'nosida qo‘llana oladi.
Biz, siz kishilik olmoshlari ham ko‘plik, ham birlik ma'nosida qo‘llangani uchun ko‘plik ma'nosi ifodalanganda ba'zan -lar qo‘shimchasini ham oladi: Bizlarning kitobimiz, sizlarning kitobingiz.
Egalik qo‘shimchasini olgan so‘z ba'zan chiqish kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lanishi ham mumkin. Bunda qaralmish miqdor yoki belgi anglatadigan so‘zlardan bo‘lib, qaratqich esa ko‘plik formadagi so‘z yoki bittadan ortiq miqdorni ifodalovchi sifatlovchi bo‘lishi mumkin: Talabalardan biri, o‘quvchilarning barchasi kabi.
Egalik qo‘shimchasi o‘zi qo‘shilgan o‘zak doirasida ishlatiladi va bunda ikki holat kuzatiladi: a) egalik affiksi vazifasida kelib, grammatik mohiyatini – ma'nosini saqlaydi: bu vazifada kelganda egalik qo‘shimchasi ot, olmosh, harakat nomi va otlashgan so‘zlarga qo‘shilaveradi: o‘zim, uyalishing, o‘qishing kabi va
b) egalik qo‘shimchasi o‘zining grammatik ma'nosini yo‘qotib, o‘zi qo‘shilgan so‘zning o‘zagi bilan birgalikda leksemlashib, boshqa so‘z turkumiga –ravishga utadi: ertasi, kundzi, kechasi; modal so‘zga o‘tadi: chamasi, yaxshisi, chog‘i, mazmuni kabi.Egalik qo‘shimchasi oddiy gap bo‘lgi vazifasidagi so‘zlarga qo‘shiladi. Ayni chogda, bir butun xolda qo‘llanadigan konstruktsyalarga ham qo‘shilib kelishi mumkin: Birlashgan Millatlar Tashkiloti, nohiya ijroiya qo‘mitasi, Sirdaryo muallimlik oligohi va boshqalar.