1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə18/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92
она тилидан қулланма

Nazorat savollari
1. Ot va uning tarifini ayting
2.Otning ma'nosiga ko‘ra tasnif mezonlarini ajratib va aytib bera oladi.
3. Otlarning atoqli va turdosh otga bo‘linishini tushuntiring .
4. Otning birlik va ko‘plik son shakllarining ta'rifini ayting.
5. Otlarning shaxs (kishi) va narsa otlariga bo‘linishini tushuntiring.
6. Otlarning sanaladigan va sanalmaydigan turlari haqida tushuncha bering.
Otning funktsional formalari.
Ot so‘z turkumi son, egali va kelishik kabi kategorial formalardan tashqari bir qator (nokategorial) funktsional formalarga ham ega. Hozirgi o‘zbek tilida, otga xos funktsional formaning yasalishiga ko‘ra uch tipi bor: Sintetik forma. Analitik forma. Juft va takroriy forma. Otlarning sintetik funktsional formasi o‘z ma'no va vazifalariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: Kichraytish formasi. Erkalash formasi. Xurmat formasi. qarashlilik formasi . Chegara formasi. O‘rin belgisi formasi. O‘xshatish formasi
Kichraytish formasi. Otlarnin kichraytish formasi –cha, -choq, (chak) affiksari formasida yasaladi. -cha affiksi. Bu affiks orqali yasaluvchi forma asosan kichraytish formasini ifodalaydi: yulduzcha, ayvoncha, o‘g‘ilcha va xokozolar. Yo‘q, unday emas, nohaqlik bo‘lgan, -dedi yigitcha qizishib. –cha affiksi shaxs bildiruvchi otlardan erkalash formasi yasaganda, kichraytish bilan birga xurmatlash, erkalash yoki kamsitish ma'nolari ifodalanishi mumkin. Lekin bu ma'nolar kichraytish ma'nosiga qo‘shimcha tarzda so‘zning leksik ma'nosi va boshqa faktorlar ta'sirida kelib chiqadigan ottenkalar bo‘ladi. –cha affiksi bilan yasalgan kichraytish formasi yangi leksik ma'no kasb etishi, yangi so‘zga aylanishi mumkin. Natijada kichraytish ma'nosi yo‘qolib ketadi. Qizilcha – lavlagi va kasallik nomi. –cha affiksi yoshi va jussasi kichik bo‘lgan shaxslarning ismiga qo‘shib aytiladi. Karimcha, Bolbekcha kabi.
Erkalash formasi. Otning bu funktsional formasi –jon, -xon, -oy affikslari yordamida yasaladi. –jon affiksi shaxs bildiruvchi turdrosh otlarga yoki shaxslarning nomini bildiruvchi otlarga qo‘shilib erkalash, suyish kabi ijobiy munosabat ifodalovchi forma yasaydi: Erkalash ma'nosi –jon bilan yasalgan formaning asosiy modal ma'nosi bo‘lib, erkalash ma'nosining bo‘rttirilishida egalik affikslarining roli muhimdir: Buvijon, allani kim chiqargan! Qachon! – Chugurlab so‘rashdi nevaralar. –jon affiksi shaxs bildiruvsi turdosh otlarga qo‘shilib erkalash, suyish kabi ijobiy munosabat ifodalovchi forma yasaydi: Nasimjon, oyijon, ukajon kabi. Shuningdek, turdosh va atoqli jonsiz predmetlar nomlariga qo‘shilib ham erkalash, suyish ma'nosini ifodalaydi:
Dadajonim och quchoq,
Paxta teray etaklab,
Keltiray dur tergani,
Quyoshjonim etaklab.
-xon, -oy affikslari ham kishi ismini bildiruvchi otlarga qo‘shilib erkalash, hurmatlash ma'nosini bildiradi.



Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin