1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja


-mavzu:OT TURKUMINING SON KATEGORIYASI



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə17/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92
она тилидан қулланма

6-mavzu:OT TURKUMINING SON KATEGORIYASI.

OTLARNING NOKATEGORIAL SHAKLLARI
1.Otlarningbirlikvakuplikshakllari;

2.Otlarningnokategorialshakllari.


Ot uchta grammatik kategoriyaga ega: son, egalik va kelishik kategoriyalari. Ot nutqda doimo son va kelishik kategoriyasi formasida bo‘ladi. Bu otning nutqdagi ko‘rinishidir. Egalik kategoriyasi esa otning grammatik shakllanishida doim ham qatnashavermaydi. Otning nol ko‘rsatgichligi formasi ham bor. Birlik formadagi otlar bir jinsdagi predmetlarning bittasini anglatadi.Nol ko‘rsatgichli forma birlikdadir. Masalan, shahar, odam, daftar, bur. Lekin ba'zi otlar birlik formada bo‘lib, ayrim predmetlarning to‘dasini anglatadi; xalq, armiya, olomon. Bu ko‘plikning semantik usul bilan ifadalanishi deb yuritiladi. Bu otlar grammatik jihatdan birlik deb karaladi. Otlarning ko‘plik formasi ikki va undan ortiq predmetlarning noaniq miqdorini bildiradi. Bu forma –lar affiksi orqali hosil bo‘ladi; shaharlar, kitoblar, odamlar. Ko‘plikning bunday ifodalanishi morfologik usul billan ifodalanish deyiladi. O‘zbek tilida otning son formasi (birlik va ko‘plik ) sintaktik munosabat ko‘rsatmaydi. Son formalarida kelish jihatidan otlar ikki turga bo‘linadi:
1). Birlik va ko‘plik formaga ega bo‘lgan otlar.
2). Faqat birlik formaga ega bo‘lgan otlar.Sanash mumkin bo‘lgan predmetlarning hammasi birlik va ko‘plik formada kela oladilar. Otlar faqat birlik formada qo‘llanishi asosan donalab sanash mumkin bo‘lmagan predmetlarga xosdir. Bular quyidagilar:Abstrakt otlar ko‘plik affiksini olmaydi: muhabbat, mardlik, o‘qituvchilik.Sanash mumkin bo‘lmay, faqat o‘lchanadigan jismlarni anglatadigan otlar: to‘z, yog, asal, neft, uzum, choy. Bunday otlarga -lar qo‘shilganda ularning turi anglashiladi.Organizmdagi juft organlarni, shuningdek juft predmetlarni bildiruvchi otlar: qo‘l, ko‘z, etik, kalish. Bu otlarga -lar affiksi qo‘shilganda, bo‘lingan ko‘plikni bildiradi: ung va chap kullar.Aslida bittadan ortiq bo‘lmaydigan predmetlarning nomi ham faqat birlikda ishlatiladi: yurak, til kabi.
Atoqli otlar ichida –lar affiksining oladiganlari ham bor. Atoqli otlardan planeta va yulduz nomlari: Quyosh, Mars kabilar -lar olmaydi. Farxodlar - Farxod bir necha kishi ma'nosini ifodalaydi.
O‘xshash ottenkali ko‘plik. Bulardan tashqari – lar ko‘plikni emas,xurmat (dadamlar),chama (uch kilolar), kuchaytirish (balolarga qoldim),kengroq joy tushunchasini (Mirzacho‘llar) va boshqa ma'nolarni bildiradi. Son kategoryasi otdan boshqa turkumdlarga ham xos. Olmoshlarda: nima- nimalar?,kim- kimlar?, sizlar. Sifatlar otlashganda: kattalar , qizillar. Son otlashganda: soat to‘qqizlar. Sifatdoshlar otlashganda: o‘qiganlar hurmatda. Tuslovchi tarkibida –lar . ikki ma'noni ifodalaydi:
1). Ko‘plik ma'nosi: odamlar, bir –birlariga kumak beradilar,
2). Hurmat,(sizlash) ma'nosida : Sizni Xursand, akam so‘rab keldilar. Bu ayol onangiz bo‘ladilarmi? (J, Abdullaxonov.)



Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin